• TOSHKENT – 2023 Optik tolalarni SDH va WDM tizimlarida qo‘llanilishi bo‘yicha tavsiyalar Reja
  • Dinshunoslik 2-Topshiriq Bajardi




    Download 239.65 Kb.
    bet1/7
    Sana09.12.2023
    Hajmi239.65 Kb.
    #114432
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Omonov Fayziddin Mustaqil ish Optik aloqa
    lab 1 xudayberganov otamurod 22-20, Akustika Akustikaning ishlash prinsipi Akustika, Молия фани 1-мавзу тестлар БМА, labaratoriya rasm, quva 8 qaytarishga


    OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


    KUTUBXONA-AXBOROT FAOLIYATI Fakulteti
    DINSHUNOSLIK
    2-Topshiriq

    Bajardi: NORBOBOYEVA GULIRUX
    Tekshirdi: KARIMOVA GULCHEHRA

    TOSHKENT – 2023

    Optik tolalarni SDH va WDM tizimlarida qo‘llanilishi bo‘yicha tavsiyalar
    Reja:
    I KIRISH

    1. SDH texnologiyasi haqida tushuncha

    2. SDH ning afzallik va kamchilliklari

    3. SDH texnologiyasining kelajakdagi rivojlanishi va istiqbollari

    4. WDM texnologiyasi va xarakterlari

    5. CWDM va DWDM tolalari haqida tushuncha

    II XULOSA
    III Foydalanilgan adabiyotlar

    KIRISH


    Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlanishida tolali optik aloqa tizimlari, keng polosali tarmoqlar va multimediali aloqa tarmoqlari muhim o’rin tutadi, ayniqsa shahar bilan qishloq o’rtasidagi tafovutni kamaytirish, ya‘ni, qishloq aholisiga ham shaharlardagidan qolishmaydigan darajada zamon talabiga mos telekommunikatsiya va internet hizmatlarini ko’rsatishda optik kabellar hamda keng polosali tarmoqlardan foydalanish zaruriyati sezilmoqda. Shuning uchun Respublikamizda ushbu soha rivojiga jiddiy e‘tibor qaratilib, qator xukumat qarorlari qabul qilindi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O'zbekiston Respublikasining Milliy axborotkommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida» 2013 yil 27 iyundagi PQ-1989-sonli qarori bilan ―Respublika milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini 2013-2020 yilllar mobaynida rivojlantirish kompleks dasturi‖ tasdiqlandi. Ushbu qaror bilan O’zbekiston Respublikasida 2013-2020 yillar mobaynida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va infrastrukturasini rivojlantirish dasturi hamda «Elektron hukumat» axborot tizimi komplekslari va ma‘lumotlar bazasini yaratish bo’yicha tadbirlar va loyihalar ro’yxati tasdiqlangan. Bundan tashqari, ushbu qaror bilan O’zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimlarini 2013-2020 yillar mobaynida rivojlantirish kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi tashkil etildi. O’zbekiston Respublikasida 2013-2020 yillar mobaynida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va infrastrukturasini rivojlantirish dasturida keng polosali optik tarmoqlarni kengaytirish, optik tolali aloqa liniyalarini qurish, BRAS qurilmalarini o’rnatib, keng polosali tarmoq imkoniyatlarini kengaytirish, «UZMOBILE» mobil tarmog’ini hududlarda rivojlantirish – 1-bosqich yuqori tezlikdagi internet xizmatlarini ko’rsatish (EVDO texnologiyasi), «UZMOBILE» mobil tarmog’ini hududlarda rivojlantirish – 2-bosqich yuqori tezlikdagi internet xizmatlarini ko’rsatish (LTE texnologiyasi), 3G, 4G, LTE va boshqa mobil aloqa operatorlarini hisobga olgan holda mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish, NGN texnologiyasi bo’yicha kommunikatsiya qurilmalarini kengaytirish, kommutatsiya markazlarini modernizatsiyalash, paketli kommutatsiya xalqaro markazlarini kengaytirish, O’zbekiston Respublikasi magistral tarmoqlarining o’tkazuvchanlik qobiliyatini kengaytirish, ma‘lumotlarni uzatish multiservis tarmoqlarini qurish, magistral optik tolali aloqa liniyalarini qurish, korporativ sektorga multimediali xizmatlarni ko’rsatuvchi studiyalarni yaratish, axborotma‘lumot xizmatlari markazlarini yaratish (call-center), ma‘lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlarini yaratish «Data-sentr» (quyidagi shaharlarda: Toshkent, Qo’qon, Buxoro), tez-tez foydalaniladigan ma‘lumotlarni saqlash markazlarini yaratish (keshlash markazlari), davlat va xo’jalik boshqaruvi, mahalliy xokimiyat organlari korporativ va lokalhisoblash tarmoqlarini yaratish va modernizatsiya qilish kabi vazifalar rejalashtirilgan. Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi telekommunikatsiya tarmoqlarida juda katta o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. So’nggi yillar mobaynida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi natijasida, mamlakatimiz aloqa sohasi yuqori natijalarga erishilmoqda. Telekommunikatsiya tarmoqlarini modernizatsiyalash, zamonaviy texnologiyalarni qo’llash, yangi raqamli texnika vositalarini o’rnatish, ularni optimallashtirish ishlari natijasida, jahon axborot integratsiyalashuvi jarayoniga O’zbekistonning jadal suratda qo’shilishi ko’zga tashlanmoqda.


    Download 239.65 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 239.65 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dinshunoslik 2-Topshiriq Bajardi

    Download 239.65 Kb.