• AVTOMOB
  • Oqnaz
  • Discussions




    Download 407,59 Kb.
    bet1/3
    Sana07.06.2024
    Hajmi407,59 Kb.
    #261344
      1   2   3
    Bog'liq
    EJTI0210





    See discussions, stats, and author profiles for this publication at: https://www.researchgate.net/publication/370264972

    AVTOMOBILDA YUK TASHISH SAMARADORLIGINI BAHOLASH

    Article · February 2023


    CITATIONS 0

    3 authors, including:

    Abobakr Muratov Termez state university
    6 PUBLICATIONS 5 CITATIONS

    SEE PROFILE
    READS 21

    Abdimurot Kuziyev Termiz state university
    18 PUBLICATIONS 20 CITATIONS

    SEE PROFILE


    All content following this page was uploaded by Abdimurot Kuziyev on 26 April 2023.

    The user has requested enhancement of the downloaded file.

    EURASIAN JOURNAL OF TECHNOLOGY AND INNOVATION
    Innovative Academy Research Support Center
    Open access journal www.in-academy.uz
    AVTOMOBILDA YUK TASHISH SAMARADORLIGINI BAHOLASH
    Kuziyev Abdimurot Uroqovich1
    Termiz davlat universiteti Transport tizimlari va inshootlari kafedra mudiri texnika fanlari nomzodi, dotsent E-mail:kuziyev@tersu.uz,
    Muratov Abobakr Xolikberdiyevich2 Transport tizimlari va inshootlari kafedra o’qituvchisi
    E-mail:muratov@tersu.uz, Oqnazarov Jahongir Tojinor o‘gli3 Termiz davlat universiteti talabasi
    E-mail: jahongiroqnzarov@gmail.com.


    ARTICLE INFO Received: 12th February 2023 Accepted: 20th February 2023 Online: 21th February 2023
    KEY WORDS Avtotransport vositasi, yuk tashish hajmi, yuk aylanmasi,
    samaradorlik, kutish vaqti, aylanish vaqti, yuk ortish-
    tushirish, tannarx.
    ABSTRACT
    Yuk tashish jarayonida yuk jo’natish (qabul qilish) punktlarining xizmat ko’rsatish jadalligi ajratilgan avtotransport vositalarini soniga bog’liq ravishda shakllanadigan ularning xizmat ko’rsatish tizimiga kirib kelish vaqt oraliqlariga mos kelishi lozim. Maqolada avtotransport vositalarining bir aylanishga ketgan vaqti kamayishi hisobiga ekspluatatsion tezlik, yukli qatnovlar soni va yuk tashish hajmlarining oshishi ko’rsatib o’tilgan
    va bu borada amaliy tavsiyalar berilgan.


    Respublikamizda uy-joy qurilishi ko’lami oshib bormoqda va yangi ishlab chiqarish korxonalari bunyod etilmoqda. Bu esa yuk tashish hajmlarini o’sishiga olib keladi va bunday holatlarda tashish xizmatlari avtomobil transporti va yuklash vositalari birgalikdagi faoliyati ko’rinishida amalga oshiriladi. Demak, yuk jo’natish (yuk qabul qilish) punktlar samarali faoliyati ko’rsatishi uchun yuklash vositalarning xizmat korsatish jadalligi avtomobil transporti vositalarining yuklash punktiga kirib kelish vaqt oraliqlariga mos kelishi lozim. Aks holda, unumsiz kutib turish vaqti oshib ketadi. Bunda avtomobil transporti va yuklash vositasi imkoniyatlaridan unumsiz foydalaniladi va buning natijasida tashish tannarxi oshadi.
    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 28-yanvarda Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risidagi PF-60-sonli farmoni bilan tasdiqlangan 2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasida amalga oshirishga oid davlat dasturida qurilish materiallari ishlab chiqarish hajmini ikki barobarga ko’paytirish, ixtisoslashtirilgan tuman (shahar)larda boshqa hududlar bilan sanoat kooperatsiyasini yo’lga qo’yish; yangi turdagi mahsulotlarni o’zlashtirish va boshqa qurilish xarajatlarini kamaytirish hisobiga qurilishga ketayotgan vaqtni 30 foizga kamaytirish hamda qurilish tannarxini 20 foizga arzonlashtirish vazifalari belgilangan. Dasturda hududlarda yuklar shakllanishining asosiy nuqtalarini hisobga olgan holda transport-logistika markazlari tarmog’ini tashkil etish va yuk tashish xarajatlarini 30 foizgacha kamaytirish maqsad qilib qoyilgan [1].
    Yuklarini ishlab-chiqarish yoki ob’ekt omborxonalaridan materiallarga muhtoj bo’lgan qurilish ob’ektlari omborlariga va boshqa joylar (oraliq omborlar va boshqalar)ga radial yo’nalish bo’ylab yetkazib beriladi.

    Volume 1, Issue 2 February 2023 ISSN 2181-2020 Page 54

    EURASIAN JOURNAL OF TECHNOLOGY AND INNOVATION
    Innovative Academy Research Support Center
    Open access journal www.in-academy.uz
    Avtotransportning asosiy muammolaridan biri, yuk tashish samaradorligini oshirish bo’lib, yuklarni yetkazib berishga bo’lgan talabning tobora ortib borishi, avtotransport korxonalarining faoliyatini tubdan o’zgarishini talab qiladi. Iste’molchilar tashuvchini tanlash imkoniga ega bo’lib, ular avtotransport xizmatlarini keng, yuqori sifatli va arzon narxlarda taqdim etishga tayyor bo’lganlar foydasiga amalga oshiriladi [2].
    Amaliyotda qurilish materiallari ishlab chiqarish, qurilish ishlari va tashish jarayonlari integratsiya tendentsiyasi o’sishi ta’kidlanmoqda. Quruvchilar qurilish ob’ektlarini ishga tushirish muddatlarini ta’minlagan holda eng kam xarajatlar bilan bajarishga e’tibor qaratishgan bo’lsa, tashuvchilar esa so’nggi yillarda keng tarqalgan vaqtbay haq to’lov [7, 8] bo’lganligi uchun maksimum avtomobil-soat bo’lishligini afzal ko’rishgan. Yuk ishlab chiqaruvchilar ishlab chiqarilgan materiallarning maksimal miqdorini sotishdan manfaatdordir.
    Avtomobillarning yuklash-tushirish punktlari va yuk ishlarini bajarishda kutishi to’xtab turish holatlari, yuklarni saqlanilishini ta’minlamaydigan, to’liq yuklanmagan, yoki ortiqcha yuklangan transport vositalaridan foydalanish, avtotransport vositalarning ish vaqtidan samarasiz foydalanish, yuklarni tashib ketish talabnomalarini buzish yoki ortiqcha transportni buyurtma qilish va boshqalar amaliyotda tez-tez kuzatiladi. Buning ba’zi bir sabablari sifatida muallif [9] avtotransport korxonasining kengayishi (katta yuk ko’taruvchi transport vositalari), malakali xodimlarning yo’qligi, bir lahzalik imtiyoz bilan boshqarma qurilish tashkilotlarini arzon transport vositalaridan foydalangan holda ulardan foydalanish samaradorligi va yuklarning xavfsizligi masalalarini e’tiborga olmasdan qurilish maydonchalariga yuklarini olib ketishga majbur qilinishi, bu esa yuklarni yetkazib berish va uy-joy qurilish narxlarining asossiz ravishda oshishiga olib keladi.
    Tashish jarayoniga ta’sir ko’rsatadigan omillar to’plamining mavjudligi shuningdek qurilish materiallarini qurilish ob’ektlariga tashish jarayonini o’zining murakkabligi, amaliyotchi va ilmiy xodimlardan qurilishning umumiy tizimida transport vositalarning sonini hisoblash, transport jadvalini tuzish va qurilish tarkibidagi transportning boshqa xususiyatlarini aniqlashga imkon beruvchi uslublarni ishlab chiqishni taqoza qilmoqda.
    Yuk ortish va tushirish vaqtidagi salbiy jarayonlar: avtomobilning yuklash va tushirishda navbatda kutib turish, yuklash va tushirishdagi manyovr, ortish va tushirishdan so’ng hujjatlarni rasmiylashtirish vaqtlari yuk tashish samaradorligini pasaytiradi.

    Volume 1, Issue 2 February 2023 ISSN 2181-2020 Page 55
    EURASIAN JOURNAL OF TECHNOLOGY AND INNOVATION
    Innovative Academy Research Support Center
    Open access journal www.in-academy.uz

    Download 407,59 Kb.
      1   2   3




    Download 407,59 Kb.