Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 1 | ISSUE 7 | 2022
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2022
65
UMUMIY O‘RTA TA’LIMDA JISMONIY TARBIYANING
MAZMUNI VA MOHIYATI
Farxod G‘aybillayev
Buxoro davlat pedagogika
instituti
Pedagogika va psixologiya ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta’limda jismoniy tarbiyaning mazmuni hamda
mohiyati haqida nazariy ma’lumotlar, hamda jismoniy tarbiya tizimi hamda jismoniy
rivolanish haqida ma’lumotlar berilgan. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida jismoniy tarbiya
darslarida gimnastika sport turining ahamiyati haqida ham so‘z boradi.
Kirish so‘zlar: jismoniy tarbiya,
metodologiya, jismoniy rivojlanish, gim-
nastika, sport, akrobatika
ABCTRACT
This article provides theoretical information about
the content and essence of
physical education in general secondary
education, as well as information about the
physical education system and physical development. The importance of gym-nastics
is also discussed in physical education classes in the general secondary edu-cation
system.
Keywords: physical education, methodology,
physical development, gymnas-
tics, sport, acrobatics
Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodologiyasi rivojlanishining hozirgi bosqichida
ushbu yo‘nalishning asosiy tushunchalarini aniqlashga kompleks yondashuvni ishlab
chiqish masalasi dolzarb bo‘lib qoldi. Bu,
eng avvalo, jismoniy tarbiyaga oid
tushunchalarning yetakchi umumpedagogik atama va kategoriyalar
bilan aloqasini
o‘rnatish zarurati bilan bog‘liq. Jismoniy tarbiya – ta’limning bir turi bo‘lib, uning
mazmunining o‘ziga xosligi harakat mashqlarini o‘rgatish,
jismoniy sifatlarni
shakllantirish, maxsus jismoniy tarbiya bilimlarini o‘zlashtirish va jismoniy tarbiya
bilan shug‘ullanishga ongli ehtiyojni shakllantirishni aks ettiradi.
Jismoniy tarbiya
tizimi - jismoniy tarbiya ijtimoiy amaliyotining tarixiy shartli turi bo‘lib, odamlarning
jismoniy kamolotini ta’minlaydigan dunyoqarash, ilmiy-metodik, dastur-me’yoriy va
tashkiliy asoslarni o‘z ichiga oladi. Jismoniy tarbiya sohasi ushbu jarayonning
mohiyati va o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi ko‘plab tushunchalarni o‘z ichiga