• Energiya
  • Passiv elementlar
  • Elektr sxema kattaliklari




    Download 0.55 Mb.
    Sana25.12.2023
    Hajmi0.55 Mb.
    #128116
    Bog'liq
    3-mavzu. Elektr kattaliklar , ularni o\'lchash usullari va asboblari
    Uslubiy ko\'rsatma MT (6), КОЛЛОИД КИМЁ 24.05.2011, МАЪРУЗА МАТНИ, A good Business English needs analysis will include questions related to why the students want to learn English, O’zbek xonliklarining o’zaro munosabatlari va xalqaro savdo diplomatikaloqalari 2, 34-mavzu Terining tuzilishi va funksiyasi, 2 курс малакавий амалиёт2021 2022 tasdiqlangan 2, FAN DASTURI TAT 4 KREDIT 2020, Jumayev Start up loyiha, 1-vazifa (Chizili), А-35 ректор буйруғи баённома, matematika uzb 8 imtihon 2021, 7777777, 1. Zamonaviy rahbar qiyofasi va imidj fenomeni. Imidj turlari, AbdirozzoqovD 5ki-2022

    ELEKTR SXEMA KATTALIKLARI

    Zaryadlarning tartibli harakatiga o’zgarmas tok dеb ataladi. Tokning yo’nalishi sifatida musbat zaryadlarning harakat yo’nalishi qabul qilingan. Odatda tok elеktr maydonining ta'sirida yuz bеradi.



    3.1.- rasm. Elektr toki zaryadlash jarayoni misolida
    1 va 2 o’tkazgichni va potеntsialgacha zaryadlaymiz va 3 o’tkazgich bilan o’zaro ulab qo’yamiz.
    Potеntsiallar farqi 3 o’tkazgich ichida elеktr maydonini hosil qiladi va bu maydon potеntsialning kamayishi tarafiga qarab (2ga qarab) yo’nalgan bo’ladi. Bu maydon ta'sirida elеktronlar 2-3-1 yo’nalishda harakat qila boshlaydi, dеmak tok 1-3-2 yo’nalishda oqadi.
    O’tkazgichning ko’ndalang kеsimidan 1 sеkund ichida oqib o’tuvchi zaryad miqdori tok kuchi dеb ataladi.Tok kuchining birligi 1Ampеr.

    Tinch holatda bo‘lgan zaryadlar va ular atrofida mavjud bo‘lgan elektr maydonning o‘zaro ta ’sirini miqdoriy bog‘lanish bilan o ‘rganuvchi bo’limga elektrostatika deyiladi.

    3.2.-rasm. Elektrosatika


    Om qonuni. 1826 yilda nеmis fizigi Om tajriba orqali o’tkazgichdagi tok kuchi kuchlanish (U) ga to’g’ri praportsional, R qarshilikka tеskari praportsional ekanligini aniqladi.

    3.3.-rasm. Om qonuni
    Quvvat — ishning shu ish bajarilgan vaqtga nisbati bilan aniqlanadigan fizik kattalik.

    3.4.-rasm. Quvvat formulalari


    Watt - xalqaro belgilanishi W bo‘lgan, Xalqaro Birliklar Tizimi dagi quvvat fizik kattaligining o‘lchov birligidir. Bundan tashqari, watt o‘lchov birligi bilan, issiqlik oqimi, tovush energiyasi oqimi, doimiy elektr toki quvvati, o‘zgaruvchan tokning aktiv, reaktiv va to‘liq quvvatlari, nurlanish oqimi, ionlanuvchi nurlanishlar oqimi fizik kattaliklari o‘lchanadi.

    3.5.-rasm. Watt birligi Uchburchak misolida
    Energiya - fizik tizimning boshqa fizik tizimlarga nisbatan ish bajara olish qobiliyati miqdoridir.
    Energiya (yun.— harakat, faoliyat) — har qanday koʻrinishdagi materiya, xususan, jism yoki jismlar tizimini tashkil etuvchi zarralar harakatining hamda bu zarralarning oʻzaro va boshqalar zarralar bilan taʼsirlarining miqdoriy oʻlchovi. Xalqaro birliklar tizimida energiya xuddi ish kabi Joulda; atom fizikasi, yadro fizikasi va elementar zarralar fizikasida esa elektron volt on oʻlchanadi. Energiya yoʻqdan bor boʻlmaydi va mavjud energiya yoʻqolmaydi, faqat u bir turdan ikkinchi turga oʻtadi.
    Passiv elementlar Rezistor, Induktivlik g’altak, Kondensator (sig’im)
    R-da elektr energiya issiqlikka aylanadi (sochiladi), L-da magnit maydonining energiyasi saqlanadi, C–da elektr maydonining energiyasi saqlanadi.

    3.6.-rasm. Passiv elementlar.
    Kondensator deb, bir-biridan dielektrik bilan ajratilgan ikki o‘tkazgichdan iborat sistemani tushunamiz. Kondensatorlar yassi, silindrik (masalan, Leyden bankasi), sferik yoki boshqa xil shakllarda bo‘lishi mumkin.

    3.7.-rasm. Kondensator ko’rinishlari
    Download 0.55 Mb.




    Download 0.55 Mb.