• GURUH
  • Elektronika va avtomatika fakulteti mustaqil ish




    Download 244.15 Kb.
    Sana08.04.2024
    Hajmi244.15 Kb.
    #191386
    Bog'liq
    mustaqil ish 5
    MIMAR ташПЭС, датчиклар111, датчиклар, 4-мавзу, shahs-zhinsiy-identifikatsiyasi-psihologik-fenomen-sifatida, Taqribiy integrallash usullari aniqligi va hisoblash hajmi bo\'yicha taqqoslash, mustaqil ish 6 — копия, Ismoiljon CISCO
      Bu sahifa navigatsiya:
    • GURUH

    ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI


    ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA FAKULTETI



    MUSTAQIL ISH


    Fan: Mahsulot sifati nazorati





    Mavzu: Sinov laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligini ma’qullash


    GURUH – S25A-19 MSMSM

    BAJARDI:_________________________

    TEKSHIRDI:________________________

    TOSHKENT 2024

    REJA:

    1. SINOV LABORATORIYALARINING TEXNIK JIHATDAN MALAKALILIGINI MA’QULLASH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA


    2. SINOV LABORATORIYALARINING TEXNIK JIHATDAN MALAKALILIGINI MA’QULLASH TARTIBI TO‘G‘RISIDA NIZOM
    3. SINOV LABORATORIYALARINING TEXNIK JIHATDAN MALAKALILIGINI MA’QULLASHDAN O‘TKAZISH SXEMASI
    4.FOYDALANILGAN ADAIYOTLAR

    SINOV LABORATORIYALARINING TEXNIK JIHATDAN MALAKALILIGINI MA’QULLASH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA


    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida muvofiqlikni baholash tizimini yanada takomillashtirish va sinov laboratoriyalari kompleksini rivojlantirish to‘g‘risida” 2019-yil 15-avgustdagi PQ-4419-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
    1. Sinov laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligini ma’qullash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
    2. Belgilab qo‘yilsinki:
    a) texnik jihatdan malakaliligini ma’qullash (keyingi o‘rinlarda ma’qullash deb ataladi) faqat quyidagi sinov laboratoriyalariga (keyingi o‘rinlarda laboratoriya deb ataladi) nisbatan amalga oshiriladi:
    shaxsiy (ishlab chiqarish) ehtiyojlari uchun o‘zlari ishlab chiqarayotgan mahsulotlar va/yoki kirib kelayotgan xomashyo, materiallar yoki tayyor mahsulotlarni sinovdan o‘tkazuvchi ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar laboratoriyalari;
    mahsulotlar, ishlab chiqarish jarayoni va xizmatlarni sertifikatlashtirish jarayonida ishtirok etishga da’vo qilmaydigan laboratoriyalar;
    b) O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan ma’lum bir soha yoki yo‘nalishdagi mahsulotlar, ishlab chiqarish jarayonlari va xizmatlarning muvofiqligini baholash ishlarini olib borish uchun vakolatli etib belgilangan davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar huzurida tashkil etiladigan muvofiqlikni baholash organlari muvofiqlikni baholash bo‘yicha vakolatli organlar hisoblanadi hamda ularga yuklangan vazifalar va fuksiyalarga bog‘liq ravishda belgilangan tartibda ma’qullash yoki akkreditatsiya tartib-taomilidan o‘tadilar;
    v) muvofiqlikni baholash bo‘yicha vakolatli va ma’qullangan organlarning reyestrini yuritish va yangilash O‘zbekiston akkreditatsiya markazi davlat unitar korxonasiga yuklanadi;
    (2-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
    g) laboratoriyalar uchun ma’qullash tartibidan o‘tish ixtiyoriydir, ushbu qarorning 2-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlarida majburiyligi belgilangan holatlar bundan mustasno.
    3. Belgilansinki:
    muvofiqlikni baholash bo‘yicha organlar idoraviy mansubligidan, tashkiliy-huquqiy shaklidan va faoliyati ixtisosligi turidan qat’i nazar akkreditatsiyadan o‘tishdan manfaatdor bo‘lsalar, akkreditatsiyadan o‘tish huquqiga egadirlar;
    amaldagi akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomalar laboratoriyalarning yozma murojaatlariga asosan texnik jihatdan malakaliligini qo‘shimcha baholamasdan ularning amal qilish muddatiga ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomalarga bepul qayta rasmiylashtirilishi mumkin;
    milliy akkreditatsiya tizimining belgisidan foydalanish, shuningdek, akkreditatsiyaga havola qilish huquqi faqat akkreditatsiyadan o‘tgan muvofiqlikni baholash bo‘yicha organlarga beriladi.
    4. “O‘zstandart” agentligi bir oy muddatda muvofiqlikni baholash bo‘yicha vakolatli organlarning reyestrini shakllantirsin va keyinchalik O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi huzuridagi “Akkreditatsiya markazi” davlat unitar korxonasining rasmiy veb-saytida e’lon qilsin.
    5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
    6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamentiga hamda “O‘zstandart” agentligi bosh direktori D.N. Sattarov zimmasiga yuklansin.
    O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
    Toshkent sh.,
    2020-yil 28-iyul,
    456-son
    Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-iyuldagi 456-son qaroriga
    1-ILOVA
    Sinov laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligini ma’qullash tartibi to‘g‘risida
    NIZOM
    1-bob. Umumiy qoidalar
    1. Ushbu Nizom sinov laboratoriyalarining (keyingi o‘rinlarda laboratoriyalar deb ataladi) texnik jihatdan malakaliligini ma’qullash tartibini belgilaydi.
    Oldingi tahrirga qarang.
    2. Laboratoriyalarning texnik jihatdan malakaliligini ma’qullash (keyingi o‘rinlarda ma’qullash deb ataladi) O‘zbekiston akkreditatsiya markazi davlat unitar korxonasi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
    (2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 11-martdagi 114-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2022-y., 09/22/114/0209-son)
    3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
    ariza beruvchi ― laboratoriya texnik jihatdan malakalilik ma’qullashidan o‘tishi uchun tegishli buyurtma bilan Markazga murojaat qilgan yuridik shaxs;
    ma’qullash ― faoliyatning muayyan sohasida sinovlarni o‘tkazishga yuridik shaxslarning laboratoriyalari texnik jihatdan malakaliligini Markaz tomonidan rasman tasdiqlash;
    ma’qullash sohasi ― laboratoriya faoliyatining ma’qullash so‘ralayotgan yoki ma’qullash taqdim etilgan aniq sohasi;
    ma’qullangan laboratoriya hujjatlarini dolzarblashtirish ― laboratoriyaning ma’qullash sohasiga va/yoki texnik pasportiga laboratoriya tomonidan o‘zgartirishlar kiritish va belgilangan tartibda Markazga taqdim etish;
    ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnoma ― ma’qullashning belgilangan sohasida ishlarni bajarish uchun laboratoriyaning texnik jihatdan malakaliligini tasdiqlovchi Markaz tomonidan beriladigan hujjat;
    muvofiqlikni baholash bo‘yicha vakolatli organlar ― yuklangan vazifalar va funksiyalarga bog‘liq ravishda belgilangan tartibda ma’qullash yoki akkreditatsiya tartib-taomilidan o‘tadigan, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bilan ma’lum bir soha yoki yo‘nalishdagi mahsulotlar, ishlab chiqarish jarayonlari va xizmatlarning muvofiqligini baholash ishlarini olib borish uchun vakolatli etib belgilangan davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar huzurida tashkil etiladigan muvofiqlikni baholash bo‘yicha organlar;
    texnik jihatdan malakalilikni baholash ― ma’qullash so‘ralayotgan faoliyat sohasida sinov yoki o‘lchovlarni o‘tkazish uchun laboratoriyada shart-sharoitlarning va malakali xodimlarning mavjudligini aniqlash maqsadida Markaz tomonidan amalga oshiriladigan jarayon;
    texnik ekspert ― muvofiqlikni baholash sohasidagi ishlarni tashkil etish va shu sohadagi jarayon yoki faoliyat xususida maxsus bilim va tajribaga ega bo‘lgan, shartnoma asosida laboratoriyada baholash o‘tkazish uchun Markaz tomonidan jalb qilinadigan jismoniy shaxs yoki ekspert tashkilotning vakili.
    2-bob. Ma’qullash talablari va shartlari
    4. Ma’qullashning talablari va shartlari quyidagilardan iborat:
    ma’qullash tartibidan o‘tishga qo‘yiladigan talablarni belgilovchi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga, normativ-huquqiy hujjatlarga majburiy rioya qilish;
    laboratoriya faoliyatini samarali amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan egalik yoki boshqa mulkiy huquq, shuningdek, ijara huquqi asosida bino va inshootlar, texnik, texnologik va apparat-dasturiy vositalarning mavjudligi;
    texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlar talablariga muvofiq bo‘lgan ishlab chiqarish binolari va atrof muhit shart-sharoitlari mavjudligi;
    so‘ralayotgan ma’qullash sohasiga muvofiq sinovlar o‘tkazilishini ta’minlaydigan sinov, o‘lchov vositalari, standart namunalarning mavjudligi;
    malakasi ma’qullash jarayonida Markaz tomonidan baholanadigan va so‘ralayotgan ma’qullash sohasida malakaga ega bo‘lgan xodimlarning mavjudligi, ularning o‘zaro almashinuvchanligini ta’minlash;
    so‘ralayotgan ma’qullash sohasiga muvofiq sinov usullarini tartibga soluvchi texnik jihatdan tartibga solish sohasida normativ hujjatlarning mavjudligi;
    laboratoriyalar tomonidan ushbu Nizomning 16-bandida, shuningdek, 7 va 8-boblarida ko‘rsatilgan majburiyatlarga rioya qilish.
    5. Ma’qullangan laboratoriyalar, shuningdek, akkreditatsiyadan o‘tgan sinov, kalibrlash va tibbiy laboratoriyalar (markazlar), metrologiya xizmatlari amaldagi ma’qullash yoki akkreditatsiya sohalariga muvofiq o‘zlari qo‘llayotgan sinov va o‘lchov vositalaridan, standart namunalardan va sinash asbob-uskunalaridan foydalanish va/yoki ularni qo‘llash huquqi ma’qullash tartib-taomilidan o‘tishga talabgor bo‘lgan ariza beruvchilar foydasiga berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
    3-bob. Laboratoriyalarni ma’qullash tartibi
    6. Laboratoriyalarning texnik jihatdan malakaliligini ma’qullash ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
    Ariza beruvchi Markaz tomonidan belgilanadigan yozma yoki elektron shaklda ma’qullash uchun arizani (keyingi o‘rinlarda buyurtma deb ataladi) ushbu Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar va ma’lumotlarni ilova qilgan holda taqdim etadi.
    7. Ariza beruvchi buyurtmaga quyidagi hujjatlar va ma’lumotlarni ilova qiladi:
    ma’qullash so‘ralayotgan ma’qullash sohasini aniqlovchi sinov usullari (metodikalari) va/yoki o‘lchash turlarining ro‘yxati;
    laboratoriyaning tartib-taomil hujjatlari;
    laboratoriyaning texnik pasporti (laboratoriya, xodimlar, jihozlar, qo‘llaniladigan sinov va o‘lchash vositalari to‘g‘risidagi ma’lumot).
    8. Ariza beruvchidan ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
    Ariza beruvchi o‘z xohishiga ko‘ra laboratoriyaga tegishli qo‘shimcha hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etishi mumkin.
    9. Markaz taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlarning to‘liqligi yuzasidan buyurtmani o‘rganadi. Buyurtmani o‘rganish ijobiy natija bersa, u ro‘yxatdan o‘tkaziladi va bir ish kunidan kechikmay laboratoriyada baholashni o‘tkazish uchun shartnoma (keyingi o‘rinlarda shartnoma deb ataladi) tayyorlanadi va ariza beruvchiga yuboriladi.
    Ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan barcha hujjatlar (ma’lumotlar) taqdim etilmagan taqdirda, Markaz bir ish kunidan kechikmay ariza beruvchiga hujjatlarni puxta ishlab chiqish uchun qaytarish haqida xabar qiladi.
    10. Ariza beruvchi tomonidan to‘lov amalga oshirilgach, Markaz besh ish kunidan kechikmay laboratoriyada baholashni o‘tkazish uchun Markaz xodimlaridan va/yoki texnik ekspertlardan iborat baholash komissiyasini (keyingi o‘rinlarda komissiya deb ataladi) shakillantiradi.
    Komissiyaga zimmasiga ma’qullash jarayoniga rahbarlik qilish uchun umumiy mas’uliyat yuklangan va Markaz tomonidan vakolat berilgan baholash komissiyasining raisi rahbarlik qiladi.
    11. Komissiya tarkibi, laboratoriyada baholashni o‘tkazish sanasi va vaqti Markaz direktori yoki uning o‘rinbosari buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Bunda laboratoriyada baholashni o‘tkazish sanasi ariza beruvchi bilan uning asoslangan takliflarini inobatga olgan holda oldindan kelishib olinadi.
    12. Laboratoriyada baholashni o‘tkazish muddatlari uning faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda Markaz tomonidan aniqlanadi. Laboratoriyada baholashni o‘tkazish muddati o‘n ish kunidan oshmasligi kerak.
    13. Laboratoriyada baholashni o‘tkazish Markaz tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan dasturga muvofiq amalga oshiriladi.
    14. Komissiya taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi, ma’qullash talablariga va shartlariga, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini va laboratoriya tomonidan so‘ralayotgan ma’qullash sohasidagi ishlarni bajarish imkoniyatini joyiga chiqqan holda baholaydi.
    15. Komissiya laboratoriyaning ma’qullash sohasiga kiritilgan har bir so‘ralgan sinov usullari (metodikalari) va/yoki o‘lchash turlarini bajara olish imkoniyatini baholaydi.
    16. Ariza beruvchi laboratoriyada baholash o‘tkazish, shu jumladan, komissiyaning zarur ma’lumotlarga, yozuvlarga va hujjatlarga, binolarga kirishini, shuningdek, laboratoriya xodimlarining malakasini baholash uchun shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi.
    Xodimlar malakasini baholash ularning shaxsiy kartalarini o‘rgangan holda so‘ralgan sohadagi malakasi, tayyorgarligi, ma’lumotini, muvofiqlikni baholash bo‘yicha ko‘nikmalarini namoyish qilishini kuzatish orqali amalga oshiriladi.
    Komissiya so‘ralgan ma’qullash sohasida nazorat sinovlari, o‘lchovlar o‘tkazilishini talab qilishga haqlidir.
    17. Agar laboratoriyada baholash uchun shart-sharoitlar ta’minlanmasa, komissiya raisi Markazga tegishli hisobotni taqdim qilishi kerak, uning asosida Markaz ma’qullash jarayoni ishlari ikki oydan oshmagan muddatga to‘xtatilganligi to‘g‘risida ariza beruvchiga yozma ravishda xabar beradi.
    Agar ariza beruvchi belgilangan muddatda laboratoriyada baholash o‘tkazish uchun shart-sharoitlarni yaratib bermasa, ma’qullash uchun berilgan arizani ko‘rib chiqish tugatiladi.
    18. Laboratoriyada baholash natijalari bo‘yicha baholash davomida aniqlangan nomuvofiqliklarni (agar mavjud bo‘lsa) o‘z ichiga qamrab oluvchi komissiyaning dalolatnomasi (keyingi o‘rinlarda dalolatnoma deb ataladi) tuziladi.
    Dalolatnoma barcha komissiya a’zolari, shuningdek, o‘zining alohida fikrini (zarurat bo‘lganda) ifodalashga haqli bo‘lgan ariza beruvchining vakolatli vakili tomonidan imzolanadi.
    Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi, uning bir nusxasi ariza beruvchining vakolatli vakiliga beriladi.
    19. Komissiya ijobiy dalolatnoma rasmiylashtirgan taqdirda, bir ish kunidan kechikmay dalolatnomani Markazga taqdim etadi.
    20. Baholash jarayonida nomuvofiqliklar bartaraf etilmagan taqdirda, ariza beruvchi Markazga tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda nomuvofiqliklar bartaraf etilganligi to‘g‘risida hisobot (keyingi o‘rinlarda hisobot deb ataladi) taqdim etadi. Hisobotni taqdim etish muddati dalolatnoma rasmiylashtirilgan sanadan boshlab uch oydan oshmasligi kerak.
    21. Ariza beruvchi belgilangan muddatda hisobot taqdim etmasa, ma’qullash jarayoni tugatiladi.
    22. Markaz hisobot olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunida hisobot baholashni o‘tkazgan komissiya tomonidan ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi.
    Komissiya ariza beruvchi tomonidan nomuvofiqliklar bartaraf etilganligini zarur hollarda joyiga chiqqan holda o‘rganadi. Agar hisobotda keltirilgan ma’lumotlar nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun yetarli bo‘lmasa, komissiya qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rashga haqlidir.
    23. Nomuvofiqliklarni bartaraf etish holatini o‘rganish natijalari bo‘yicha komissiya yakuniy dalolatnomani rasmiylashtiradi va uni bir ish kunidan kechikmay Markazga taqdim etadi.
    24. Markaz uch ish kuni mobaynida dalolatnomani ko‘rib chiqishni ta’minlaydi va quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
    laboratoriya texnik jihatdan malakaliligini ma’qullash;
    ma’qullash sohasini qisqartirgan holda laboratoriya texnik jihatdan malakaliligini ma’qullash;
    laboratoriya texnik jihatdan malakaliligini ma’qullashni rad etish;
    dalolatnoma xulosalariga qo‘shilmagan taqdirda ― laboratoriya ma’qullash talablari va shartlariga muvofiqligini haq olmasdan qo‘shimcha baholashni o‘tkazish.
    25. Laboratoriyani ma’qullashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
    baholash vaqtida zarur ma’lumotlarni taqdim etishdan bosh tortish;
    ariza beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan ma’lumotlarda noaniq yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjudligi;
    laboratoriyaning ma’qullash talablari va shartlariga nomuvofiqligi.
    Ma’qullashni rad etish to‘g‘risida boshqa asoslar, shu jumladan, maqsadga muvofiqsizlik sabablari bo‘yicha qaror qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
    26. Laboratoriyani ma’qullash to‘g‘risida qaror qabul qilinganda, laboratoriya Markaz tomonidan bir ish kunidan kechikmay ma’qullangan laboratoriyalar reyestriga kiritiladi va guvohnoma rasmiylashtiriladi.
    Agar laboratoriyani ma’qullashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinsa, Markaz bir ish kunidan kechikmay ariza beruvchiga bu to‘g‘risida yozma xabarnoma yuboradi.
    27. Markaz tomonidan o‘zining rasmiy veb-saytida ma’qullangan laboratoriyalar reyestri yuritiladi (keyingi o‘rinlarda reyestr deb ataladi). Reyestr tanishish uchun ochiq hisoblanadi.
    28. Ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnoma reyestrda ro‘yxatdan o‘tkaziladi va ikki yil muddatga beriladi.
    29. Agar laboratoriya ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugashidan bir oy oldin takroriy ma’qullash uchun ariza taqdim etsa, Markaz ilgari berilgan ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tegishli qaror qabul qilingan kungacha uzaytirish huquqiga ega, bunda uzaytirish muddati uch oydan oshmasligi kerak.
    30. Takroriy ma’qullash tartibi ushbu Nizomning 3-bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
    31. Ma’qullangan laboratoriya ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan talablar va shartlarga, ma’qullash sohasiga rioya qilishga hamda o‘tkazilgan sinovlar yoki o‘lchovlarning ishonchliligiga javobgardir. Bunda Markaz ma’qullangan laboratoriyadan har yarim yilda bir marotaba uning ma’qullash sohasi faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni so‘rashga haqlidir.
    32. Agar Markazga ma’qullash talablari va shartlari buzilganligi to‘g‘risida hujjatlar bilan tasdiqlangan yozma murojaat tushsa, Markaz murojaatda keltirilgan vajlarning haqqoniyligini o‘rganish uchun aynan ushbu vajlar bo‘yicha laboratoriyani qayta baholashga (keyingi o‘rinlarda qayta baholash deb ataladi) haqlidir.
    33. Laboratoriya faoliyatini qayta baholash ushbu Nizomning 11 ― 16, 18 ― 23-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
    34. Markaz uch ish kunidan kechikmay laboratoriya faoliyatini qayta baholash dalolatnomasi ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi va quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
    ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tasdiqlash;
    ma’qullash sohasini qisqartirgan holda ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tasdiqlash;
    ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatish;
    ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish.
    Markazning qarori to‘g‘risidagi ma’lumot laboratoriyaga qaror qabul qilinganidan keyin ikki ish kunidan kechiktirmay yetkaziladi.
    35. Ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish (tiklash) yoki tugatish ushbu Nizomning 4-5-boblarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
    36. Markazning ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risidagi qarori ustidan laboratoriya Markaz huzuridagi apellatsiya komissiyasiga yoki sud tartibida shikoyat qilishi mumkin.
    4-bob. Ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish (tiklash)
    37. Ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda to‘xtatib turiladi:
    laboratoriya ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida yozma murojaat qilganida;
    laboratoriya tomonidan ma’qullash talablari va shartlari buzilganligi aniqlanganda.
    38. Ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish Markazning qarori bilan amalga oshiriladi. Bunda ushbu Nizomning 37-bandi uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish ikki oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga amalga oshiriladi.
    Ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi to‘xtatib turilishi to‘g‘risidagi ma’lumot qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay Markaz veb-saytiga joylashtiriladi va yozma ravishda laboratoriyaga xabarnoma yuboriladi.
    Ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi Markaz tomonidan qabul qilingan qarorda ko‘rsatilgan sanadan boshlab to‘xtatib turiladi.
    Ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi tiklangunga qadar laboratoriya tomonidan o‘tkaziladigan o‘lchash yoki sinovlar natijalarini rasmiylashtirishda ma’qullash jarayonidan o‘tganlik maqomiga havola qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
    39. Ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi ushbu Nizomning 37-bandi uchinchi xatboshida ko‘rsatilgan holatda to‘xtatilgan bo‘lsa, laboratoriya Markazga tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan nomuvofiqliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi hisobotni taqdim etadi. Bunda hisobotni taqdim etish muddati Markazning qarori qabul qilingan sanadan boshlab ikki oydan oshmasligi kerak.
    Agar belgilangan muddatda laboratoriya tomonidan tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan nomuvofiqliklarni bartaraf etish to‘g‘risidagi hisobot taqdim etilmasa, Markaz ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatadi.
    40. Nomuvofiqliklar bartaraf etilganligi holatini o‘rganish ushbu Nizomning 22 va 23-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
    41. Markaz komissiya tomonidan yakuniy dalolatnoma taqdim etilganidan so‘ng uch ish kunidan kechiktirmay tegishli qarorni qabul qiladi.
    42. Ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish va qayta tiklash to‘g‘risidagi ma’lumot qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay Markazning veb-saytida yuritiladigan ma’qullangan laboratoriyalar reyestriga kiritiladi va bu haqda laboratoriyaga yozma ravishda xabar yuboriladi.
    5-bob. Ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish
    43. Ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:
    laboratoriya ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish to‘g‘risida ariza bilan murojaat qilganda;
    yuridik shaxs (uning huzurida faoliyat ko‘rsatayotgan laboratoriya) tugatilganda;
    guvohnoma amal qilishining to‘xtatib turilishiga sabab bo‘lgan holatlar Markaz tomonidan belgilangan muddatda laboratoriya tomonidan bartaraf etilmaganda;
    ma’qullash sohasi buzilganda (ma’qullash jarayonidan o‘tganlik maqomini belgilovchi matnli havolani ko‘rsatgan holda ma’qullash taqdim etilgan sohadan tashqari o‘lchash yoki sinovlarni o‘tkazish);
    guvohnoma soxta hujjatlar va noto‘g‘ri ma’lumotlardan foydalangan holda olinganligi aniqlanganda.
    44. Ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish Markazning qarori bilan amalga oshiriladi.
    Ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi ma’lumot qaror qabul qilingan kundan boshlab bir ish kunidan kechiktirmay Markazning veb-saytida yuritiladigan ma’qullangan laboratoriyalar reyestriga kiritiladi va laboratoriyaga yozma ravishda xabar yuboriladi.
    Ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi Markaz tomonidan qabul qilingan qarorda ko‘rsatilgan sanadan boshlab tugatiladi.
    45. Ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnoma ushbu Nizomning 43-bandi to‘rtinchi — oltinchi xatboshilariga muvofiq tugatilganda, ma’qullash uchun takroriy buyurtma uch oydan keyin taqdim etilishi mumkin.
    6-bob. Ma’qullash sohasini kengaytirish va qisqartirish
    46. Ma’qullash sohasini kengaytirish laboratoriyaning buyurtmasiga asosan ushbu Nizomning 6 ― 25-bandlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
    Laboratoriyaning ma’qullash sohasini kengaytirish to‘g‘risida Markaz tomonidan ijobiy qaror qabul qilinganda, ma’qullash sohasi yangi tahrirda tasdiqlanadi, agar rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinsa, Markaz bir ish kunidan kechikmay laboratoriyaga bu haqda yozma xabarnoma yuboradi.
    47. Laboratoriyaning ma’qullash sohasini qisqartirish Markaz qarori bilan quyidagilar asosida amalga oshiriladi:
    laboratoriyaning ma’qullash sohasini qisqartirish to‘g‘risidagi arizasi;
    laboratoriya faoliyatini qayta baholash natijalariga ko‘ra.
    48. Ma’qullash sohasi qisqartirilganda Markaz tomonidan laboratoriyaning ma’qullash sohasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilib, yangi tahrirda tasdiqlanadi.
    Ma’qullash sohasini qisqartirish uchun haq olinmaydi.
    7-bob. Markaz xizmatlari uchun haq to‘lash tartibi
    49. Markaz tomonidan ma’qullashni amalga oshirish uchun quyidagi xizmatlarga haq undiriladi:
    laboratoriyada baholash o‘tkazish;
    ma’qullash sohasini dolzarblashtirish.
    50. Markaz tomonidan ma’qullashni amalga oshirish uchun quyidagi xizmat turlari bo‘yicha haq undirilmaydi:
    buyurtmani ko‘rib chiqish;
    oldin berilgan (amaldagi) ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish;
    ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish (tiklash) yoki tugatish;
    ma’qullash sohasini qisqartirish;
    ma’qullangan laboratoriyaning texnik pasportida keltirilgan ma’lumotlarni dolzarblashtirish.
    51. Ushbu Nizomda nazarda tutilgan Markazning xizmatlari uchun to‘lovlar sarflanadigan vaqt, moddiy resurslardan va xizmat safari xarajatlaridan kelib chiqqan holda Markaz tomonidan aniqlanadi.
    Ariza beruvchi tuzilgan shartnomaga muvofiq ma’qullash ishlarini bajarish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni, shu jumladan, xizmat safari xarajatlarini, ularning natijalaridan qat’i nazar to‘lashi shart.
    Sarflangan vaqt, moddiy resurs va xizmat safari xarajatlarini hisoblab chiqish metodikasi Markaz tomonidan belgilanadi va uning veb-saytiga joylashtiriladi.
    8-bob. Ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomani qayta rasmiylashtirish
    52. Qayta tashkil etilgan, nomi, yuridik manzili yoki joylashgan joyi (pochta manzili) o‘zgargan taqdirda laboratoriya yigirma ish kuni mobaynida mazkur o‘zgartirishlar haqida Markazni yozma ravishda xabardor qilishi kerak.
    Markaz yozma bildirishnoma olgan paytdan boshlab va ma’qullash to‘g‘risidagi yangi guvohnoma rasmiylashtirilgunga qadar laboratoriya o‘z faoliyatini oldin berilgan ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnoma asosida amalga oshiradi.
    53. Laboratoriya joylashgan joy o‘zgarganda ushbu Nizomning 3-bobida belgilangan tartibda takroriy ma’qullash amalga oshiriladi.
    54. Agar yuridik shaxs ilgari ma’qullangan laboratoriyaning vorisi bo‘lmasa, hujjatlarni keyinchalik ko‘rib chiqish tartibi ushbu Nizomning 3-bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
    55. Ma’qullash to‘g‘risidagi yangi guvohnomani rasmiylashtirish Markaz tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu Nizomning 53 va 54-bandlarida nazarda tutilgan hollarda yangi guvohnomani rasmiylashtirish takroriy ma’qullash to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilingandan so‘ng amalga oshiriladi.
    9-bob. Ma’qullangan laboratoriya hujjatlarini dolzarblashtirish
    56. Quyidagi hollarda ma’qullangan laboratoriya hujjatlari dolzarblashtiriladi:
    laboratoriyani ma’qullash sohasida ko‘rsatilgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar o‘rniga yangi hujjatlar amalga kiritilganda, ularga o‘zgartishlar, qo‘shimchalar kiritilganda (bundan qabul qilingan normativ hujjatda mahsulotlarning yangi turlari, sinov (o‘lchov) usullari ko‘rsatilgan hollar mustasno);
    texnik pasportda keltirilgan ma’lumotlar o‘zgarganda.
    57. Ma’qullash bo‘yicha hujjatlar dolzarblashtirilsa, laboratoriya buning sabablarini ko‘rsatgan holda o‘zgartirishlar kiritilgan hujjatlarni, shuningdek, kiritilayotgan o‘zgartishlar yuzasidan qiyosiy tahlilni ilova qilib Markazga buyurtma taqdim etadi.
    58. Markaz o‘n besh ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqadi va ushbu Nizomning 7-bandiga asosan taqdim etilgan hujjatlar to‘plamiga qo‘shimcha sifatida kiritadi. Ushbu Nizomning 56-bandi ikkinchi xatboshisiga muvofiq laboratoriyaning ma’qullash sohasi dolzarblashtirilgan taqdirda, u yangi tahrirda tasdiqlanadi.
    10-bob. Apellatsiyalarni ko‘rib chiqish
    59. Baholash natijalari bo‘yicha unga nisbatan Markazning salbiy qarori qabul qilingan laboratoriya Markazning qarori qabul qilingan sanadan boshlab o‘ttiz kalendar kun mobaynida Markazga yozma shakilda apellatsiya berish huquqiga ega.
    Markazning qarori qabul qilingan sanadan boshlab o‘ttiz kalendar kundan ortiq muddatda berilgan apellatsiyalar ko‘rib chiqilmaydi.
    60. Apellatsiya komissiyasi har bir aniq apellatsiyani ko‘rib chiqish uchun zaruratga ko‘ra shakllantiriladi. Apellatsiya komissiyasi tarkibi Markaz direktorining buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Apellatsiya komissiyasi tarkibini shakllantirish va tasdiqlash muddatlari apellatsiya olingan kundan boshlab uch kundan ortiq bo‘lmasligi kerak.
    61. Apellatsiya komissiyasining tarkibi Markazning vakillaridan, apellatsiya bergan laboratoriyani baholashda ishtirok etmagan, jalb qilinadigan malakali mutaxassislardan shakllantiriladi. Bunda apellatsiya komissiyasi tarkibida Markaz xodimlari soni apellatsiya komissiyasi a’zolari umumiy sonining yarmidan kam bo‘lishi lozim.
    62. Apellatsiya komissiyasi berilgan apellatsiyani ko‘rib chiqadi va qabul qilingan qaror to‘g‘risida laboratoriyaga yozma ravishda ma’lum qiladi. Apellatsiyani ko‘rib chiqish muddati u berilgan sanadan boshlab o‘n kalendar kundan oshmasligi kerak.
    63. Apellatsiyani ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha apellatsiya komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
    apellatsiyani qanoatlantirish;
    apellatsiyani qisman qanoatlantirish;
    apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish.
    64. Markaz ikki ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi xabarnomani apellatsiya bergan laboratoriyaga yozma shaklda yuboradi.
    65. Aynan bir masala bo‘yicha apellatsiyani takroran berishga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Sinov laboratoriyalarining texnik jihatdan malakaliligini ma’qullashdan o‘tkazish



    Foydalanilgan adabiyotlar

    1. https://lex.uz/docs/-4920906

    Download 244.15 Kb.




    Download 244.15 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektronika va avtomatika fakulteti mustaqil ish

    Download 244.15 Kb.