• GURUH
  • Elektronika va avtomatika fakulteti mustaqil ish




    Download 122.34 Kb.
    bet1/6
    Sana08.04.2024
    Hajmi122.34 Kb.
    #191321
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    mustaqil ish 6 — копия
    MIMAR ташПЭС, датчиклар111, датчиклар, 4-мавзу, shahs-zhinsiy-identifikatsiyasi-psihologik-fenomen-sifatida, Taqribiy integrallash usullari aniqligi va hisoblash hajmi bo\'yicha taqqoslash, mustaqil ish 5, Ismoiljon CISCO
      Bu sahifa navigatsiya:
    • GURUH

    ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI


    ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA FAKULTETI



    MUSTAQIL ISH


    Fan: Ishlab chiqarishning metrologik ta’minoti





    Mavzu: Maishiy elektr hisoblagichlarni qiyoslash


    GURUH – S25A-19 MSMSM

    BAJARDI:_________________________

    TEKSHIRDI:________________________

    TOSHKENT 2024

    REJA:

    KIRISH_____________________________________________________________1


    1. ELEKTR ENERGIYASINI HISOBGA OLISH USKUNASINI(HISOBLAGICHNI) YECHISH, QIYOSLASHDAN O‘TKAZISH VA O‘RNATISH BO‘YICHA DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATISHNING MA’MURIY REGLAMENTI_______________________________3
    2. ELEKTR ENERGIYASINI HISOBGA OLISH USKUNASINI (HISOBLAGICHNI) YECHISH, QIYOSLASHDAN O‘TKAZISH VA O‘RNATISH SXEMASI________________________11
    XULOSA____________________________________________________________15
    FOYDALANILGAN ADAIYOTLAR__________________________________________16


    HISOBGA OLISH USKUNALARINI (HISOBLAGICHLARNI) YECHISH, QIYOSLASHDAN O‘TKAZISH VA O‘RNATISH BO‘YICHA DAVLAT XIZMATLARI KO‘RSATISHNING MA’MURIY REGLAMENTLARINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 12-dekabrdagi PF-5278-son Farmoniga muvofiq hamda muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
    Quyidagilar yuridik va jismoniy shaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari (keyingi o‘rinlarda davlat xizmatlari deb ataladi) ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari deb hisoblansin:
    davlat xizmatlari ko‘rsatishda yuridik yoki jismoniy shaxslarning bevosita ishtirok etishini talab qiladigan tartibotlar sonini hamda ularni ko‘rsatish muddatlarini tubdan qisqartirish;
    yuridik va jismoniy shaxslardan boshqa davlat organlari va boshqa tashkilotlardan olinadigan hujjatlar va ma’lumotlar talab qilinishini bekor qilish;
    davlat xizmatlari ko‘rsatishda byurokratik to‘siq va g‘ovlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida davlat organlari va boshqa tashkilotlar o‘rtasida idoralararo o‘zaro elektron hamkorlik o‘rnatish;
    davlat organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatining samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini ta’minlash, ularning mas’uliyatini va ijro intizomini kuchaytirish;
    O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini (keyingi o‘rinlarda YIDXP deb ataladi) davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun yagona axborot maydonchasi sifatida belgilash.
    Belgilansinki, 2019-yil 1-noyabrdan boshlab ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentlarga muvofiq ko‘rsatiladigan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslar ta’minotchi korxonalarga bevosita hamda Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali murojaat qiladilar.
    O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va davlat xizmatlari ko‘rsatilishida ishtirok etadigan boshqa davlat organlari:
    bir oy muddatda davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun zarur hujjatlar va boshqa hujjatlarning namunaviy shakllari, blankalari ishlab chiqilishini hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan kelishgan holda tasdiqlanishini;
    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda 2019-yil 1-noyabrgacha bo‘lgan muddatda hududiy bo‘linmalar, idoraviy mansub tashkilotlar va davlat xizmatlari ko‘rsatilishida ishtirok etadigan boshqa tuzilmalarning YIDXPga ulanishini;
    O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda 2019-yil mobaynida Davlat xizmatlari markazlarining xodimlari ishtirokida ushbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentlarni amalda qo‘llashning samaradorligi va natijadorligi darajasini oshirishga yo‘naltirilgan o‘quv seminarlari tashkil etilishi va o‘tkazilishini ta’minlasinlar.
    O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki,Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda 2019-yil 1-noyabrgacha bo‘lgan muddatda Yagona billing tizimi orqali real vaqt rejimida elektron shaklda to‘lovlar qabul qilinishini hamda davlat xizmatlari ko‘rsatilishi uchun to‘langan yig‘imlar summasi hisobi yuritilishini ta’minlasinlar.
    Davlat organlari va boshqa tashkilotlarning ular tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishining belgilangan tartibiga rioya etilishi yuzasidan, shu jumladan YIDXP orqali doimiy nazorat o‘rnatsin;
    ushbu qaror bilan tasdiqlangan davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha ma’muriy reglamentlar talablarini buzganlik uchun davlat organlari va boshqa tashkilotlar mansabdor shaxslariga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy jazolarni qo‘llasin.
    Belgilab qo‘yilsinki, davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlar, O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi rahbarlari ushbu qarorda nazarda tutilgan vazifalarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishi uchun shaxsan javob beradilar.
    O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
    Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi energetika vaziri A.S. Sultanov, O‘zbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri M.H. Saliyev va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.K. Davletov zimmasiga yuklansin.

    Download 122.34 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 122.34 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Elektronika va avtomatika fakulteti mustaqil ish

    Download 122.34 Kb.