• « Elektrotexnika va elektronikasi »
  • 1-MA’RUZA Energiya, elektr energiyasi. Jahon va O‘zbekiston elektroenergetikasi. REJA
  • Energiya va muxandislik ishi.
  • «Energetika va radioelektronika» fakulteti «Radioelektronika» kafedrasi «Elektrotexnika va elektronika»




    Download 39.53 Kb.
    Sana30.08.2023
    Hajmi39.53 Kb.
    #79899
    Bog'liq
    O
    1 labaratoriya, joriy nazorat, 5-sinf 7- nazorat ishi, 50 positive words to describe people, statistika o\'rtacha miqdorlar, 7-amaliy ish (1), IOM mustaqil, seminar mashg`uloti mno, Shukurova Mohinur, ma`ruza matni, geometriyadan tarqatma, MTM, 2 ma\'ruza, 8. Тарқатма материаллар , 1-topshiriq

    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA
    INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    JIZZAX POLITEXNIKA INSTITUTI
    «Energetika va radioelektronika» fakulteti
    «Radioelektronika» kafedrasi
    «Elektrotexnika va elektronika»
    Fanidan
    O‘QUV –USLUBIY MAJMUA






    Bilim sohasi:

    700 000



    Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari

    Ta’lim sohasi:

    710 000



    Muhandislik ishi

    Ta’lim yo‘nalishi:

    60711400





    -


    Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish (tarmoqlar bo‘yicha)



    JIZZAX -2022 yil


    Tuzuvchilar:



    Rabbimov E. A. -

    JizPI, “Radioelektronika” kafedrasi dotsenti.



    Irisboyev F. B -

    JizPI, “Radioelektronika” kafedrasi assistenti.

    60711400 - Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish ta’lim yo‘nalishi talabalariga amaliy mashg‘ulot bajarish uchun masalalar to‘plami jamlangan uslubiy qo‘llanma.


    « Elektrotexnika va elektronikasi » fanidan uslubiy qo‘llanma masalalar yechish uchun fanga oid bo‘lgan asosiy formulalar, tenglamalar keltirilgan, ular asosida masalalar yechilgan. Shu bilan bir qatorda mustaqil yechish uchun masalalar, sifatni aniqlovchi masalalar berilgan.

    Ushbu uslubiy ko`rsatma bakalavr bo`yicha ta`lim olayotgan talabalar uchun mo`ljallangan bo`lib institut “Radioelektronika” kafedrasi ilmiy-uslubiy kengashining 2023-yil 25 iyundagi 11 – son yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlandi.


    Kafedra mudiri: _______________ Mustofoqulov J


    Ushbu uslubiy ko`rsatma “Energetika va radioelektronika” fakultet kengashida muhokama etilgan va foydalanishga tavsiya qilingan 2023-yil 26 iyundagi 1111 – son yig‘ilishidagi bayonnoma.


    Fakultet kengashi raisi: ____________ dots. O.R.Pardayev


    Uslubiy ko`rsatma Jizzax pоlitеxnika instituti ilmiy – uslubiy kеngashining 2023-yil 27- iyundagi 11dagi majlis bayoni bilan tasdiqlangan.




    1-MA’RUZA


    Energiya, elektr energiyasi. Jahon va O‘zbekiston elektroenergetikasi.


    REJA



    1. Energiya va muxandislik ishi.




    1. Jahon va O‘zbekiston elektroenergetikasi.




    1. Energiya va muxandislik ishi.

    Muhandislik-tabiiy resurslardan foydalanib fan va texnika yutuqlarini aniq masalalarni yechishga yo‘naltirilgan inson aqliy faoliyatining turidir. Muhandislik ilmining amaliy ifodalari dastlab qurilish sohasida namoyon bo‘lgan bo‘lsa, texnikaning rivojlanishi natijasida bugungi kunda insoniyat faoliyatining barcha yo‘nalishlari o‘z muhandisligiga ega. Ilmiy izlanishlar va ular natijalarining amalda tadbiqlari shu darajaga yetdiki, hozirgi paytda hatto hujayralar muhandisli (gen muhandisligi) paydo bo‘ldi.


    Mashina va mexanizmlar ishining salohiyati ayniqsa qurilish ishlarida aniq namoyon bo‘ladi. Masalan, yetti mo‘jizaning birinchisi, Yer yuzidagi eng sirli va jumboqli muhandislik inshooti hisoblangan misrdagi firavn Xeops piramidasi 20 yil davomida 100 000 dan ortiq ishchilarning tinimsiz mehnati natijasida qurilgan.


    Piramidaning balandligi 147 m, asosi kvadrat bo‘lib, tomonlari ham 147 m bo‘lgan. Texnik taraqqiyot natijasida esa bugungi kunda bunday inshootni mashinalar yordamida bir necha soatda qurib bitkazish mumkin.


    Dunyodagi eng baland bino Burji xalifa bundan bir necha o‘n yil oldin qurilgan bo‘lsa, bugungi kun


    muhandislik mo‘jizalari inson aqlini lol qoldirmoqda. Masalan Yapon muhandislari tomonidan loyihalashtirilayot gan binoning balandligi 4000 m bo‘lib, unda eng yuqori texnologiyalar, shu jumladan elektr energiyasi ta’minotida muqobil manbalardan foydalanish keng o‘rin olgan.


    Bunday inshootlarni qurish, ularni kerakli muhandislik tizimlari va vositalari bilan (masalan suv ta’minoti, liftlar, kanalizatsiya va hokazo) ta’minlash albatta o‘ziga xos zamonaviy yondashuvni talab etadi. Rejalashtirilayotgan binoda 1 million aholi yashashi ko‘zda tutilmoqda. Zamonaviy muhandislikning imkoniyat-lari o‘ta katta mashinalarni, kemalarni, tez uchar samolyotlarni yaratish, millionlab kilometr olisdagi sun’iy yo‘ldoshlarni boshqarish va ulardan ma’lumotlar olish, atom o‘lchami darajasidagi kichik zarralarni ko‘rish kabi keng imkoniyatlarni ochmoqda.
    Download 39.53 Kb.




    Download 39.53 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Energetika va radioelektronika» fakulteti «Radioelektronika» kafedrasi «Elektrotexnika va elektronika»

    Download 39.53 Kb.