O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIAXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI FARG’ONA FILIALI
620-21 GURUH TALABASI ASHURALIYEV SHERDULNING
“Ta'lim psixologiyasi”
FANIDAN BAJARGAN
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Ta'lim oluvchining individual psixologik xususiyatlari
FARG’ONA 2023
Mavzu: Ta'lim oluvchining individual psixologik xususiyatlari
Reja:
Individual-tipologik xususiyatlar klassifikasiyasi
Shaxs iqtidori va qobiliyatlar diagnostikasi
Qobiliyatlardagi tug‘ma va orttirilgan sifatlar
Qobiliyatlarning psixologik strukturasi
Temperament va faoliyatning individual xususiyatlari
Ma'lumki, odamlar xulk-atvori va faoliyat motivlariga nisbatan teng bo‘lganda, bir xil tashqi ta'sir etganda, bir- biridan ta'sirchanligiga va ko‘rsatayotgan energiyasiga ko‘ra sezilarli darajada farq qiladilar. Jumladan, bir xil kishilar sekinlikni, boshqasi shoshilishni yoqtiradi, bir xil odamlarga xissiyotlarning tez uygonishi xos bo‘lsa, boshqasiga ma'noli mimika, boshqasini xarakterida og‘ir-bosiqlik, yuzining juda xam kam xarakat qilishi bilan ajralib turadi. Kishining xarakatlardagi o‘zgarishi tabiiy ravishda ko‘pincha tarbiyalangan ustanovkalar va odatlarda vaziyatning talabiga bog‘liq bo‘ladi. Ammo biz nazarda tutayotgan individual farqlar o‘zlarining tug‘ma asosiga ega.
Har bir shaxs o‘ziga hos qaytarilmas dunyo. Dunyoda bir-biriga aynan o‘xshash bo‘lgan ikki kishini topish juda mushqul. Odam tashqi kiyofasi, bo‘yi-basti bilan boshqa biror kimsaga o‘xshashi mumkin, lekin fe'li, mijozi va shaxs sifatidagi xususiyatlari nuqtai nazaridan aynan bir xil insonlar bo‘lmaydi. Hattoki, olimlar bitta tuxumda rivojlangan egizaklarda ham juda ko‘p jihatdan aynan o‘xshashlikni qayd qilishgan, shaxsiy sifatlaridagi korrelyasiyada esa ba'zi tafovutlar aniqlangan.
Shaxs-qaytarilmas, u o‘z sifatlari va borligi bilan noyobdir. Ana shu qaytarilmaslik va noyoblikning asosida uning individual psixologik xususiyatlari majmui yotadi. Shu o‘rinda biz yuqorida ta'rif bergan shaxs tushunchasi bilan yonma-yon ishlatiladigan yana ikki tushunchaga izox berish o‘rinli deb hisoblaymiz. Bu-«individ» va «individuallik» tushunchalaridir. «Individ» tushunchasi umuman «odam» degan tushunchani to‘ldirib, uning ijtimoiy va biologik mavjudot sifatida mavjudligini tasdiklaydi va uni bir tomondan, boshqa odamlardan farilovchi belgi va xususiyatlarini o‘z ichiga oladi, ikkinchi tomondan, o‘ziga va o‘ziga o‘xshashlarga hos bo‘lgan umumiy va xarakterli xususiyatlarni kamrab oladi. Demak, individ-insonga aloqadorlik faktini tasdiklovchi ilmiy kategoriyadir.
«Individuallik»-yuqoridagi ikkala tushunchaga nisbatan torroq tushuncha bo‘lib, u konkret odamni boshqa bir konkret odamdan farqlovchi barcha o‘ziga hos xususiyatlar majmuini o‘z ichiga oladi. Shu nuqtai nazardan shaxs tizimini tahlil qiladigan bo‘lsak, shaxsning individualligiga uning qobiliyatlari, temperamenti, xarakteri, irodaviy sifatlari, emosiyalari, hulqiga hos motivasiya va ijtimoiy ustanovkalari kiradi. Aynan shu qayd etib Utilgan kategoriyalar shaxsdagi individuallilikni ta'minlovchi kategoriyalardir.
|