Fanidan bajargan mustaqil ishi




Download 22,23 Kb.
bet2/2
Sana07.12.2023
Hajmi22,23 Kb.
#113036
1   2
Bog'liq
t p 2
Kichik Biznes va Xususiy tadbirkorlikni bandlikni taminlashdagi , pdf 20230125 163757 0000, 5-laboratoriya Ollonazar, ГРАФИК 2 чорак, 6-sinf mavzulashtirilgan test, Chegaralar tasviri. Arifmetik o‘zgartirish., Binova va inshootlar, \', IELTS Sample Essays, Резюме, 1639667264, Maydoniy tranzistorlar volt-amper xarakteristikalari ularning ish rejimlariga hamda temperaturaga bog‘liqligi., Ab, Reja Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati, tarkibi va elem-fayllar.org
Qobiliyatlar-shaxsdagi shunday individual, turg‘un sifatlarki, ular odamning turli xil faoliyatdagi ko‘rsatgichlari, yutuqlari va qiyinchiliklari sabablarini tushuntirib beradi.
Temperament-insonning turli vaziyatlarda narsa, hodisa, holatlar va insonlarning hatti-harakatlariga nisbatan reaksiyasini tushuntirib beruvchi xususiyatlari majmuidir.
Individga xos dinamik fazilatlar o‘zaro ichki bog‘lanishga ega bo‘lib, o‘ziga xos tuzilishni tashkil etadi. Psixikaning individual jixatdan o‘ziga xos, tabiiy jixatdan shartlashgan dinamik ko‘rinishlarining majmui kishining temperamenti deb ataladi. Qadimgi yunon medisinasining yirik vakili Gippokrat siymosida organizmning xolati asosan «sharbat»larning, ya'ni organizmda mavjud suyuqliklarning miqdoriy nisbatiga bog‘liqdir deb xisobladi. Bu sharbatlarning aralashtirilgandagi nisbati grekchasiga «krasis»-go‘zal so‘zi bilan atalgan.
Organizmda suyuqliklarning aralashuvi (u qon ko‘pligi bilan xarakterlanadi) sangvinik temperament deb ataldi (lotincha «sangvis» - qon so‘zidan); limfa ko‘p bo‘lganda flegmatik (grekcha «flegma» - shilimshiq parda degani); sariq o‘tning ko‘payganini xolerik (grekcha «xole» - o‘t so‘zidan); qora o‘t ko‘p bo‘lgan melanxolik (grekcha «meloyna xole» qora o‘t) temperament deb ataladi.
Kishining temperamenti qanaqaligi xaqidagi tasavur odatda shu shaxs uchun xarakterli bo‘lgan psixologik xususiyatlar asosida vujudga keladi. Sezilarli psixik aktivlikka ega bo‘lgan, atrofda bo‘layotgan voqealarga tez munosabatini bildiruvchi, tasavvurlarini xadeb o‘zgartirishga intiluvchi, muvaffaqiyatsizlikni va ko‘ngilsizliklarni nisbatan yengil o‘tkazib yuboruvchi, jonli, xarakatchan, ifodali mimi-kasi va xarakatlari bo‘lgan kishi sangvinik deb ataladi.

Yuragi keng, barqaror intilishlarga va kayfiyatlarga, doyimiy va chuqur xis-tuyg‘ularga, xarakatlari va nutqi bir xil maromda bo‘lgan, ruxiy xolati tashqi tomondan ifoda etiladigan kishi flegmatik deyiladi.


Juda g‘ayratli, ishga juda extiros bilan berilish kobiliyatiga ega bo‘lgan, tez va shiddatli, qizg‘in emosional «portlash» va kayfiyat-ning keskin o‘zgarishlariga moyil, ildam xarakatlar qiladigan kishi xolerik deb ataladi.
Ta'sirchan, chuqur kechinmali, gap ko‘tara olmaydigan, ammo atrof-dagi voqealarga uncha extibor bermaydigan, o‘zini to‘xtata oladigan xarakatlar qiladigan va keskin ovoz chiqaradigan kishilar melanxoliklar deb ataladi.
Temperamentlarning turli tumanligi to‘g‘risidagi masala fanda xali batafsil xal qilingan emas, lekin aytilgan tiplarni asosiy deb xisoblash mumkin.
Xarakter-shaxsning alohida insonlar va insonlar guruhi, o‘z- o‘ziga, vaziyatlar, narsalar va hodisalarga nisbatan munosabatlaridan orttiradigan sifatlarini o‘z ichiga oladi.
Irodaviy sifatlar-har birimizning o‘z oldimizga maqsad qo‘yib, unga erishish yo‘lidagi qiyinchiliklarni yengishimizni ta'minlovchi ma'lum sifatlarimiz majmuini o‘z ichiga oladi.
Emosiyalar va motivasiya esa atrofimizda sodir bo‘layotgan hodisalar, bizni o‘rab turgan odamlar va ularning hatti-harakatlarini ruxan qanday qabul qilib, ularga bildiradigan hissiy munosabatlarimizni bildiruvchi sifatlarimiz bo‘lib, ular ayni vaziyatlardagi real holatlarimizdan va ularning ongimizda aks etishidan kelib chiqadi.
Demak, individual sifatlar bizning ongli hayotimizning ajralmas qismi, idrokimiz, xotiramiz va fikrlarimiz yo‘naltirilgan muhim predmet ekan. Chunki aynan ular bizning turli faoliyatlarni amalga oshirish va ishlarni bajarishdagi individual uslubimizga bevosita aloqador. Kimdir juda chaqqon, tez ish qiladi, lekin sifatsiz. Kimdir juda yaxshi koyilmaqom ish qiladi, lekin juda sekin, kimdir ishga yuzaki qarab, nomiga uni bajarsa, boshqa bir odam unga butun vujudi va e'tiqodi bilan munosabatda bo‘lib, tinimsiz izlanadi va jamiyat uchun manfaat kidiradi. Shuning uchun ham individuallikning faoliyat va muloqotdagi samarasini inobatga olib, eng muhim individual-psixologik xususiyatlarni alohida o‘rganamiz.
Download 22,23 Kb.
1   2




Download 22,23 Kb.