• BAJARDI: ODILOVA O. ILMIY RAHBAR: SIDRASULIEVA G.
  • Fizikaviy kimyo fanidan tashish sonlarini aniqlash mavzusida yozgan




    Download 0.85 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/13
    Sana17.10.2023
    Hajmi0.85 Mb.
    #88132
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
    Bog'liq
    Odilova Ozoda Fizikaviy kimyo kurs ishi
    Yosh Tilshunoslar to\'garak a\'zolari, bir o\'zgaruvchili tengsizliklarning konyunktsiyasi va dizyunktsiyasi.ularning grafik usulda yechish, Ikkinchi tartibli sirtlarning tarifi aylana ellips giperbola parabola, funksiyaning limiti limitlar haqida teoremalar, orqa miya, 9-mavzu pul islohotlari, Web dasturlash va dizayn 1-mavzu, Самостоятельная работа №1, Основные элементы электрических цепей, Baxromova Go\'zal Test, 1,2 - THE GUARDIAN WEEKLY (3), polimernye-svyazuyuschie-dlya-elektrodov-litievyh-akkumulyatorov-chast-2-sinteticheskie-i-prirodnye-polimery, 1-6 kt, 0DSKaOcaWLXFvNNpukeO1oGtVOcQKWcaqVlkt0kI


    OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI BERDAQ NOMIDAGI 
    QORAQALPOQ DAVLAT UNIVERSITETI KIMYO TEXNOLOGIYA 
    FAKULTETI 2-E KIMYO GURUH TALABASI ODILOVA OZODANING 
    FIZIKAVIY KIMYO FANIDAN TASHISH SONLARINI ANIQLASH 
    MAVZUSIDA YOZGAN 
    KURS ISHI 
      
      
      
      
    BAJARDI: ODILOVA O. 
    ILMIY RAHBAR: SIDRASULIEVA G.  
      
     
     
     
     
     
     
     
     
    NUKUS_2023 



    MUNDARIJA
    KIRISH ...................................................................................................................... 3 
    I. BOB. FIZIKAVIY KIMYO FANIGA KIRISH .................................................... 7 
    1.1. Fizikaviy kimyoning paydo bo’lishi .................................................................. 7 
    1.2. Fizikaviy kimyoning rivojlanishi ....................................................................... 7 
    II. BOB. TASHISH SONINI ANIQLASH ............................................................... 8 
    2.1. Elektroliz. Faradey qonunlari ............................................................................. 8 
    2.2. Ionlarning harakatlanish tezligi va uni aniqlash usuli ...................................... 13 
    2.3. Eritmalarning elektr o‘tkazuvchanligi ............................................................. 14 
    2.4. Tashish sonini aniqlash .................................................................................... 16 
    2.4. Ionlarning harakatchanligi va tashish sonini aniqlash ..................................... 21 
    2.5. Lobarotoriya ishi. Suyultirilgan sulfat kislota eritmasidagi vodorod ionlarining 
    tashish sonini aniqlash ............................................................................................. 22 
    2.6. Qutblanish ........................................................................................................ 25 
    III. XULOSA ........................................................................................................... 28 
    IV. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR .......................................................... 30 



    KIRISH 
    Bugungi rivojlanayotgan kunga kelib jamiyatimiz taraqqiyoti bevosita o’sha 
    jamiyatni axborotlashtirish bilan ham bog’liq bo’lib har bir davlat o’z axborotlash 
    strategiyasini ishlab chiqish va uni amaliyotga qo’llashga katta ahamiyat bermog’i 
    lozim. Davlat Ta’lim Standartlarini ta’lim tarbiya jarayonlariga tezkor joriy qilish 
    mexanizmlar, o’quv dasturlar, darsliklar hamda o’quv meodik qo’llanmalar vositasi 
    amalga oshirildi. Mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan soha mutaxassislarini 
    fikricha “Pedagogik texnologiya” bu o‘quvchilarni o‘qitish, o‘rgatish va ularni har 
    tomonlama rivojlantirish qonun-qoidalarini o’z ichiga olgan pedagogik tadbirlar 
    tizimidan iborat. Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, ta’limni 
    texnologiyalashtirishni asosini, ta’lim oluvchilarni, uning samaradorligini oshirish 
    hamda ta’lim oluvchilarni berilgan sharoitlarda hamda ajratilgan vaqt ichida 
    loyixalashtirilayotgan o‘quv natijalariga erishishlarini kafolatlash maqsadida to‘liq 
    boshqarish g‘oyasini tashkil etishdir. Ta’lim amaliyotida “Pedagogik texnologiya” 
    3 ta ko‘rinishdagi tayanch mazmunidan iborat: 
    1. Umumiy pedagogik mazmun. Bu ko‘rinish ta’lim muassasalaridagi ta’lim-tarbiya 
    mezoni bilan chambarchas bog‘liq; 
    2. Xususiy uslubiy mazmun. Bu o‘quvchi tomonidan aniq bir mavzu uchun tanlab 
    olingan usul hamda didaktik vositalar majmuasidan iborat bo‘lib, bu orqali ta’lim 
    bosqichlari tizimga solinadi; 
    3. Modulli texnologik mazmun. Berilgan ta’lim mazmuni qismlarini alohida-alohida 
    texnologiyalashtiriladi hamda qo‘yilgan maqsadga erishiladi. 
    O‘qituvchining darsda pedagogik texnologiyani joriy qilishdagi bosqichlari 
    quyidagicha: 
    - ta’lim oluvchilarga bo‘lajak faoliyatning maqsadlarini qo‘yish va tushuntirish; 
    - o‘qitishning tanlangan usullari, vositalari va shakllarini qo‘llash; 
    - ta’lim oluvchilar faoliyatini rag‘batlantirishning turli choralarini ko‘rish; 
    - o‘qitish jarayonlarining sifatini nazorat qilish va baholash, ularni tahlil qilish va 
    korreksiya qilish (korreksiya-anamal bolalarning psixik va jismoniy taraqqiyotidagi 



    kamchiliklarini pedagogik usul va chora – tadbirlar bilan qisman yoki butunlay 
    yo‘qotish). 
    O‘qitish texnologiyasini joriy qilish hamda amalga oshirish jarayonida, 
    pedagogik tizimning barcha komponentlarini ularning bir-biri bilan o‘zaro 
    bog‘liqligi hamda o‘zaro belgilanganligi albatta mavjudligi, o‘quv jarayonidagi 
    qatnashchilarining psixologik shaxsiy va individual xususiyatlarini albatta hisobga 
    olish kerak [1]. 
    O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 
    2020-yil 16-oktyabr kuni kimyo sanoatini jadal rivojlantirish, tarmoqqa xorijiy 
    investitsiya va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish masalalari bo`yicha yig`ilish 
    o`tkazdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar bermoqda.
    Ma`lumki, kimyo sohasi zamonaviy sanoatning “katalizatori” bo`lib, har 
    qanday ishlab chiqarish negizida kimyovoy jarayonlar yotadi, bu sohasiz 
    iqtisodiyotda taraqqiyot bo`lmaydi. Yig`ilishda tarmoqdagi kamchiliklarni bartaraf 
    etish va kimyo sanoatini yanada rivojlantirish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-
    tadbirlar muhokama qilindi. 
    Kimyo sanoatida yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun 
    tizimning moliyaviy barqarorligini ta`minlash lozim. Shu boisda ham yig`ilishda 
    “O`zkimyosanoat” aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy ahvolini yanada yaxshilash 
    yuzasidan ko`rsatmalar berildi. Shu bilan birga sohaga inovatsiyalar umuman joriy 
    qilinmagan, ilm-fan salohiyatidan samarali foydalanilmayotganligi tanqid qilindi. 
    Shuning uchun Koreya-kimyo texnalogiyalari ilmiy-tadqiqot institute (KRICT) 
    bilan hamkorlikda Toshkent kimyo texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti negizida 
    ilmiy-tadqiqot, loyihalash va muhandislik, kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan 
    markaz barpo etishni tezlashtirishni zarurligini ta`kidladi.
    Kimyo fani, ayniqsa uning muhim tarmog’i hisoblanuvchi fizikaviy kimyo 
    xalq xo’jaligining hamma соќаларида, ayniqsa qishloq xo’jaligida mo’l va sifatli 
    mahsulotlarini yetkazishda muhim o’rin egallaydi.
    Oziq – ovqat mahsulotlari texnologiyasida fizikaviy kimyo fani muhim 
    ahamiyat kasb etadi, chunki deyarli hamma texnologik jarayonlar fizikaviy kimyo 



    fani bilan chambarschas bog’liqdir. Kimyoviy ishlab chiqirish mutaxassislari, 
    qishloq xo’jaligining malakali mutaxassislari va oziq – ovqat mahsulotlarini 
    kimyoviy qayta ishlovchi mutaxassislari umumiy va noorganik kimyo, organik 
    kimyo, agrokimyo hamda biokimyo bilan bir qatorda fizikaviy kimyoni ham chuqur 
    bilishlari kerak, chunki bu fanlarni bilish kimyoviy texnologik jarayonlarda, 
    o’simliklar organizmida va tuproq tarkibida sodir bo’lib turadigan turli jarayonlarni 
    to’la tushunushga, oziq – ovqat mahsulotlari texnologiyasida esa texnologik 
    jarayonlarni boshqarish va mahsulot chiqish unumini oshirishga, hamda ularning 
    sifatini yaxshilashga yordam beradi. 
    Bulardan tashqari, keyingi yillarda yangi zamonaviy fizikaviy asbob – 
    uskunalarning yaratilishi hamda ulardan kimyoviy ishlab chiqirishda, qishloq 
    xo’jalik hamda oziq – ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalanish 
    mutaxassislarining fizikaviy kimyoni yaxshi o’rganishlarini taqoza etadi [2]. 
    “Fizikaviy kimyo” fani zamonaviy kimyoning nazariy asosini tashkil etadi. 
    Juda ham jadallik bilan rivojlanayotgan ushbu soha kimyo va fizika o`rtasida 
    chegaraviydir. Fizikaviy kimyo ikkala fanning nazariy va tajribaviy usullaridan 
    hamda o`zining xususiy usullaridan foydalanib, kimyoviy reaksiyalar va ular bilan 
    birgalikda boruvchi fizikaviy jarayonlar ustida ko`p qirrali tadqiqotlar o`tkazadi.
    XX asrning boshiga kelib fizikaviy kimyo modda tuzilishi, kimyoviy 
    termodinamika, eritmalar, kimyoviy kinetika va elektrokimyolarni o`rganuvchi fan 
    sifatida ham namoyon bo`ldi. Yangi nazariy usullarning qo`llanilishi bilan atom, 
    molekula va kristallarning tuzilishini tadqiqot qilish birinchi o`ringa chiqadi. Ushbu 
    sohada Rezerford tomonidan taklif qilingan atomning yadro tuazilishi (1911) va Bor 
    (1913) tomonidan vodorod atomining birinchi miqdoriy nazariyasining yaratilishi 
    juda katta yutuq bo`ldi. Kimyoviy bog`ning tabiati va molekulalarning tuzilishini 
    o`rganish atom tuzilishini bilan birgalikda olib boriladi. 1920-yillarda Kossel va 
    Lyuis kimyoviy bog`ning electron nazariyasini ishlab chiqdilar. 1927-yilda Geytler 
    va London kimyoviy bog`ning kvant mexanik nazariyasini rivojlantirdilar. 
    Keyinchalik atom tuzilishidagi kata kashfiyotlarga asoslanib, kvant mexanikasi va 
    statistic fizikaning nazariy usullarini hamda rentgen, spektroskopiya, mass-



    spektrometriya, magnit usullari kabi tajribaviy usullarga asoslanib, molekula va 
    kristallarning tuzilishini o`rganish va kimyoviy bog` tabiatini tushuntirishda katta 
    yutuqlar qo`lga kiritildi. Fizikaviy kimyo mustaqil fan bo`lib, u o`zining tadqiqot 
    usullariga ega hamda kimyo-texnologik fanlarning nazariy bazasidir. Fizikaviy 
    kimyoning ishlab chiqarishdagi ahamiyati kata, chunki biror kimyoviy jarayonni 
    amalga oshirishda uning mexanizmini mukammal bilish lozim. Eritmalar “Fizikaviy 
    kimyo” fani tomonidan o`rganiladigan eng asosiy sistemalardan biri hisoblanadi. Bu 
    sistemalar hayotda va texnikada juda kata ahamiyatga ega, shu sababli ham, 
    fizikaviy kimyo fan sifatida eritmalar nazariyasining yaratilishi natijasida vujudga 
    kelgan. Fizik-kimyoviy nuqtai nazardan eritma deganda nima tushuniladi? Eritma 
    kamida ikkita moddadan (komponentdan) iborat bo`ladi, denak, eritma bir necha 
    moddaning aralashmasidir. Lekin har qanday aralashma ham eritma bo`laolmaydi. 
    Kurs ishining dolzarbligi: Fizikaviy kimyo kimyoviy energiyaning elektr 
    energiyasiga va aksincha, elektr energiyasini kimyoviy energiyaga aylanishi bilan 
    bog‘liq bo‘lgan qonuniyatlarni o‘rganadigan bo‘limi elektrokimyo deb ataladi. 
    Elektrokimyo katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, elektroliz, elektr o‘tkazuvchanlik 
    va elektr yutuvchi kuchlar haqidagi ta’limotlarni o‘rganadi. 
    Barcha moddalar elektr o‘tkazuvchanligi jihatidan o‘tkazgich, yarim 
    o‘tkazgich va izolyatorlar (dielektriklar)ga bo‘linadi. O‘tkazgichlarning o‘zi 

    tur va 
    
    tur o‘tkazgichlarga bo‘linadi. Eritma tur o‘tkazgichlarga barcha metallar va 
    ularning qotishmalari, shuningdek ko‘mir va grafit kiradi. 
    
    tur o‘tkazgichlarga 
    elektrolitlarning (tuzlar, kislota va asoslarning) eritmalari va suyuqlanmalari kiradi. 
    Bularda elektr toki elektrolit ionlari orqali uzatiladi (ionli uzatuvchanlik), natijada 
    modda kimyoviy jihatdan o‘zgaradi. 

    Download 0.85 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




    Download 0.85 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Fizikaviy kimyo fanidan tashish sonlarini aniqlash mavzusida yozgan

    Download 0.85 Mb.
    Pdf ko'rish