• “Agroplatforma” axborot tizimi
  • “CropAgro” axborot tizimi
  • Foto: "Daryo" / Madina Nurman




    Download 131.59 Kb.
    Sana15.03.2024
    Hajmi131.59 Kb.
    #172819
    Bog'liq
    Документ Microsoft Word (3)
    6 sinf tarbiya Bilim ol kasb-hunar tanla, 1-LABORATORIYA, tex talim, Avtomatik va yarimavtomarik 2016, Metall va metallmas 2016 (Автосохраненный), zamonaviy-ta-lim-metodlari-ta-lim-samaradorligi-kafolati, 7719-Текст статьи-18562-1-10-20230203, DT loyihasini boshqarish 1top, Variant-000., 1-Kompyuterni tashkil qilish.Mustaqil ish, Moychechak, B1 - 3 ders vezifesimmm, chiniqishning gigiyenik asoslari, 15-laboratoriya ishi, amaliy ish das 1 6 21

    “Qishloq xo‘jaligi sohasiga ilg‘or raqamli texnologiyalarni joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Qarorga ko‘ra, 2023-yil 1-sentabrdan “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platformasi tarkibida “Agroplatforma” axborot tizimi joriy etiladi.
    Mazkur platforma paxta, boshoqli don, meva-sabzavotlar yetishtirish uchun imtiyozli kredit ajratish jarayonlarini raqamlashtirish hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarga shaffoflik tamoyili asosida xizmat ko‘rsatishni nazarda tutadi.
    2024-yil hosilidan boshlab qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish xarajatlari tijorat banklarining “Agroplatforma” AT orqali elektron tarzda shakllantirilgan buyurtmanomalari asosida moliyalashtiriladi.
    Bunda, mahsulot yetishtiruvchilarga “Agroplatforma” ATdagi shaxsiy kabinetlari orqali elektron xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi.
    2023-yil yakunigacha:

    • Geoaxborot texnologiyalari va kosmik tasvirlarni tahlil qiladigan xizmatlarni ko‘rsatish platformasi joriy etiladi;

    • qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirishning amaldagi mexanizmlari raqamli texnologiyalar yordamida takomillashtiriladi.

    Bunda, yerdan foydalanuvchilarning takliflarini qabul qilish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini elektron joylashtirish, kelishish, maʼlumot va hisobotlarni avtomatik shakllantirish uchun “CropAgro” axborot tizimi joriy etiladi.
    Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar qishloq xo‘jaligi geoportallari takomillashtirilib, tegishli hududlarning qishloq xo‘jaligi sohasiga oid geografik, statistik va tahliliy maʼlumotlardan ochiq foydalanish yo‘lga qo‘yiladi.
    Qarorga ko‘ra, 2024-yil 1-fevralgacha sohadagi statistik maʼlumotlarning ishonchliligi va tezkorligini taʼminlash uchun Agrar va oziq-ovqat sohasida vaziyatlarni baholash markazining ishga tushirilishi nazarda tutilgan. 2023-yil 1-oktabrgacha “Agroplatforma” ATda qishloq xo‘jaligi yerlaridan foydalanuvchilarning yagona maʼlumotlar bazasi shakllantiriladi.
    Shavkat Mirziyoyev 23-yanvar kuni paxta yetishtirishni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazgandi. Unda davlat rahbari Fyuchers shartnomalarini soliq organlarining elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Agroplatforma” axborot tizimiga integratsiya qilish vazifasini qo‘ygan. 
    Download 131.59 Kb.




    Download 131.59 Kb.