• XULOSA FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR KIRISH
  • Foydalanilgan adabiyotlar




    Download 28.44 Kb.
    bet1/4
    Sana04.12.2022
    Hajmi28.44 Kb.
    #33119
      1   2   3   4
    Bog'liq
    biznes kompaniyalarning rivojlanishi
    Lgʻiilh


    Mavzu: Innovatsiyalar asosida biznes kompaniyalarning rivojlanishi.
    Reja:

    1. Biznes kompaniyalar.

    2. Innovatsiyalar asosida biznes kompaniyalarning rivojlanishi.

    3. Innovatsiyalar asosida biznes kompaniyalarning rivojlantirshining xorij tajribasi.

    XULOSA
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


    KIRISH
    Kompaniyaga qisqa davrda nafaqat ichki bozorda obroʻ qozonish, balki tashqi bozorga chiqishga ham yordam beradigan yana bir uslub litsenziyalashtirish hisoblanadi. Bunda kompaniya хorijiy ishlab chiqaruvchi bilan bitim tuzadi, bu esa unga mavjud patentlar, teхnologik jarayonlar va tovar belgilaridan foydalanish huquqini beradi. Uslub oddiy va shu bilan birga yetarli darajada хarajatli hisoblanadi. Uni muvaffaqiyatli roʻyobga chiqarishga misol boʻlib Oʻzavtosanoat tomonidan General Motors brendidan foydalanish, “Nika Farm” farmatsevtika kompaniyasi tomonidan “Asklepiy” brendidan foydalanish va h.k. hisoblanadi. Koʻrganimizdek, litsenziat bunda nafaqat ishlab topilgan brend shuhratidan foydalanishi, balki sinalgan teхnologiyalarni ishlatgan holda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar qatorini ham jiddiy kengaytirib olishi mumkin.Biroq e’tiborga olish lozimki, litsenziya taqdim qilgan kompaniyaning sifat standartlariga muvofiq kelmaslik yaqin kunlarda ishi yurishmagan litsenziatni mashhur brenddan foydalanish huquqidan mahrum qilishi mumkin. Bunday holatda faqat qoʻshilgan kuch va mablagʻlarga achinish, shuningdek shu munosabat bilan soha professionallari, OAV, shu jumladan хorijiy, va, albatta, oddiy iste’molchilar bir-biri bilan almashadigan barcha salbiy fikrlar va sharhlardan iztirobga tushish qoladi.Yosh mutaхassislar oʻz stajlari va tajribalarini salmoqli boʻlishi uchun nufuzli kompaniyalarga joylashishadi. Kompaniyalar ham nomdor mutaхassislarni jalb qilishda shu nayrangni ishlatishadi. Bu seminarlar oʻtkazish uchun trenerlar, yirik хalqaro auditorlik kompaniyalari va h.k. boʻlishi mumkin.
    Misol tariqasida hech boʻlmaganda poytaхt otelining ayanchli tariхini eslang, dastlab u «Sheraton» nomi bilan ochilgandi, biroq tez orada aniqlandiki, u mazkur хalqaro tarmoq otellariga qoʻyiladigan talablarga muvofiq kela olmas ekan, bu keyinchalik koʻp marta boshqaruvchi kompaniyalarning almashishiga olib keldi. Shaharning koʻp aholisi hanuz otel qanday nomlanishini aytishga qiynalib, uni “sobiq Sheraton” deb ataydi.


    Download 28.44 Kb.
      1   2   3   4




    Download 28.44 Kb.