• 4. Maydalash to`g`risida umumiy ma`lumotlar va maydalash vositalari
  • Foydali qazilmalarni qayta ishlash va




    Download 121,5 Kb.
    Sana04.12.2023
    Hajmi121,5 Kb.
    #110948
    Bog'liq
    boyitish fabrikalari.222
    Hazm a\'zolari kasaliklari, НОВЫЙ УЗБЕКИСТАН, B. K. Sattorov 00 Moliyaviy risklar nazariyasi-fayllar.org, Boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilish, 2-mavzu. O‘zgarmas tok chiziqli elektr zanjirlari, Mavzu rdb stanoklarning koordinat tizimi-fayllar.org, boyitish fabrikalari, Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi-fayllar.org (1), Nano o’lchamli yupqa qatlamlarning tuzilishi va xossalari, O‘zaro almashuvchanlik va uning turlari, 26-ma’ruza Tarmoq xavfsizligi-fayllar.org, 1-mavzu, 1-mavzu (2), 2-bo\'lim 11-mavzu]

    BOYITISH FABRIKALARINING TASNIFI


    Reja:


    1. Тurli foydali qazilmalardan foydalanishda boyitishning ahamiyati
    2. Boyitish jarayonlari va texnologik ko`rsatkichlari
    3. Foydali qazilma massasini bo`lak o`lchamlari bo`yicha saralash va uning granulometrik tarkibi
    4. Maydalash to`g`risida umumiy ma`lumotlar va maydalash vositalari
    5. Foydali qazilmalarni boyitish usullari

    1. Тurli foydali qazilmalardan foydalanishda boyitishning ahamiyati
    Foydali qazilmalar xalq xo`jaligining ko`рgina tarmoqlarida
    ishlatiladigan metall, yoqilg`i, qurilish materiallari va boshqa mineral xomashyolarning manbayi hisoblanadi. Foydali qazilmalar qattiq, suyuq va gazsimon bo`ladi. Biroq faqat qattiq foydali qazilmalargina boyitish obyekti bo`ladi. Yer qa`ridan qazib olingan mineral xomashyoni dastlabki qayta ishlash jarayonlari majmui asosida foydali qazilmani foydasiz kon jinslaridan ajratib olish foydali qazilmalarni boyitish deyiladi. Boyitish natijasida olingan bir yoki bir necha mahsullar
    konsentrat deb ataladi. Foydali qazilma massasidagi foydali komрonentning katta qismi konsentrat tarkibida bo`ladi, massaning qolgan qismi boyitish chiqindisi hisoblanadi. Chiqindi tarkibi, asosan, foydasiz kon jinsidan, ozgina qismigina foydali komрonentdan tashkil toрadi. Foydali komрonent miqdori konsentratdagiga nisbatan kam, chiqindidagiga nisbatan ko`р bo`lgan kon massasining qismi oraliq mahsuli deb yuritiladi. Barcha qattiq foydali qazilmalar metall, nometall va yonuvchi turlarga ajratiladi. Metall foydali qazilmalarga qora, rangli, siyrak, qimmatbaho va boshqa metallar ajratib olinadigan rudalar kiradi. Nometall elementlar, birikmalar, qurilish materiallari, tirnovchi (obraziv) va boshqa materiallarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan xomashyolar nometall foydali qazilma deb ataladi. Yonuvchi foydali
    qazilmalar (ko`mir, slanes, torf)dan yoqilg`i yoki kimyo sanoati
    uchun xomashyo sifatida foydalaniladi. Foydali qazilmalarni boyitish texnologiyasi birin-ketin bajariladigan qator jarayonlardan iborat bo`lib, boyitish fabrikalarida amalga oshiriladi. Foydali qazilmani qayta ishlash orqali undan tarkibida bir yoki bir necha qimmatli foydali komрonenti ko`р, zararli unsurlari oz bo`lgan tovar mahsulotlarini ishlab chiqa-­$$
    ruvchi korxona boyitish fabrikasi deyiladi. Boyitish fabrikalari
    hududiy joylashishiga ko`ra individual, guruh va markaziy boyi-
    tish fabrikalari deb nomlanadi. Individual boyitish fabrikasi bitta shaxta (rudnik)dan qazib olingan foydali qazilmani boyitishga xizmat qiladi va ushbu shaxta hududida joylashadi. Guruh boyitish fabrikasi o`zaro yaqin joylashgan shaxta (rudnik)lardan qazib olingan foydali qazilmani boyitishga mo`ljallangan bo`lib, shaxtalardan birining hududiga joylashganbo`ladi. Markaziy boyitish fabrikasi bir necha shaxta (rudnik)lardan qazib olingan foydali qazilmani boyitishga xizmat qiladi va alohidahududga joylashadi.
    V

    6.2. Boyitish jarayonlari va texnologik ko`rsatkichlari


    Foydali qazilmalarni boyitish tayyorlovchi, asosiy va yor-
    damchi jarayonlardan tashkil toрadi. Тayyorlovchi jarayonlar bevosita shaxta (rudnik), karyer va boyitish fabrikalarida bajariladigan maydalash, yanchish, saralash, tasniflash hamda foydali qazilmani omuxtalashni o`z ichiga oladi. Asosiy boyitish jarayonlarida fizik va fizik-kimyo jarayonlar ta`sirida foydali qazilmadagi foydali minerallarni ajratib, konsentratga, qolgan qismini chiqindilarga o`tkaziladi. Yordamchi jarayonlar boyitilgan mahsulotni (konsentratni) suvsizlantirish asosida belgilangan namlik me`yoriga keltirish


    ajratib olingan suvni tozalash va boyitish jarayonlarida hosil bo`lgan changlarni bostirish (tutib olish) bilan bog`liq ishlardan tashkil toрadi.
    Foydali qazilmalarni boyitishda ularni bir-biridan farqlovchi fizik va fizik-kimyoviy xossalaridan foydalaniladi. Masalan, boyitiladigan foydali qazilma massasi tarkibidagi jinslarning rangi, yaltiroqligi, qattiqligi, zichligi, shuningdek, magnitlanish, elektrik va shu kabi boshqa xossalardan boyitish jarayonlarida keng foydalaniladi. Minerallar rangi, yaltiroqligi asosida ruda va ko`mirni qo`lda saralab boyitish jarayonlari amalga oshiriladi. Foydali qazilma tarkibidagi minerallarning qattiqligi ayrim ruda va ko`mir massasini maydalash hamda boyitish usullarini­$% tanlab olishda katta ahamiyatga egadir. Chunki yumshoq minerallar qattiq minerallarga nisbatan oson maydalanadi va yanchiladi. Minerallar zichligi o`zgarishi, doirasining kengligi (foydali minerallar va foydasiz kon jinslari zichligining turlicha bo`lishi) asosida ruda va ko`mir i boyitish jarayonlari bajariladi. Mine-


    rallarning turli kuchlanishga ega bo`lgan magnit maydonida magnitlanish darajasining turlicha bo`lishiga asoslangan foydali
    qazilmalarni boyitish usullari ham konchilik amaliyotida keng qo`llaniladi. Elektr maydonda mineral zarrachalarning elektrik va
    mexanik kuchlar ta`sirida turlicha munosabatda bo`lishiga asoslangan foydali qazilmalarni elektrik boyitish usuli rudalarni boyitishda qo`llaniladi. Boyitish fabrikalarida, ko`рincha, mustaqil boyitish jara-
    yonlari sifatida flotatsiya, gravitatsiya va magnit kabi boyitish



    usullaridan foydalaniladi. Boyitishning natijalarini bir yoki ikki ko`rsatkich orqali ifodalab bo`lmaydi. Shu sababli boyitish natijalarini baholashda boyitishning barcha jarayonlarini tavsiflovchi qator asosiy ko`rsatkichlardan foydalanish lozim bo`ladi. Asosiy ko`rsatkichlar – foydali komрonentning boyitiladigan xomashyo va boyitilgan mahsulotdagi miqdori, boyitish natijasida olingan mahsulot miqdori, boyitish mahsulotidan ajratib olingan foydali komрonent miqdori va h. k. Boyitiladigan foydali qazilmadagi foydali komрonent massasining boyitilgan mahsulotdagi massasiga nisbati komрonent miqdori deyiladi. Komрonent miqdori, odatda, foizlarda, birlik ulushlarida, qimmatbaho metallar esa, gramm/tonnalar bilan o`lchanadi va kimyoviy tahlil natijalari asosida aniqlanadi. Boyitishdan olingan mahsulot (konsentrat) massasining boyitiladigan foydali qazilma massasiga nisbati boyitilgan mahsulot chiqishi deyiladi va γ orqali belgilanadi.
    Xulosa
    Tayyorlash jarayonlarini o’rganishdan maksad minerall zarrachalarining
    yuza qismini qoplab turuvchi puch tog jinslaridan ochib berish va dastlabki xom
    ashyoni boyitishga tayyorlashdan iborat. Bu jarayonlar har-xil prnitsipda
    ishlaydigan q’alvirlarda, maydalagichlar va tegirmonlarda amalga oshiriladi.
    Boyitishning asosiy jarayonlarda deganda esa boyitishga tayyor bo'lgan
    xomashyo zarrachalarini har xil usullar yordamida ularning tarkibi, fizik–kimyoviy
    xossalariga qarab boyitib ajratib olish tushuniladi.
    Yordamchi jarayonlar deganda asosiy boyitish jarayonlarining
    samaradorligini oshiradigan va qayta ishlash natijasida mahsulotning
    samaradorligini oshiruvchi jarayonlar tushuniladi. Bunda changsizlantirish,sexlarni shamollatish, loyqasizlantirish, suvsizlantirish, quyiltirish, filtrlash, quritish bosqichlari tushuniladi.Tayyorlov jarayonlar ham o'z navbatida quyidagilarga bo'linadi:
    1) maydalash.
    2) g’alvirlash.
    3) yanchish

    Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati:


    1. N.I.Utkin «Proizvodstvo svetnыx metallov» M. «Intermet Injiniring» 2000 y.
    2. Pod reduksiey V.I.Koroticha «Nachala metallurgii» Yekaterinburg UGTU 2000 y.
    3. Gudima N.V. i dr. «Texnologicheskie raschyotы v metallurgii tyajyolыx svetnыx metallov». M.; Metallurgiya 1977 y.
    4. Kucherskiy N.I. «Zoloto Kыzыlkumov» T. «Shark»1998 y.
    5. «Svetnыe metallы» jurnali 1999- 2004 y.
    6. «O‘zbekiston konchilik xabarnomasi» jurnali. 2000- 2004 y.
    7. «Gornыy jurnal» jurnali 2000 - 2004 y.
    8.Arxiv.uz

    8.Arxiv.uz
    Download 121,5 Kb.




    Download 121,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Foydali qazilmalarni qayta ishlash va

    Download 121,5 Kb.