|
Jamg‘arma tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga
|
bet | 1/3 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 0,8 Mb. | | #136362 |
Bog'liq 1-mavzu
Umumiy ma'lumot
Tadbirkorlik faoliyatini qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasi tomonidan ko’rsatiladigan moliyaviy yordam turlari (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 09.06.2022-yildagi PF-150-son Farmoniga asosan):
Jamg‘arma tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlari loyihalariga:
– kompensatsiya va kafillik tijorat banklarining faqat milliy valyutadagi kredit (lizing)lari uchun beriladi.
📌 Kompensatsiya yordami bo‘yicha:
– tijorat banklarining milliy valyutadagi, 5 mlrd so‘mdan va foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kredit (lizing)lari bo‘yicha asosiy stavkadan oshgan, biroq uning 30%dan oshmagan qismini qoplash uchun 3 yil muddatgacha kompensatsiya taqdim etiladi;
– mazkur 3 yil «2+1» tamoyili asosida, ya’ni avval kredit (lizing)ning 2 yili uchun taqdim etiladi va loyiha biznes rejasida ko‘rsatilgan ko‘rsatkichlar to‘liq bajarilgan taqdirda qo‘shimcha 1 yilga uzaytiriladi.
📌 Kafillik yordami bo‘yicha:
– ajratiladigan kreditlarning 50%gacha, biroq umumiy qiymati 2,5 mlrd so‘mdan oshmagan miqdorda;
– mehnat resurslari ortiqcha hududlardagi kooperatsiya asosida kichik biznesni va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish uchun mahallalarga biriktirilgan yetakchi kichik tadbirkorlik subyektlariga, kasanachilikni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarga ajratiladigan kreditlarning 75 foizigacha, biroq umumiy qiymati 2,5 mlrd so‘mdan oshmagan miqdorda kafillik taqdim etiladi.
📌 Moliyaviy yordamlar faqat bitta loyihaga tadbiq etiladi. Tadbirkor kompensatsiya va/yoki kafillik shartnomasi amal qilgan kredit bo‘yicha qarzdorlikni to‘liq qaytarganda, moliyaviy yordam olish uchun Jamg‘armaga takroran murojaat qilishga haqli bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.12.2022-yildagi PF-287-son Farmoni 3-bandiga muvofiq 2023-yil 1-yanvardan boshlab Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi tomonidan:
|
| |