Gazi holatida atmosfera havosiga ko‘tariladi va havoda sovib havo tarkibidagi N




Download 17.74 Kb.
bet1/2
Sana06.04.2022
Hajmi17.74 Kb.
#19404
  1   2
Bog'liq
Atrof
Moliya bozorini tartibga solish boʻyicha jahon tajribasi, Boshnalg’ich sinflarda imioviy sezgirlikni o’stirish, 123131, 7. Parallel plastinalar orasida nuriy issiqlik almashinuvi (1), 1- амалий, IT va IYoD, Madaminov Lazizxon Oliy Matematika, 7jOR80B51dYnRK0yTPf039d5Vp8qoTNAB9F8y09j, payment 0250403117 2.6.2022 20 30

  • Atrof-muhitning kimyoviy element va moddalar bilan ifloslanish manbalarini asosan, metal ishlab chiqarish sanoat chiqindilari, turli yoqilg‘ilarning yonish mahsulotlari, avtomobil dudlari va chiqindi gazlar, qishloq xo‘jaligida ishlatiladigan ximikatlar va boshqalar tashkil etadi. Atrof-muhit va albatta inson uchun eng xavfli kimyoviy elementlarga simob, qo‘rg‘oshin, kadmiy, mish’yak, selen, ftor elementlari kirsa, ular ichida o‘ta xavflilari simob, qo‘rg‘oshin va kadmiy hisoblanadi.

  • O‘rtacha hisob kitoblarga ko‘ra, metallurgiya sanoati har yili o‘rta hisobda 35-40 tonna simob, 850-900 tonna kobalьt, 1500-2000 tonna Rux va 180-250 ming tonnagacha misni atrof muhitga chiqaradi.

  • Koks ishlab chiqarish sanoati atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy tarmoqlardan biri hisoblanib, koks shixtali o‘choq (pechь) otashxonasiga ortilayotganda va oluvchilarga tarqalayotganda bir tonna mahsulot hisobiga o‘rtacha,ssianidlar-0,0005, ammiak-0,072, vodorod sulьfid-0,58, chang-0,84, uglevodorodlar-0,20 kg miqdorda ajralib chiqadi.

  • Cho‘yan va po‘lat ishlab chiqarish jarayonida Marten o‘choqlarida hosil bo‘ladigan bir tonna mahsulotga 8-12 kg chang, 2,0-3,0 kg is gazi, 1-1,5 kg sulьfid angidridi, 2-4 kg azot oksidlari chiqindilari to‘g‘ri keladi.

  • Atrof-muhitni ifloslantiruvchi yana bir tarmoq issiqlik elektr stansiyalari bo‘lib, elektr quvvati ishlab chiqaradigan qozonlarda koks, gaz, mazut va toko‘mir yonadi. Toshko‘mir tarkibidagi oltingugurt miqdori 1-8% bo‘lib, yonganda undagi oltingugurtning 10-12% to‘lasicha yonmaydi, yongan 88-90% turli xil moddalar kimyoviy jarayonlarda havo bilan aralashib, SO2, SO3 gazi holatida atmosfera havosiga ko‘tariladi va havoda sovib havo tarkibidagi (N2O) suv bilan o‘zaro ta’sirlashib sulьfid va sulьfat kislotalarga aylanadi va kislotali yomg‘irlar shaklida erga tushib atrof-muhitni shu zayilda ifloslaydi. Bu moddalar

  • esa butun jonli tabiatni, jumladan insonni va o‘simliklar dunyosiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi tajovvuzkor omillardir. 1 kg toshko‘mir tarkibida 4% oltingugurt bo‘lsa, yoqilg‘i yonishi uchun 20 m3 havo zarur bo‘ladi, havo tarkibiga 40 gr oltingugurt singadi undan 36 grammi engil uchuvchan oltingugurt bo‘lib, 72 gramm sulьfat angidrid hosil qiladi. Bu degani har 1m3 atmosfera havosida 7,2 gramm sulьfid angidrid (SO2) mavjud demakdir. SHuningdek toshko‘mirning yonish jarayonida 30-35% kul havoga chiqadi. Aynan Angren, Ohangoron va SHirin shahridagi GRES lar borki bir kecha kunduzda bir necha ming tonnalab ko‘mir yoqadi. Masalan, AQSHdagi «elektrositede frans» issiqlik elektrostansiya kompaniyasi bir kecha kunduzda 1,7-2,0 ming, bir oyda 51-60 ming tonnagacha ko‘mir yoqadi, oqibatda undan har kuni 33 tonna sulьfat angidrid va 250 tonna kul havoga ko‘tariladi. Sanoat ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan ushbu sanoat korxonalari joylashgan shaharlar aholisi katta aziyat chekadi. Jumladan Nьyu-York shahrining har 1 km2 maydonida bir oyda o‘rtacha 20-25, Tokioda esa 50 tonnagacha qurum erga tushmoqda. Londonda (1952 yil) bir hafta davom etgan kimyoviy ifloslangan (zaharlangan) tuman oqibatida bir vaqtda 4 ming kishi o‘lgan bo‘lsa, bir necha ming kishiga etgan, yoki 1962 yil dekabrь oyida aynan yana shu London shahrida kimyoviy zaharlangan qurumdan 750 kishi nobud bo‘lgan.

  • Rangli va qora metallurgiya- atrof-muhitni ifloslantiruvchi asosiy sohalardan bir bo‘lib, yirik metallurgiya kombinatlari bir-kecha kunduzda o‘rtacha 400-650 tonnadan 3 ming tonnagacha turli xil kimyoviy element, modda va changlarni atmosferaga chiqaradi. Jumladan alyumin ishlab chiqarishdagi jarayonlarda xom-ashyoni kuydirish maydalash paytida asosan havoga gaz holatidagi ftorli gidrogen (HF) ftoridlar alyuminiy, is gazi, uglevodlar, sulьfat angidridi va boshqalar ajralib chiqadi. Masalan, 1 tonna alyumin olish uchun 35-48 kg ftor sarflanib shundan 60-65% vodorod ftorid atrof-muhitga tarqaladi. Ftor- elementi atrof-muhitga asosan alyuminiy zavodlardan chiqqan tutun va chiqindilar shuningdek, turli pestitsid hamda insektitsidlardan tarqaladi. Ftor metalloidlar ichida eng faol (aktiv) va eng oson boshqa elementlar bilan reaksiyaga kirishuvchi element bo‘lib, mikromiqdori tirik organizmlar hayoti uchun juda zarur bo‘lsada, hayot uchun juda zarur bo‘lsada, lekin uning makromiqdori hayot uchun juda xavfli. Ftorning yuqori konsentratsiyasi suyak va tirnoqlarni mo‘rt qilib, tishni to‘kib yuboradi, qon tomirlar faoliyatini keskin buzadi. Tuproq mikroflorasiga, umurtqassiz hayvonlar va o‘simliklarga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

  • Simob – tirik organizmlar uchun eng xavfli kimyoviy element bo‘lib, uning metil-simob birikmasi (SN3Hg) tabiatdagi anorganik birikmalarning anaerob sharoitida, organik moddlar bilan ta’sirlashishi natijasida hosil bo‘ladi. Metil-simob (SN3Hg) o‘ta xavfli zaharli modda bo‘lib, suv, tuproq, o‘simlik va boshqa oziqlanish zanjirlari orqali inson organizmiga tushadi va buyrak, jigar, hatto miyaga kuchli ta’sir etib, asab sistemasini ishdan chiqaradi yoki o‘limga sabab bo‘ladi.


  • Download 17.74 Kb.
  1   2




Download 17.74 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Gazi holatida atmosfera havosiga ko‘tariladi va havoda sovib havo tarkibidagi N

Download 17.74 Kb.