• 3 Akademik mobillik
  • 6 Oliy ta’lim muassasasi
  • 8 Kreditlarni ko‘chirish
  • 10 Talabaning shaxsiy ta’lim trayektoriyasi
  • Glossariy 1 gpa (Grade Point Average)




    Download 27.38 Kb.
    bet1/5
    Sana08.02.2024
    Hajmi27.38 Kb.
    #153490
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Glossary
    Dars-1 (2)

    Glossariy

    1 GPA (Grade Point Average) — ta’lim oluvchining dastur bo‘yicha o‘zlashtirgan ballari o‘rtacha qiymati.
    2 ECTS -- (European Credit Transfer and Accumulation System) — oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga Kredit to‘plash va ko‘chirishning Yevropa tizimi asosida ta’limning kredit-modul tizimini joriy etish tartibini belgilaydi.
    3 Akademik mobillik — oliy ta’lim muassasasi talabalarining muayyan vaqt mobaynida respublika hududidagi yoki chet eldagi boshqa bir oliy ta’lim muassasasiga o‘qish maqsadida borishi;
    4 Mobillik dasturi — ikki yoki undan ortiq oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida o‘zaro ta’lim to‘g‘risidagi kelishuv asosida tashkil etilgan akademik mobillik dasturi;
    5 Kredit — ta’lim olish natijalariga ko‘ra talaba tomonidan muayyan fan bo‘yicha o‘zlashtirilgan o‘quv yuklamasining o‘lchov birligi. Kreditlar qoidaga muvofiq butun, kasr sonlarda ifodalanishi mumkin;
    6 Oliy ta’lim muassasasi — belgilangan miqdordagi kreditlarni tan olishni hisobga olgan holda ta’lim va malaka to‘g‘risidagi hujjat beruvchi muassasa;
    7 Kreditlarni berish — malaka yoki uning alohida qismlariga qo‘yilgan talablarga muvofiq erishilgan ta’lim olish natijalariga ko‘ra talaba yoki boshqa ta’lim oluvchilarga kreditlarni rasmiy taqdim etish jarayoni;
    8 Kreditlarni ko‘chirish — talabalarning akademik mobilligini ta’minlash maqsadida bir oliy ta’lim muassasasi ta’lim dasturi bo‘yicha olingan kreditlarni boshqa oliy ta’lim muassasasiga ko‘chirish va tan olish;
    9 Kredit to‘plash — ta’lim elementlarini o‘zlashtirish va boshqa yutuqlarga erishish natijasida taqdim etiladigan kredit birliklarini to‘plash;
    10 Talabaning shaxsiy ta’lim trayektoriyasi — talaba tomonidan tanlangan hamda unga ketma-ketlikda bilimlar to‘plash va xohlagan kompetensiyalar yig‘indisiga ega bo‘lish imkoniyatini beradigan yo‘nalish (marshrut).
    11 Ta’lim dasturi — bakalavriat ta’lim yo‘nalishi yoki magistratura mutaxassisligi bo‘yicha zarur bo‘lgan axborot-resurs va o‘quv-metodik ko‘rsatmalar majmui;

    Download 27.38 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 27.38 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Glossariy 1 gpa (Grade Point Average)

    Download 27.38 Kb.