• 1. “Sanoat iqtisodiyot”fanining ob’ekti. Sanoatning ta’rifi va tavsifi
  • Guruh Atavullayev Qambarning Sanoat iqtisodiyoti fanidan Perezintatsiya




    Download 372.04 Kb.
    bet1/4
    Sana26.02.2024
    Hajmi372.04 Kb.
    #162830
      1   2   3   4
    Bog'liq
    20-10-guruh Atavullayev Qambar
    Xizmatlar, 35118-Oltin pul sifatida-fayllar.org

    20-10-guruh Atavullayev Qambarning Sanoat iqtisodiyoti fanidan Perezintatsiya

    "Sanoat iqtisodiyoti" fanining o'rganish metodologiyasi va usullari Reja: 1. “Sanoat iqtisodiyot”fanining ob’ekti. Sanoatning ta’rifi va tavsifi 2. “Sanoat iqtisodiyot”fanning predmeti va boshqa fanlar bilan bog’liqligi

    1. “Sanoat iqtisodiyot”fanining ob’ekti. Sanoatning ta’rifi va tavsifi Har qanday fan o’zining o’rganish ob’ektiga ega bo’ladi. Shunday ob’ektning bo’lishi u yoki bu fanning dunyoga kelishi, shakllanishi va rivojlanishining muxim shartidir. “Industrial iqtisodiyot”fani ham o’z ob’ektiga ega. Uning ob’ekti umuman sanoat, xususan, O’zbekiston sanoati hisoblanadi. SHu bois eng avvalo, ushbu fanning ob’ekti hisoblangan sanoat haqidagi ta’limot bilan tanishish zururiyati tug’iladi. Sanoat ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir. Demak, sanoat ob’ektiv reallik (borliq)ning intiqosi va yuksak umumlashmasidir. Uning alohida tarmoq, ya’ni ijtimoiy ishlab chiqarishning alohida sohasi bo’lib yuzaga kelishi ishlab chiqarish kuchlari va ijtimoiy mehnat taqsimotining rivoji bilan tarixiy jihatdan bog’liqdir. Sanoat ham ob’ektiv borliqning muhim hodisalari qatorida ma’lum davr (vaqt va fazo)da dunyoga kelgan, muayyan qonun va qoidalar asosida rivojlangan, ma’lum mikdor va sifatlarga, zarurat va imkoniyatlarga ega bo’lgan hamda ziddiyatlar qurboni ham bo’lgan.

    O’zbekiston sanoati ham o’z taraqqiyoti jarayonida qator bosqichlarni bosib o’tgan. Eng avvalo, uy sanoati ("Ona qornidagi sanoat"), so’ngra, hunarmandchilik, ya’ni xonaki sanoat, kooperatsiya, manufaktura, fabrika kabi shakllari yuzaga kalgan. Bu yerda: hunarmandchilikning juda ko’p turlari, ya’ni kulolchilik, duradgorchilik, toshtaroshlik, binokorlik, o’ymakorlik, kashtado’zlik, ko’nchilik, tuquvchilik va tikuvchilik, temirchilik, misgarlik va zargarlik, degrezlik, rixtagarlik, zardo’zlik, bo’yoqchilik, tunukasozlik va boshqalar keng tarqalgan.Xunarmandchilik ("xonaki sanoat") bronza asrida dehqonchilikdan ajralib chiqqan. Milodning dastlabki asrlarida hozirgi O’zbekiston hududida anchagina xunarmandchilik markazlari tashkil topgan. IX—X asrlarda ip, mato, gilam bo’yicha Xiva va SHosh, mis va temirdan aslaha, pichoq tayyorlash bo’yicha Farg’ona, shoyi matolar, shisha mahsulotlar tayyorlash bo’yicha Buxoro dunyoga tanilgan. XII—XIII asrlarda rivojlanish pasayib, Temuriylar davlatining vujudga kelishi bilan xunarmandchilik yana rivoj topgan. Buxoro, Samarqand, Xiva, Toshkent, SHaxrisabz kabi shaharlarning ishlab chiqarish munosabatlarida hunarmandchilik alohida ahamiyat kasb etgan.


    Download 372.04 Kb.
      1   2   3   4




    Download 372.04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Guruh Atavullayev Qambarning Sanoat iqtisodiyoti fanidan Perezintatsiya

    Download 372.04 Kb.