|
Guruh talabasi Bajardi: Qodirov Saidali Topshiriq 4 Nutqni o‘rganish metodlari.
|
bet | 1/2 | Sana | 26.05.2024 | Hajmi | 45,62 Kb. | | #254460 |
Bog'liq 4- topshiriq Qodirov Saidali
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
4-Topshiriq
415-20-guruh talabasi
Bajardi: Qodirov Saidali
Topshiriq 4
1.Nutqni o‘rganish metodlari. (Faol so‘zlashuvni aniqlash metodikasi)
2.Intellektni psixometrik tekshirish. (Aqlni o‘lchashning Veksler shkalasi, Ayzenk testi)
3.Shaxs xususiyatlarini o‘rganish metodikalari. (R.Kettel, Ayzenk testlari)
Uzluksiz ta‟limning dastlabki bo„g„inini maktabgacha ta‟lim tashkil etadi va
bu bosqich keyingi ta‟lim turlariga bola ongiga dastlabki bilimlarni beruvchi “fundament” vazifasini bajaradi. “Ko’p yillik ilmiy kuzatish va tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, inson o„z umri davomida oladigan barcha informatsiyaning 70 foizini
5 yoshgacha bo„lgan davrida olar ekan” kabi fikrlar ham shundan dalolat berib
turibdi. Bola ruhiy kamolotining ko’p jihatlari nutq bilan bog„liq ravishda
rivojlanadi. Chunki, bola muloqotga kirishishi ya‟ni tengdoshlari va kattalar bilan
bo„ladigan muloqotlari jarayonida juda ko„plab ma‟lumotlarga ega bo’ladi va
o„zining ruhiyatini keyingi rivojlanish bosqichiga ko„tarib boradi. Shuning uchun,
bola hayotining dastlabki birinchi oyidan tarbiya faqat uni parvarish qilish bilan chegaralanmasligi kerak. Bolaning ilk yosh davridan eshitish qobiliyatini tarbiyalash, shuningdek, bolaning emotsional sohasi – jilmayish, kulish, va ovoz
tonini uyg„otish lozim. Bularning hammasi birgalikda nutqini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Asosan, bolalarning nutqiy rivojlanishi uning kattalar bilan individual muloqotida shakllanadi. Bola muloqotga nafaqat emotsional kirishadi, balki so„zlovchining yuzini ham ko„rib turishi kerak. Bog’cha yoshidagi bolalar eng avvalo ko„rgazmali ifodalangan yoki ularni faoliyatlarga jalb etadigan predmetlar, hodisalar,sifatlar, xususiyatlar, munosabatlarning nomlanishini o„zlashtiradi. Buni bola tafakkurining ko„rgazmaliharakat va ko„rgazmali-obrazli xarakterda ekanligi bilan tushimtirish mumkin. Shu tufayli ham, bog„cha yoshidagi bolalar lug„atida abstrakt (mavhum) tushunchalar deyarli uchramaydi. Bolalar nutqidagi bu hususiyatni ham mashg„ulotlar jarayonida hisobga olish zarur. Bolalarning nutqlari kattalarning nutqlaridan keskin farq qilinadi: Masalan: “r” o’rniga “l” yoki “y”, “sh” o„rniga “s” tovushlarini ishlatishlari kuzatiladi. Nutqi to„liq rivojlanmagan maktabgacha yoshdagi bolalar uchun pedagogik mahorat alohida ahamiyatga ega. Maktabgacha ta‟lim yoshdagi bolalarda dastlabki ma’naviy–ahloqiy tushunchalarni shakllantirish bolaning dastlabki rivojlanish bosqichlaridayoq amalga oshirilishi lozim bo„lgan pedagogic talablardan biri bo„lsa, ma‟naviysifatlar: mehribonlik, to„g„rilik, vatanparvarlik, insonparvarlik, intiluvchanlik, tashabbuskorlik, milliy qadriyatlarga hurmat, milliy gurur kabi va ahloq–odobga oid sifatlar: ota–onaga hurmat, salomlashish odobi, kiyinish va ovqatlanish odobi, mehnatsevarlik, uyda va jamoat joylarda o„zini tutish kabi fazilatlarni tarbiyalash jarayoni ham bolalarda nutq zahirasining yetarlicha rivojlanishini talab etadi. Maktabgacha ta‟lim mazmunini tashkil etishda bolalar nutqini rivojlantiruvchi noan‟anaviy usullardan foydalanish; ularda mashg’ulotlarga qiziqishni yanada orttirish uchun har- xil integrasiyalashgan xususiyatga ega bo„lgan ko„rgazmalardan foydalanish; maktabgacha yoshdagi bolalarga mashg„ulotlarni tashkil etishda doimo bolalarning tafakkur xususiyatini( ko’rgazmali-obrazli, ko’rgazmali-harakatli, emotsonal) hisobga olish;
Ta’lim jarayoni bola yoshiga mos bo„lishi yoki imkoniyatlarini hisobga olgan holda metodlarni tanlash bilan bog„liq bo„lishi; bolalarga yondashuvda logoped, difektolog,psixolog tarbiyachi, ota– onalar o’zaro hamkorlikda ish olib borishlari
maqsadga muvofiqdir.
Go’dak ijtimoiy hayotga kirib kelishi bilan uning nutqi ham ijtimoiylashib
boradi. Chunki bola tug„ilganidan boshlab muayyan ijtimoiy muhit ta'sirida tarbiya
topadi. Turli muloqot vaziyatlarida etakchi o’rinni bola tomonidan kattalar- ning
aqliy xususiyat va qiziqishlariga bo„lgan taqlidiy xatti- harakatlar tashkil etadi.
Bunda so„z nutqiy muloqotning asosiy vositasi sifatida xizmat qiladi. Bolaning
ijtimoiy muhitni bilishga bo„lgan qiziqishlarini qondirish uning atrof-muhit bilan
yanada kengroq tanishishiga imkon beradi. Tevarak-atrof bilan tanishuv jarayonida
bola undagi narsa-buyum nomlari va harakat-holatni ifodalovchi so„zlarni
o„zlashtirib boradi. Bola tomonidan nutqiy funksiyalarning ozlashtirilishi jarayoni
uning maktabgacha yosh davrida uch bosqichda amalga oshadi. Birinchi bosqich
(tug„ilganidan boshlab 9 oylik davrigacha)da go„dak atrofidagi kattalarning nutqini
tushunmaydi va o„zi ham so„zlay olmaydi. Biroq bu bosqichda kelajakda
shakllanadigan nutqni ozlashtirishga zamin hozirlanadi. Tadqiqotlarda mazkur
davr noverbal bosqich deb ataladi. Ikkinchi bosqich (9 oydan 3 yoshgacha) -
nutqning shakllanish bosqichi sanaladi. Bu davrda bola kattalar tomonidan
qo„llanadigan oddiy, sodda shakldagi nutqiy qurilmzlarni tushunishga harakat
qiladi, o„zi ham dastlabki sozlarni talaffuz qila boshlaydi. Uchinchi bosqich 3
yoshdan 7 yoshgacha bo’lgan davrni oz ichiga oladi. Bu bosqichda bola kundalik
hayotda faol qollanadigan nutq birliklarini to’liq o’zlashtiradi va ulardan
atrofidagilar bilan muloqot jarayonida keng foydalanadi. Bu bosqich nutqiy
muloqotning rivojlanish bosqichi hisoblanadi1.
Bola tevarak-atrofda kuzatilgan narsa-buyum hamda voqea-hodisalar haqidagi
ma'lumotlarni o’yin orqali o’zlashtirib, har xil harakatlarni bajaradi, ko„rganbilganlarini o„zicha talqin qilishi natijasida ifodalanayotgan hodisalarning
mazmun-mohiyatini yaxshiroq tushunib olishga intiladi. V.V. Dementev bu
boradagi tadqiqotida maktabgacha yoshdagi bolalar o„yinlarini quyidagi tiplarga
ajratadi:
1. Kommunikativ o‘yinlar. Bu tipdagi o„yinlar tilga bog„liq yoki bog’liq
emasligiga ko„ra o„zaro farqlanadi. Ular o„rtasidagi tafovut shundan iboratki, til
bilan bog’liq kommunikativ o’yin bolaga ijodiy qobiliyatini erkin holda namoyon
etish imkonini beradi. Tilga bog„liq bo„lmagan o„yin esa uning faoliyatini
muayyan qoidalar bilan cheklab qo„yadi. Bir necha qoidalarni o’z ichiga oluvchi
kommunikativ o„yinlar musobaqa tarzida o„tkaziladi. Odatda, muayyan qoidalar
asosida amalga oshiriladigan o„yin jarayoni tartibli kechadi.
Ba;zan bolalarning tilga bog„liq bo„lmagan kommunikativ o„yin faoliyatida
ham spetsifik xususiyatlar yuzaga chiqadi. Ular bolaning o„yinga nom berishi
jarayonida yaqqol aks etadi: Alisher Farmonov: (4 yoshu 10 oy) o’rtogiga: Drshdrsh o‘yniymizmi? - deb murojaat qiladi. Boladan «Drsh-drsh» qanday o„yin
ekanligi so’ralganda, u mazkur faoliyat turining boshni boshga urish orqali amalga
oshirilishini harakat yordamida tushuntirmoqchi bo„ladi.
Bola kattalarning turmush tarzi, his-tuyg„ulari, o„zaro muomala va muloqotga
kirishish xususiyatlari, o’ziga va o’zgalarga, atrof-muhitga munosabatini yaqqol
voqelik sifatida aks etgirish maqsadida turli xil o„yinchoqlar va ularning vazifasini
o„tovchi narsa-buyumlardan keng foydalanadi. U mustaqil ravishda
o„ynayotganda nutqiy faoliyat orqali muloqotga kirishish xususiyatini yuzaga
chiqaradi. Muxlisa Mullajonova (3 yoshu 9 oy) o„yin chog„ida doimo onasi
tomonidan o„ziga nisbatan aytilgan so’zlar bilan o„yinchoq quyonchasiga,
qo„g„irchoqlariga murojaat qiladi. Hilolaxon Erkinova (5 yoshu 8 oy) esa qish
faslida bog„chaga ketishdan oldin uyda yasatilgan archaning oldiga borib, Xayr,
archa - deb u bilan xayrlashadi. Sarvarbek Umarov (3 yoshu 10 oy) nutqida ham
yuqoridagi kabi misollarni ko„plab kuzatish mumkin. U uxlashdan oldin «Mikki
Maus» o„yinchog„iga: Xayr, yaxshi uxab tuy - deb xayrli tun tilaydi.
Albatta, bunday holatlarda bola jismlarga ijtimoiy mazmun ifoda etuvchi
voqelik sifatida yondashadi. Ushbu fikrga dalil sifatida Hayrulla Hamdamov (3
yoshu 10 oy) nutqida uchragan quyidagi misolni keltiramiz. U o„yin jarayonida
velosiped minib yurib, oyog„i bir oz toliqib qolganidan so„ng shunday deydi:
|
| |