• Abdullayev Muhammadbek 6-Amaliyot mashg‘uloti Mavzu
  • Gurux F. I. O ball




    Download 0.9 Mb.
    bet1/5
    Sana07.11.2022
    Hajmi0.9 Mb.
    #29268
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    6 -amaliyot OAT
    ИК спектроскопия, sirtqiga test, Global iqtisodiy rivojlanish

    Gurux

    F.I.O

    Ball

    631-19

    Abdullayev Muhammadbek






    6-Amaliyot mashg‘uloti


    Mavzu: Lazer diod nurlanishining impulsli modulyatsiya jarayonini tadqiq etish


    Ishdan maqsad: Lazer diod nurlanishining impulsli modulyatsiya jarayonini tadqiq etish orqali LD larda amalga oshiriluvchi modulyatsiya jarayonlarini o‘rganish.
    1.Nazariy qism

    Optik tolali aloqa tizimlarida axborotlar oqimini optik tola bo‘ylab uzatish optik eltuvchi - yorug‘lik to‘lqinini axborot signaliga mos ravshda o‘zgartirishni talab etadi. Yorug‘lik nurlanishning bir yoki bir necha parametrlarini elektr (tok yoki kuchlanish), tovush, mexanik yoki optik signal ta’sirida vaqt yoki fazo bo‘yicha berilgan qonuniyatga ko‘ra o‘zgartirishdan iborat mazkur jarayonni optik nurlanishni modulyatsiyalash jarayoni deb ataladi.


    Optik tolali aloqa tizimlarida lazer diodlarningoptik nurlanishlarini modulyatsiyalashning imrulsli usuli raqamli usul xisoblanadi
    Quyidagi 6.1- rasmda impulsli modulyatsiya jarayoni tasvirlangan:

    6.1-rasm. Optik signallarni intensivlik bo‘yicha impulsli modulyatsiyalash.

    Yorug‘lik intensivligini raqamli signal ta’sirida modulyatsiya-langanida injeksiya tokining sakrab ortishi va nurlanishning boshlanishi orasida kechikish vujudga keladi. 4.2-rasmda lazer diodi tokining sakrab ortishi va sakrab kamayishi bilan bog‘liq uzilish va ulanish jarayonlari aks ettirilgan. Tok sakrab ortganida avval U kuchlanish ortadi, keyin esa tk kechikish va τort ortish vaqtlari bilan nurlanish boshlanadi. Tok uzilganda nurlanish intensivligi taxminan vaqt doimiysi τ ga teng bo‘lgan eksponensial qonun bo‘yicha kamayadi. Kuchlanish esa, yanada sekinroq sur’at bilan kamayadi.


    Raqamli modulyatsiyalash chog‘ida kechikish vaqtini kamaytirish uchun lazer diodiga bo‘sag‘a tokiga mos kelgan kuchlanishdan kattaroq kuchlanish qo‘yish kerak. Bu xolda kechikish vaqti faqat o‘sish va kamayish vaqtlari bilan aniqlanadi. Bu vaqtlar impuls davomiyligini eng kamida 2τ qadar kengaytiradi. Shunday qilib, kechikish vaqti τ ning qiymati lazer diodining chastotaviy xossalarini belgilaydi.

    6.2-rasm. Lazer diodi nurlanishini intensivlik bo‘yicha modulyatsiyalash
    jarayonining vaqt diagrammalari.



    Download 0.9 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 0.9 Mb.