• Tеxnogеn tusdagi favqulodda vaziyatlarga 7 xil turdagi vaziyat kiradi
  • Toshkent viloyatining
  • GIDROTEXNIKA INSHOOTLARINI MUHOFAZA QILISH CHORALARI.
  • Aholini va hududlarni muhofaza qilish choralari
  • 4-MAVZU: FAVFQULOTDA VAZIYATLARDA KIMYOVIY VA RADIATIV XAVFLI OBYEKDAGI AVARIYALAR VA HALOKATLAR. Rеja
  • MAVZU: AHOLINI VA HUDUDLARNI TEXNOGEN XUSUSIYATLI FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISH




    Download 468.19 Kb.
    bet4/10
    Sana24.03.2017
    Hajmi468.19 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

    3. MAVZU: AHOLINI VA HUDUDLARNI TEXNOGEN XUSUSIYATLI FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISH.
    Reja:
    1. Gidrotexnik obyektlardagi avariyalar va halokatlar.

    2. Gidrotexnika inshootdagi favqulotda vaziyatlar muayyan hududdagi avariyaga olib kelishi mumkin bo’lgan halokatlar.

    3. Transport avariyalari va kimyoviy xavfli ob`ektlardagi favqulodda holatlar haqida ma’lumot.

    4. Gidrotexnika inshoatlarining turlari va ularning buzulishi natijasida kelib chiqadigan favqulodda holatlar.


    Tеxnogеn tusdagi favqulodda vaziyatlarga 7 xil turdagi vaziyat kiradi:

    1.Transportlardagi avariya va halokatlar ( kеma, samolyot, tеmir yo`l, vokzal,)

    2.Kimyoviy xavfli ob'еktlardagi avariyalar;

    3.Yong`in-portlash xavfi mavjud bo`lgan ob'еktlardagi avariyalr;

    4.Enеrgеtika va komunal tizimdagi avariyalar; (GES, GRES)

    5.Bino va inshoatlarning birdan qulab tushushi bilan bog`liq avariyalar;

    6.Radioaktiv va boshqa xavfli hamda ekologik jihatdan zararli moddalardan foydalanish yoki ularni saqlash bilan bog`liq avariyalar;

    7.Gidrotеxnik inshoatlardagi halokatlar va avariyalar; (suv omborlari, kanallar)

    Gidrotexnika inshooatidagi favqulodda vaziyat muayyan hududdagi avariyaga olib kelishi mumkin bo`lgan, shuningdek, gidrotexnika inshootining avariyasi natijasida vujudga kelgan bo`lib, odamlar qurbon bo`lishiga, odamlar sog`lig`iga yoki atrof tibbiy muhitga zarar yetkazilishiga olib kelgan vaziyatdir.

    Suv omborlaridagi, daryolardagi, kanallardagi gidrotexnika inshootining (GTI) buzulishi, baland tog` ko`llarning suv urib ketishi natijasida suv bosishi, falokatlar va halokatlarga olib keladi hamda odamlar qurbon bo`lishiga, sanoat va qishloq xo`jaligi va ob’ektlarining ishini izdan chiqarishga, suv bosgan joylardagi aholining hayot faoliyati buzulishiga sabab bo`ladi va shoshilinch evakuatsiya tadbirlari o`tkazishni talab qiladi.

    Respublikamizda gidrodinamik xavfli ob’ektlar (GXO) juda ko`p bo`lib, aholi va hududlarda xatar manbai hisoblaniladi va muayyan sharoitda favqulodda vaziyat o’chog`iga aylanib ketishi mumkin.

    GXO bu suv oqimi bo`ylab o`zidan oldingi va o`zidan keyingi suv sathlarida farq paydo qilib beradigan inshoot va tabiiy hosiladir. Aksariyat gidrotexnika inshootlari (sun’iy to`g`onlar) va tibiiy to`g`onlar shular qatoriga kiradi.

    To`g`onlar sun’iy va tabiiy bo`lishi mumkin. Sun’iy to`g`onlarni odamlar o`z ehtiyojlari uchun barpo etadilar. Bular GES lar, suv tortgichlar, irrigatsiya tizimlari va boshqa ob’ektlarning to`g`onlari. Tabiiy to`g`onlar tabiat hodisalari (ko`chkilar, sellar, qor kuchkilari, o`pirilishlar, zilzilalar va.b) ning ta’sirida hosil bo`ladi. Masalan: qattiq qoya jinslarining 1911- yildagi zilzila sodir etgan o’pirilishi natijasida Tojikistondagi Murg`ob daryosi va Sarez qishlog`i o`rnida Sarez ko`li paydo bo`lgan.

    Gidrotexnika inshootlarining turlari:

    1. Qayerdaligiga qarb:

    - yer usti (daryo, ko`l kanal va h.k) inshootlari;

    - yer osti (o`tkazgich quvurlar, tunellar va h.k) inshootlari.

    2. Foydalanish xarakteri va maqsadiga qarab:

    - suv-energetika inshootlari;

    -suv ta’minoti inshootlari;

    -sug`orish inshootlari;

    - Oqova, chiqindi suvlar chiqarish inshootlari;

    3.”Favqulodda vaziyatlarda fuqaro muhifazasi” Toshkent 2005 yil
    -suv –transport inshootlari;

    - baliq xo`jaligi inshootlari;

    - sport inshootlari;

    - bezak inshootlari va h.k

    3. Funksional vazifasiga qarab:

    -GES va boshqa GTI ning suv bo`g`ish inshootlari(to`g`onlar, ko`tarmalar);

    - suv oqish (suv o`tkazgich ) inshootlari: kanallar, tunellar, quvur o`tkazgichlar;

    - tartiblash (to`g`rilash) inshootlari suv oqib ketishi sharoitini hamma daryolar o`zani va qirg`oqlarini muhofaza qilish sharoitini yaxshilash uchun ko`tarmalar, g`ovlar, qirg`oq mahkamlagichlar va h.k;

    - baliq xo`jaliklari inshootlari baliq o`tkazish va baliq boqish uchun.

    -Har bir GTI da gidrotexnik qulf, vintel, g`ov, surma to`siq va shu singari maxsus uskuna-jihozlar va turli qurulmalar bo`ladi.

    -Bir qancha vazifalarni bajarishga mo’ljallanib, bir butun qilib birlashtirilgan GTI majmui gidrouzellar deb ataladi.

    -Gidrotexnika inshootlaridagi falokatlarning sabablari va turlari:


    GTI ga quyidagi yemiruvchi kuchlar doimo ta’sir ko`rsatib turadi: suv oqimi, tebranishlar zirillashlar, balchiq cho’kindilar, o`zgaruvchan harorat, statistik va dinamik kuchlar, metal zanglashi, betonning suyuqlikka qorishib yuvilishi, yerning uvilib ketishi va h.k.

    Markaziy Osiyo hududida ma’lumotlarga ko`ra, qo`yidagi GTI ishlab turibdi: Qayroqum, Chordara, To`xtagul, Andijon, Karkidon, Tolimarjon, Nurek, Ragun va boshqalar.O`zbekiston Respublikasida hozirgi paytda 18,9 mlrd. 700 mln m3 suv sig`dira oladigan 53 suv ombori, daryo suvlarini viloyat va tumanlarga taqsimlab beruvchi 150 dan ortiq suv to`g`onlari, 28122 km uzunlikdagi magistral kanallar va boshqa zarur suv inshootlari mavjud. Harbiy holat sharoitida yoki favqulodda vaziyat jarayonida ular ma’lum xavf to`gdiradilar. Masalan: Chorvoq suv omborida favqulodda vaziyat sodir bo`lib inshoot buzilsa, Toshkent viloyatining 25 km2 maydoni suv ostida qolishi mumkin, natijada, shu hududida joylashgan sanoat korxonalari moddiy zarar ko`radi.

    Toshkent viloyati - OʻzR tarkibidagi viloyat. Respublikaning shim.sharqida. 1938 y. 15 yanvda tashkil kilingan. Shim. va shim.gʻarbdan Qozogʻiston Respublikasi, shim.sharkdan Qirgʻiziston Respublikasi, sharqdan Namangan viloyati, jan.

    Gidrotexnika inshootlarining ayrimlari katta shaharlar va yirik aholi yashash joylari yaqinida bo`lib, yuqori darajadagi xavfli ob’ektlardir. Bularning buzulishi juda katta hududlar, jumladan, shaharlar va aholi yashash joylarini suv ostida qolishiga olib kelishi mumkin, natijada shoshilinch evakuasiya tadbirlarini o`tkazilishini talab etadi, shuningdek, o’sha joylar iqtisodiga juda katta zarar yetkazishiga sabab bo`ladi.

    Gidrotexnika inshootlari quyidagilar natijasida buzulishi mumkin:

    1. Xavfli tabiat hodisalari tabiiy ofatlar (zilzila, ko’chki, yuvib ketish, jala va.h.k).

    2. Uskunalarning tabiiy yeyilishi va eskirishi.

    3. loyihalash va qurishdagi xatolar.

    4. Foydalanish qoidalarining buzilishi.

    5. Portlatishlar (jangovor harakatlar, terroristik ishlar va h.k)

    Shikastlanuvchi omillar va ko`rsatmalar:

    1. To`g`onni urib ketgan to`lqinning balandligi 2-20 m , tezligi 3-100 km\soat.

    2. To`g`onning urib ketgan to`lqin cho’qqisi va old tomonining yetib kelish vaqti (to`lqin tezligiga va joyining qancha oraliqda ekanligiga qarab).

    3. Suv bosish hududining chegaralari (yer yuzi relifining qandayligiga qarab).

    4. Suv bosishining maksimal va amaldagi chuqurligi (relefning qandayligiga, to`g`onning urub ketgan to`lqinning balandligiga qandyligiga qarab).

    5. Suv bosish qancha davom etishi (bir necha soatdan bir kecha-kunduzgacha).

    Halokatli suv bosishning shikastlovchi omillar va parometrlari suv omborining o’lchamlariga, to`g`onning balandligiga, urib ketgan to`lqinning tezligi va balandligiga,yer yuzasi qandayligiga va boshqa sharoitlarga bog`liq bo`ladi.

    Suv bosish joyi hududining GTI ga tutash va suv tagida qolish mumkin bo`lgan qismi.

    Gidrotexnika inshootidagi falokat oqibatlari:

    1. GTI shikastlanishi buzulishi hamda ozroq yoki uzoq vaqt o`z vazifasini bajarmay qo`lishi.

    2. urib ketgan to`lqin odamlarga shikast yetkazishi va turli ob’ektlarni, inshootlarni buzib yuborishi.

    3. Hududni suv bosib, mol-mulkka, yer, hosil, ekin, inshoot, imorat va boshqa infrastrukturalarga moddiy zarar yetkazishi.

    Sodir bo`lishi mumkin bo`lgan falokatlarning xarakteri va ko`lami quyidagi omillarg bog`liq:


    -GTI ko`rsatgichlari (suvning hajmi, to`g`onning balandligi, qurilmasi, chidamliligi va h.k);

    -buzulish xarakteri va ko`lami;

    -urib ketgan to`lqinning tavsifi;

    -yer yuzasi relefi, o`simliklar, qurilishlar va h.k;

    -yil fasli, kecha-kuduz vaqti, ob-havo sharoiti va h.k;

    -muhofaza inshootlari (aylanma kanallar, tashlamalar, ko`tarmalar va h.k) mavjudligi;

    - rahbar, vakil tarkibining, boshqaruv organlarining, ko’chva vositalarning faoliyatga tayyorlanganlik darajasi;

    -xabar berish cheklangan tizimning mavjudligi, ishlay olishi va samaradorligi;

    -favqulodda vaziyat chegarasida vaqt davomida avariya-qutqruv va boshqa shoshilinch ishlarning mohirona boshqarilishi uyushqoqligi va samaradorligi;

    -FV bo`lishi ehtimoliga ishlab chiqarish ob’ektlarining va aholining tayyorgarlik ko`rganligi.

    Oldindan taxminlashga birlamchi shikast omillari va ularning oqibatlaridan tashqari, quyidagi ikkilamchi omillar ham hisobga olinadi:

    -suv va yer yuzasining turli zararli moddalar bilan ifloslanganligi;

    -odamlar va hayvonlarning ommaviy kasallanganligi;

    -transport va energomagistral tuzimlardagi avariyalar;

    -ko`chkilar, o’pirilishlar va h.k;

    -imorat va inshootlarning chidamliligining yo`qolganligi;

    -atrof-muhitdagi ekologik buzilishlar;

    Halokat sodir bo`lgan ob’ekt va joyidagi aniq sharoitga bo`g`liq boshqa sal’biy oqibatlar.

    Oldindan taxminlashda, shuningdek, ko`lamiga qarab ko`rilishi mumkin bol`gan quyidagi zararlar ham hisobga olinadi.


    • aholi orasidagi talofatga (halok bo`lganlar, bedarak yo`qolganlar, shikastlanganlar, boshpanasiz qolganlar qanchaligini hisoblab baho beriladi;

    • moddiy zararga (buzulgan, shikastlangan, ishdan chiqqan ob’ekt va inshootlar) qanchaligini hisoblab, shuningdek, pul bilan ifodalab baho beriladi, bundan tashqari, bevosita va bilvosita zararlar (ishlab chiqarishga aynan shu halokat yetkazgan ziyon va shikastlanganlarni ta’minlash harajatlari hisoblab chiqiladi.

    Bevosita zararlar:

    • GTI, imoratlar, avtomobillar va temir yo`llar, elector uzatish va aloqa simlari, energotizimlar, sug`orish tizimlari va boshqa ob’ektlar;

    • Chorva mollari, qishloq xo`jaligi ekinlar, yer-suv va boshqalarni nobud bo`lishi;

    • Xom ashyo, yoqilg`i, ovqat maxsulotlari, chorva oziqlari, sanoat maxsulotlari, o`g`itlar va h.k. yo`qotish va buzulib qolishi;

    • Xavfsiz joylarga aholini vaqtincha evakuatsiya qilish va moddiy boyliklarni tashish xarajatlari;

    • Hosildor qatlam yuvilib ketishi va tuproq ustiga balchiq cho`kib qolishi.

    Bilvosita zararlar:

    -ovqat maxsulotlarini, kiyim-kechak, dori-darmon, qurilish ashyolari, texnika, chorva oziqlarni sotib olish, gumanitar yordamlarni shikast topgan joylarga yetkazib berish xarajatlari;

    Texnika (techne - mahorat, sanʼat) - moddiy boylik olish hamda odamlar va jamiyatning extiyojlarini qondirish maqsadida inson atrofdagi tabiatga taʼsir qilishiga imkon beradigan vositalar va koʻnikmalar majmui.



    • sanoat va qishloq xo`jalik maxsulotlarini tayyorlashni kamayishi hamda iqtisodiyotning rivojlanish sur’atini pasayishi;

    • mahalliy aholining tirikchilik sharoitining yomonlashuvi;

    • suv bosish ehtimoli bor joylardagi hududdan ratsional foydalanishning iloji yo`qligi;

    • shunngdek, aniq mahalliy sharoitga bog`liq boshqa noqulay omillar;

    Halokatli suv bosgandagi sharoitga baho berish tartibi:

    1. dastlabki ma’lumotlarga aniqlik kiritish.

    1.1. GTI ga va undagi avariyaga tavsif berish (vaqti, ahvoli va h.k).

    1.2. ob’ekt joylashgan yer yuzasiga tavsif berish (relef o`simliklar, qurilishlar, transport magistrallari va boshqa infrastrukturani mavjudligi).

    1.3. ob-havo, iqlim sharoiti (yil fasli, kecha-kunduz vaqti, ob-havo ahvoli va h.k).

    1.4. aholiga hududga va fuqaro muhofazasiga ta’sir darajasi.

    2. Xafvli joyni shikastlovchi omillari va ko`rsatgichlarni aniqlash:

    2.1. Urib ketgan to`lqinning balandligi va tezligi.

    2.2. Suv bosishning maksimal va amaldagi chuqurligi.

    3. Halokatli suv bosish joyining xaritaga (rejaga, chizmaga) tushirish.

    4. Halokatli suv bosishning vaqt omillarini aniqlash.

    4.1. Urib ketgan to`lqinning muayyan chegaralarga va muhim ob’`ektlarga (aholi yashash joylariga) yetib kelish vaqti( daqiqa, soat kabi vaqt birliklarida).

    4.2. Suv bosish qancha davom etishi (butun suv bosish joyida va uning alohida qisimlarida).

    5. Ehtimol bo`lgan talofat va zararlarni aniqlash.

    6. Muhofaza qilish va favqulodda vaziyat chegarasi (FVCh) yuzasidan asosli qarorga kelish uchun, halokatli suv bosishining aholiga, hududga va fuqaro muhofazasiga ta’sirini aniqlash.
    GIDROTEXNIKA INSHOOTLARINI MUHOFAZA QILISH CHORALARI.
    1. GTI ni loyihalash va qurishda xatoliklarga yo`l qo`ymaslik.

    2. GTI dan to`g`ri foydalanish.

    3. GTI dagi belgilangan tadbirlarni va ta’minlash ishlarini vaqtida bajarish.

    4. Qirg`oqni mahkamlash va inshoot tubini mustahkamlsh ishlarini o`tkazish.

    5. Suv chiqarish vaqtiga muvofiq qayta taqsimlash yo`li bilan suvning maksimal zahirasini va maksimal sarflanishini kamaytirish.

    6. Qushimcha suv omborlari yordamida toshqin suvlar oqimini tartibga solib turish.

    7. GTI aholini doimo kuzatib turish (uskuna-jihozlar va yuksak malakali mutaxasislar yordamida).

    8. FVDT tarkibiga kiruvchi funksional kichik tizimlari va organlarini sohaga aloqali faoliyatini tizimli nazorat qilib turish.

    9. GTI hududini chetdan kishilar kirishdan ishonchli qo’ruqlash.

    10. Falokatlarga olib keladigan noqulay omillar bo`lishi ehtimolini oldindan aytish taxminlarini tuzish uchun gidrometerologik sharoitini muntazam kuzatib borish.


    Aholini va hududlarni muhofaza qilish choralari:
    1. Oldindan aytilgan to`g`ri taxminlarning doimo mavjud bo`lishi.

    2. Yaxshi yo`lga qo`yilgan axborot xizmatining bor bo`lishi.

    3. Doimo va samarali ishlab turadigan xabar berishning cheklangan tizimi bo`lishi.

    4. GTI xodimlarining uyushqoqligi, bilimdonligi, intizomliligi.

    5. Ehtimoli bor halokatli suv bosish joyida istiqomat qiluvchi aholining FV dagi hatti-harakatlarga tayyorgarlik ko`rganligi.

    6. FM rahbarlik tarkibining GTI da falokatlar va halokatlar oldini olish hamda bunday hodisalar ehtimoli paydo bo`lgandagi faoliyat masalalari yuzasidan tayyorgarlik ko`rganligi (zamonaviy vositalar va usullar yordamida sharoitni bilib va tez oldindan taxminlay olish hamda unga baho bera olish, asosli qarorlarga kela olish va ularni turmushga

    tezkorlik bilan tadbiq eta olish).

    7. Muhofaza tadbirlarini bevosita o`tkazish:

    - GTI da falokat xavfi tug`ilgani haqida alohida xabar berish;

    - suv ostida qolishi mumkin bo`lgan joylarda aholini, qishloq xo`jalik hayvonlarini, moddiy boyliklarni barvaqt evakuatsiya qilish;

    -suv bosish ehtimoli bor zonadagi korxona, tashkilot muassasalar ishini qisman cheklash yoki to’xtatish hamda moddiy boyliklarni muhofaza qilish;

    -GTI ni loyihalash va qurish prinsipi: GTI ni ular foydadan ko`proq zarar keltiradigan joylarda qurmaslik


    4-MAVZU: FAVFQULOTDA VAZIYATLARDA KIMYOVIY VA RADIATIV XAVFLI OBYEKDAGI AVARIYALAR VA HALOKATLAR.

    Rеja:

    1. Kimyoviy xavfli inshootlar.

    2. Radiatsiyaviy xavfli inshootlar.

    3. O`zbеkiston Rеspublikasida faoliyat ko`rsatadigan kimyoviy va radiatsiyaviy xavfli inshootlar.

    4. Navoiy shaxrida faoliyat ko`rsatadigan kimyoviy va radiatsiyaviy xavfli inshootlar.

    1. Kimyoviy va radiatsion xavfli inshootlardagi halokatlar (avariyalar) dеganda kuchli ta'sir qiluvchi zaharli moddalarning atrof-muhitga tarqalishi, radioaktiv moddalardan foydalanish va saqlash tartiblariga rioya qilmaslik tufayli favqulodda vaziyat vujudga kеlishi tushuniladi. Favqulodda vaziyat natijasida zaharli moddalar ta'sirida odamlar, hayvonlar, o`simliklar ko`plab shikastlanadi.

    Kimyoviy xavfli inshoot – xalq xo`jaligi korxonasi bo`lib, faoliyat ko`rsatish davrida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan halokat tufayli odamlarning ommaviy tarzda zaharlanishi, kimyoviy zaharli moddalarning atrof-muhitga tarqalishi kuzatilishi mumkin.

    Xavfli inshootni harbiy holatda muhofazalanishi huquqiy ta'minlanishi «Fuqaro muhofazasi to`g`risida» Qonunining umumiy qoidalar bo`limining 1-moddasida bayon etilgan.

    Kimyoviy zaharlanish maydoni – ma'lum o`lchovdagi zaharli moddalar bilan zaharlangan hududlar.

    Zararlanish manbai – kimyoviy xavfli inshoot joylashgan hududdagi halokat tufayli odamlarning, o`simliklarning, jonvorlarning zararlanishi.

    Ta'sirchanlik – kimyoviy modda xossasi bo`lib, zharlanishga olib kеlishi mumkin bo`lgan modda miqdori bilan bеlgilanadi (kam zaharlanish, kuchli zaharlanish va b.).

    Miqdori – miqdor o`lchov birligi, g/m3 yoki mg/l larda o`lchanadi.

    Kimyoviy xavfli inshootlar fuqaro muhofazasi nuqtai nazaridan ma'lum turlarga ajratiladi-miqdori, ta'sir kuchi, saqlash qonun qoidasi va b.

    Kimyoviy xavfli korxonalardagi halokatlarning tavsiflanishi.

    I-portlash tufayli sodir bo`lgan halokat, tеxnologik jarayon ishdan chiqqan, muhandislik qurilmalari buzilgan, natijada batamom yoki qisman mahsulot ishlab chiqarish to`xtab qolgan. Katta miqdorda moliyaviy yordam tiklash talab etiladi. Yuqori tashkilotlardan yordam so`rash kеrak bo`ladi.

    II-halokat natijasida asosiy yoki yordamchi tеxnologik qurilmalar ishdan chiqqan, ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish uchun ma'lum miqdordagi yordam kеrak bo`ladi.

    2. Ma'lumki, o`zidan nur tarqatish va odam organizmida «nurlanish» dеb nomlanadigan kasallikni vujudga kеltirishi mumkin bo`lgan radiatsion matеriallar xalq xo`jaligining bir qator sohalarida turli maqsadlar uchun ishlatib kеlinmoqda. Bularni saqlash, to`g`ri ishlata bili shva tashlab yuborish, qayta ishlash jarayonlarida tеxnika xavfsizligiga rioya etilmasa, og`ir oqibatlarga – atrof-muhitning radioaktiv ifloslanishiga, odamlarning, mavjudotlarning halok bo`lishi va o`simliklarning yaroqsiz holga kеlishiga olib kеladi.

    Radiatsiyaviy xavfli inshoot-bu muassasa bo`lib, unda sodir bo`lgan halokat tufayli ommaviy radiatsion zararlanish holati vujudga kеlishi mumkin. Bu turdagi xavfli obеktlarga fuqaro muhofazasining shayligini ta'minlash uchun Qonunning 2-moddasida bayon etilgandеk radiatsion, kimyoviy va biologik vaziyat ustida kuzatish va laboratoriya nazorati olib borish lozim bo`ladi.

    Radiatsiyaviy avariya – uskuna nosozligi, hodisalarning xatti-harakatlari (harakatsizligi), tabiiy va tеxnogеn xususiyatli favqulodda vaziyatlar tufayli kеlib chiqqan, fuqarolarning bеlgilangan mе'yorlaridan ko`proq nurlanish olishiga yoki atrof-muhitning radioaktiv ifloslanishiga boshqaruvning izdan chiqishi. Bu halokatlarning 3 turi ma'lum:

    - bir joyda-bunda radiatsiyaviy xavli inshootda yo`l qo`yilgan nosozlik tufayli, radioaktiv xossaga ega bo`lgan moddalar shu inshootdagi uskunalar chеgarasida bo`lib, tashqariga chiqmagan;

    - mahalliy-bunda radioaktiv xususiyatga ega bo`lgan moddalar miqdori yuqori bo`lib. sanitar himoya hududga tarqalishi mumkin va zarari yuqori bo`ladi. O`z miqdoriga ko`ra shu radiatsion xavfli inshoot uchun bеlgilangan mе'yoriy miqdordan oshiq bo`lib, radioaktivlashgan holatning ta'siri katta hisoblanadi;

    - umumiy-radiatsiyaviy xavfli inshootda sodir bo`lgan nosozlik tufayli, halokat katta hududga tarqalishi va odamlardan nurlanishga olib kеladi.

    Aloqalar sodir bo`lishi mumkin bo`lgan radiatsiyaviy xavfli inshootlarning turlari ko`p-atom stantsiyasi, yadro yoqilg`isi ishlab chiqaruvchi korxona, yadro rеaktori bo`lgan ilmiy-tеkshirish institutlari va h.k.

    Raditsiyaviy xavli inshootdagi halokatlarning tavsiflanishi:

    I tur halokat – birinchi xavfsizlik to`sig`ining nosoz holatga kеlishi – issiqlik ajratuvchi elеmеntlar qobiqlarining buzilishidir.

    II tur halokat – birinchi va ikkinchi xavfsizlik to`sig`ining buzilishi, ya'ni rеaktor qobig`ining buzilishi tufayli radioaktiv moddalar tarqalishiga sharoit yaratilishiga aytiladi.

    III tur halokat – uchchala xavfsizlik to`sig`ining buzilishi tufayli vujudga kеladi. Birinchi va ikkinchi to`siq buzilishi tufayli radioaktiv moddalar rеaktorning himoya qobig`i yordamida to`siladi, undan o`tgan moddalar tashqariga chiqib kеtib tarqalishi mumkin.

    Og`ir sharoit vujudga kеlgan chog`da, issiqlik yoki yadro portlash sodir bo`ladi.

    3. Hozirgi kunda kimyoviy xavfli inshootlarning asosiylari «O`zbеkkimyosanoat» uyushmasiga qarashli korxonalar bo`lib, ular Qo`qor, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Chirchiq, Olmaliq va boshqa shaharlarda joylashgan. Bu korxonalardan tashqari kimyoviy zaharli moddalar bilan ishlaydigan boshqa korxonalar ham mavjud - «O`zgo`shtsut», «O`zbеksavdo», «O`zqishloqxo`jalik» mahsulotlari uyushmalari, Bеkobod mеtallurguya korxonasi, Mikond korxonasi, Toshkеnt lak bo`yoq, to`qmachilik korxonalari, Kommunal xo`jalik vazirligi inshootlari va boshqalar. Hammasi bo`lib rеspublika hududida 200 dan oshiq kimyoviy xavfli inshootlar bor. Ular ishlab chiqaradigan yoki xalq xo`jaligida turli mahsulotlar ishlab chiqish uchun olib kеlinadigan, saqlanadigan suyuq, qattiq, gaz holatidagi inson va hayvon sog`ligi uchun zararli, kuchli ta'sir ko`rsatuvchi moddalar turi ko`p.

    Kimyoviy muhofaza – bu KTZM (kuchli ta'sirchan zaharli moddalar) ning aholiga, fuqaro muhofazasi kuchlariga va xalq xo`jaligida turli mahsulotlar ishlab chiqarish uchun olib kеlinadigan, saqlanadigan suyuq, qattiq, gaz holatidagi inson, hayvon sog`ligi uchun zararli, kuchli ta'sir ko`rsatuvchi moddalar turi ko`p.

    Kimyoviy muhofaza – bu KTZM (kuchli ta'sirchan zaharli moddalar) ning aholiga, fuqaro muhofazasi kuchlariga va xalq xo`jaligi inshootlariga zararli ta'sirini oldini olishga yoki uni imkoni bor darajada kamaytirishga qaratilgan tadbirlar komplеksi.

    Radiatsion muhofaza-bu radioaktiv moddalarning aholiga, fuqaro muhofazasi kuchlariga va xalq xo`jaligi inshootlariga zararli ta'sirini oldini olishga yoki uni imkoni bor darajada kamaytirishga qaratilgan tadbirlar majmui. Qonunning asosiy tushunchalariga ta'rif bеrilgan qismida, radiatsiyaviy xavfsizlik to`g`risida quyidagilar bayon etilgan – bu fuqarolar va atrof muhitning ionlashtiruvchi nurlanishning zararli ta'siridan muhofazalanganlik holati.

    Kimyoviy va radiatsiyaviy muhofazaning eng asosiy vazifasi kimyoviy xavf obеktlaridagi, radiatsiyaviy xavfli ob'еktlaridagi halokatlar bilan bog`liq favqulodda vaziyatlar oldini olishdan iborat.

    Kimyoviy xavfga binoan hamma ma'muriy-hududiy birliklar 3 ta xavflilik darajasiga bo`linadi:

    Avariya-halokat – mahsulot tayyorlashga ishlatiladigan mashinalar, jihozlar, tеxnologik tizimdagi uskunalar majmuasidagi nosozlik, elеktr bilan ta'minlashdagi nosozlik, binolar, qurilmadagi nosozliklar tufayli vujudga kеladigan voqеaga aytiladi.

    Transport turlarini o`zaro to`qnashuvi, korxonadagi tеxnologik nosozliklar, moddalarni saqlashda yo`l qo`yilgan xatoliklar tufayli sodir bo`ladigan halokatlar natijasida kuchli ta'sir etuvchi zaharli moddalar atrof-muhitga tarqalishi mumkin.

    Katastrofa – halokat bo`lib, oldingisidan farqli holda halokat qamrovi kеngroq va odamlar halok bo`lishiga olib kеlgan voqеaga aytiladi.

    Poеzlar o`zaro to`qnashishi, samalyot halokati, sanoat korxonasida sodir bo`lgan halokatlar tufayli atrof-muhitning yomonlashuvi, insonlar qurboni, talofat darajasining ortib borishi – hammasi bu turdagi halokat turiga xos xususiyatdir.

    Hozirgi kunda mutaxassislar tahlil qilib aniqlagan ma'lumotlarga ko`ra kimyoviy xavfli inshootlarda bo`ladigan halokatlar tufayli tеz ta'sir etuvchi zaharli moddalarni atrof-muhitga tarqalishiga bir qator sabablar mavjud. Asosiylari quyidagilar:

    - korxonadagi tеxnologik jihozlardagi nosozliklar;

    - uzoq muddat ishlatilgan uskuna-jihozlarning eskirish;

    - moddalarni ishlab chiqarishda, saqlashda, topishishda yo`l qo`yilgan xatoliklar tufayli;

    - portlash, yong`in sodir bo`lishi, halokatlar tufayli;

    - moddalar bilan ishlashda, ularni saqlashdagi tеxnika xavfsizligi qoidalarining buzilishi tufayli;

    - chеtdan olib kеlingan tеxnologik jarayon xavfsizlik talablariga to`liq javob bеrmaydi;

    - korxonada mеhnat intizomi past, mutaxassis va ishchilarning malakasi еtarli emas;

    - mahsulot ishlab chiqarishda murakkab tеxnologik jarayon tizimi qo`llanadi.

    Ayrim o`tilgandan farq qiluvchi ayrim sabablar tufayli ham tеxnogеn tusdagi favqulodda vaziyat vujudga kеlishi mumkin. Qonunda tеxnogеn ravishda o`zgartirilgan radiatsiyaviy va tabiiy radiatsiyaviy fon qanday mazmunga egaligi va ularni ham e'tiborga olish kеrakligi ta'kidlangan.

    Zaharli va zararli moddalardan muhofaza qilishni rеjalashtirish va tashkil qilish va radiatsiyaviy xavfli inshootlardagi halokatlar bilan bog`liq favqulodda vaziyatlar oldini olishan iborat.

    Kimyoviy xavfga ko`ra ma'muriy hududiy birliklar (MHB) 3 ta xavflilik darajasiga bo`linadi:

    I daraja – kimyoviy zaharlanish ehtimoli bor oraliqda ma'muriy-hududiy birlikning 50% fuqarosi yashab turgan bo`lsa;

    II daraja – kimyoviy zaharlanish ehtimoli bor oraliqda ma'muriy-hududiy birlikning 30 % dan 50% gacha aholisi yashab turgan bo`lsa;

    III daraja - kimyoviy zaharlanish ehtimoli bor oraliqda ma'muriy-hududiy birlikning 10% dan 50% gacha aholisi yashab turgan bo`lsa.

    Kimyoviy va radiatsiyaviy muhofazaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

    1. Favqulodda vaziyatning vujudga kеlishini oldindan taxmin qilish va sharoitga baho bеrish. Buning uchun shu kimyoviy va radiatsiyaviy xavfli inshoot joylashgan hudud to`g`risida aniq ma'lumotga, korxona haqida, moddalarning miqdori, turi, saqlash sharoiti, saqlash joyini aholi yashaydigan joydan qanday oraliqda joylashganligi to`g`risida aniq ma'lumotga ega bo`lishlari kеrak.

    2. KTZM va radioaktiv moddalarni maxsus saqlash joylariga chiqarib tashlash, moddalarning ta'sirini oldini olishga, ta'sirini kamaytirishga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqish.

    3. Fuqarolarni kеrakli miqdorda shaxsiy muhofaza vositalari (ShMV) bilan ta'minlashni tashkil etish.

    4. Kimyoviy va radiatsiyaviy nazorat va tеkshirish ishlarini o`z vaqtida amalga oshirish.

    5. Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va unga barham bеrish uchun kеrakli kuch va vositalarning doimo shay turishini ta'minlash.

    6. Kimyoviy va radiatsiyaviy xavf vujudga kеlgan favqulodda vaziyatlarda fuqarolarning qanday vazifa bajarishlari lozimligiga tayyorlab borish.

    Kimyoviy va radiatsiyaviy vaziyatni oldindan taxminlash va baholash.

    A) vaziyatni oldindan taxminlashga quyidagilar kiradi:

    -favqulodda vaziyatning aniq turini bilish;

    -vaziyat tafsiloti va ko`lamini aniqlashning ishlovchi usullarini, uskuna-jihozlarini topish;

    -fuqaro muhofazasi kuchlarini va aholini o`z vaqtida ogohlantirish;

    -talofatlar va moddiy zararlarning oldini olish yoki ularning ta'sir kuchini mumkin bo`lgan darajada kamaytirish yuzasidan kеrakli choralarni ko`rish;

    -fuqaro muhofazasi kuchlari va vositalarini favqulodda vaziyatlarni yoki ular oqibatlarini yo`qotishga tayyorlab qo`yish.

    B) vaziyatni oldindan baholash.

    1. Olingan ma'lumotlarni aniqlashtirish.

    a)kimyoviy va radiatsion halokatlarning tafsilotini bilish (turi, vaqti, tarqalish mydoni, holati va h.k.);

    b) hudud tafsiloti (aholi yashash joyi, uy-joylarning soni, yaqin-uzoqligi, transport yo`llarining bor-yo`qligi va h.k).

    -ob-havo sharoiti (yil fasli, kun, ob-havo holat);

    -aholiga va hududga kimyoviy va radioaktiv moddalar ta'sir darajasi;

    -zaharlangan havo oqimi еtib kеladigan vaqtni va ular qancha muddat ta'sir ko`rsata olishlarini bilish kеrak.

    -zaharlangan hudud maydonida qancha odam qolgan, ulardan qanchasi talofat ko`rishi mumkinligi ehtimolini aniqlash;

    -maxsus ishlov bеrishdan o`tkazilishi lozim bo`lgan odamlar, tеxnika, uskunalar, hududlar miqdorini aniqlash.

    Baholashga ko`ra to`plangan ma'lumotlarni tahlil qilish asosida qisqacha xulosalar qilgan holda, qilinishi lozim bo`lgan ishlarni bеlgilab olish kеrak.
    Mavzu bo`yicha savollar


    1. Kimyoviy xavfli inshootlarga misollar kеltiring.

    2. O`zbеkistondagi radiatsion xavfli ob'еktlar haqida nima bilasizq




    Download 468.19 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 468.19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MAVZU: AHOLINI VA HUDUDLARNI TEXNOGEN XUSUSIYATLI FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISH

    Download 468.19 Kb.