• JAROHATLANGANLARGA DASTLABKI YORDAM KO`RSATISH 1. MAVZU. BIRINCHI YORDAM KO`RSATISHNING UMUMIY TAMOYILLARI Reja.
  • Foydalangan adabiyotlar
  • Jarohatlanishlar turlari va birinchi tibbiy yordam ko`rsatishning umumiy qoidalari
  • JAROHATLANGANDA BIRINCHI YORDAM KO`RSATISH
  • YURAKNI SUN’IY MASSAJ QILISH
  • SUN`IY NAFAS BERISH USULLARI
  • MAVZU. YUQUMLI KASALLIKLAR BILAN BOG`LIQ FAVQULODDA VAZIYATLAR




    Download 0,76 Mb.
    bet6/48
    Sana24.03.2017
    Hajmi0,76 Mb.
    #1193
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48

    7. MAVZU. YUQUMLI KASALLIKLAR BILAN BOG`LIQ FAVQULODDA VAZIYATLAR.
    Reja:

    1. Yuqumli kasalliklar haqida ma’lumot ularning kelib chiqish sabablari.

    2. Favqulodda vaziyatlar bilan bog`liq yuqumli kasalliklar ularni oldini olish chora tadbirlari.

    3. Dezinfiksiya, dezinseksiya va deratizatsiya haqida ma’lumot.

    4. Bakterial vositalarni ishlatish usullari.

    Yuqumli kasalliklar bilan bog`liq favqulodda vaziyatlar.

    Kasallik tug`diruvchi mikroblar (bakteriyalar, viruslar rikketsiyalar, zamburug`lar), ular ajratadigan zaharlar toksinlar va ularni qo`llash vositalari (bombalar, raketalar) bakteriologik qurol deb ataladi. Dushman bu quroldan odamlarni chorva mollarni va o`simliklarni yuqumli kasalliklar bilan kasallantirish uchun foydalanadi. Mikroblar faqat mikroskopda ko`rinadigan, bu hujayra juda mayday organizimlardir. Ular odam organizimiga ko`rsatadigan ta’siriga qarab juda mayday organizimlardir. Ular odam organizimiga ko`rsatadigan ta’siriga qarab bir necha xil bo`ladi. Organizimda yashab unga hech qanday zarar keltirmaydigan mikroblarsapofit mikroblar deyiladi, jumladan odam tanasidagi normal mikroblar vakillari bo`lgan ichak tayoqchasi, protey, enterokokk, stafiakokklar shu guruppaga mansub organizimning mikroblar shartli pathogen mikroblar deb ataladi. Odam organizimiga tushib unda ko`payadigan va ma’lum darajada organizimga zarar yetkazadigan ya’ni yuqumli kasalliklar keltirib chiqaradigan mikroblar potogen yoki kasallik qo`zg`atuvchi mikroblar deyiladi.

    Mikroblar juda mayday mavjudod bo`lgani tufayli ular millimikron bilan o`lchanadi.

    Mikroblar tuzilishiga sgakliga va biologic xossalariga ko`ra qo`yidagi guruhlarga: bakteriyalar, viruslar, pikketsiyalar zamburug`lar oddiy mikroblarga bo`linadi.

    Bakteriyalar-bir hujayrali organizimlar bo`lib, asosan bo`linish yo`li bilan ko`payadi. Tashqi ko`rinishga qarab 3 ga bo`linadi:

    1. Sharsimon bakteriyalar-kokklar. Ular o`z navbatida hujayralarning bir-biriga nisbatan joylashishiga qarab mikrokokklar streptokokklar. Stafilakokklar va boshqalar.

    2. Tayoqchalar. Ich terlama va dizenteriya tayoqchalari odatda spora hosil qiluvchi tayoqchalar basillalar, spora hosil qilmaydiganlari bakteriya deb ataladi.

    3. Qotirilgan va spiraisimon buralgan bakteriyalar. O`z nomiga yarasha va gruppaga mansub bakteriyalar spiral shaklida bo`ladi.

    Bakteriyalar turli kattalikda bo`ladi. Stafilokokk va steptokokklarning diometrik, odatda 0,75 dan 1,25 mk gacha bo`ladi. Bakteriyalarning shakli va yirik maydaligi ularning yosh, o`sayotgan muhitning tarkibiga va temperature va boshqalariga bog`liq. Bakteriyalarning hujayrasi qobiq parda, sitoplazma, yadro xivchinlar yordamida harakat qilinadi. Xivchinlar soni 1 tadan 20-30, hatto 100 ta gacha bo`ladi. Qobig`I butunlay yoki qisman yo`qotgan mikroblar L-simon bakteriyalar deb ataladi. Juda mayday bo`lgan, lekin sun’iy oziq muhitida o`sishi bilan viruslardan farq qiladigan mikroblar mikoplazmalar deb ataladi.

    Bakteriyalardan zaharlanish o`chog` deganda odamlarda kasallik keltirib chiqadigan bakteriyal aepozollar bilan zaharlanish territoriyasi tushuniladi. Bu joyda qolgan odamlarning hammasi kasal bo`lgan-bo`lmaganligidan qat’iy nazar zaharlangan hisoblanadi. O`choq chegaralarini dastlab kuzatish postlari va tibbiy xizmati aerozollar o`choq chegaralarini dastlabki bakteriyali bombalar, raketalar, snariyadlarning portlashiga qarab aniqlaydi, bakteriyalardan zaharlanish o`chog`i hosil bo`lgan taqdirda tezda uni yuqotish tadbirlari ko`riladi. Agar eng xavfli yuqumli kasalliklar tarqatuvchi yuqumli kasalliklar mikroblari bo`lsa observatsiya e’lon qilinadi. Bundan o`choqga kirish chiqish va buyumlarni olib chiqish kamaytiriladi. Faqat dizenfeksiyadan keyingi epidimiolog ruxsati bilan ish ko`riladi.

    Bakteriologik kuzatuv va bakteriologik vositalarni zararsizlantirish.

    Bakteriologik kuzatuv, kuzatuvpostlari va fuqaro muhofazasi nibbiy xizmati tomonidan o`tkazilgan. Bakteriologik qurollar portlaganda, odatdagi qurollar portlaganda sekin ovoz chiqadi. Dushman bakteriologik vositalarni ishlatganligi va zaharlanish chegaralari hujum vaqtidagi ba’zi bir belgilarga qarab aniqlanadi. Bu belgilar quyidagilardan iborat; havo bug`, tuman va changdan iborat yengil bulut hosil bol`di, uchub o`tayotgan samaliyot, vertaliyot va raketa orasida asta-sekin chiqib tarqaluvchi qora yo`l hosil bo`ladi,qurollar portlagan joylarda zaharlovchi moddalar va radiaktiv modda bo`lganligi (kimyoviy kuzatuv va dozimetrik asboblar ko`rsatishga binoan) juda ko`p miqdorda hashoratlar, kanalar va kemiruvchilar to`planishi bakteriologik vositalar ishlatilganilgidan dalolat beradi.

    Raketa (ital. rocchetta - pirpirak) - maxsus raketa yonilgʻisi (ish jismi) yonganda paydo boʻladigan kuch taʼsirida sarakatlanadigan uchuvchi apparat. Raketa yonilgʻisi turiga koʻra, qattiq yoqilgili va suyuq yonilgʻili xillarga boʻlinadi.

    Dushman ishlatgan kasal qo`zg`atuvchi mekroblarning turini zararsizlantirish uchun tashqi muhit ob`ektrtlaridan namuna olinadi. Havo bakteriya tutuvchi asbob yordamida yig`iladi. Tuproq o`simliklari, suv va oziq-ovqatdan polietilen xaltachalarga namuna olinib, og`zi mahkam berkitiladi. Tashqi tomondan dezenfeksiya qilinadi. Sanitariya-epidemologiya nazorati xizmatining bakterologik labarotoriyalarida bakterologik vositalar aniq tekshiriladi, ya`ni mikroskopik va sepologik tekshirishlar va oziq muhitlariga ekish va hayvonlarda tekshirib ko`rish natijasida dushman qaysi mekrobni ishlatganligi aniqlanadi.

    Mekroblar hayot faoliyati jarayonida juda kuchli zahar-toksin ajratadi. Botulism tayoqchasi ayniqsa zaharli hisoblanadi. Mekrob faoliyati tufayli atrofdagi muhitga ajraladigan toksinlar ekzotoksin deb ataladi. Formalin yoki issiqlik ta`sirida zararsizlantirilgan toksinlar anatoksin deb ataladi. Ular ba`zi kasalliklar uchun (ko`kshol, bug`ma, botulism) ni oldini olishda emlash uchun ishlatiladi. Mikroblar oddiy bo`linish yo`li bilan har 10-30 minutda ko`payadi. Suvda va oziq-ovqat moddalarida turg`un bo`lib, havoda quyosh nurlari ta`sirida tezda nobud bo`ladi.

    Bakteriofag. Ba`zi hayot faoliyati jarayonida ularning o`zini eritib yuboriladigan maxsus agent paydo bo`ladi. U bakteriofag yoki bakteriyalarni yashovchi deb ataladi. Bakteriofag tuzilishi va tabiatiga ko`ra verus hisoblanadi. Ba`zi yuqumli kasalliklar profilaktikasida qo`llaniladi. Viruslar organizimga tushganda ular ta’sirida organizim hujayralarida paydo bo`ladgan va virusning ko`payishiga tusqinlik qiladigan modda interferon deb ataladi. Hozirgi vaqtda interferon ba’zi virus kasalliklari profilaktikasida va davolashda ishlatiladi.

    Bakteriyali vositalarni ishlatish usullari.

    Bakteriyali vositalar (BV), ya’ni harxil mikrob reseoturalari suyuq yoki quritilgan juda mayday paroshok bulib, ularni havoda va joylarda purkash mumkin. Bunda havoda muallaq tarqalgan juda mayday zarrachalardan iborat aerozolli bulut hosil bo`ladi. Bakteriyali vositalarni muljalga yetkazish uchun bombalar, snaryadlar, portlovchi raketalar, ampulalar, paketlar, qoplar, qutilar har xil masofagacha uchib bora oladigan raketalat xilma-xil tukish aviyatsiya asboblari, samaliyot, vertaliyotlarga joylashtirilgan bakteriyali aerozollar solingan generatorlar va boshqalar ishlatiladi.Bakteriyali vositali shamollashning tezligiga qarab bir necha 10 km masofaga tarqalishi mumkin. Bundan tashqari, ular hashoratlar, kanalar va kemiruvchilar yordamida ham tarqaladi.

    Bakteriyali vositalarning zararli ta’siri juda xavflidir, chunki aholi o`rtasida chuma vabo, chin chechak, sariq isitmaga o`xshash o`ta xavfli kasalliklar tarqalishi mumkin.

    Bakteriyali vositalar o`ziga xos husysiyati bakteriyali aerozollarning katta teritoriyalarga tarqala olishi, xonalar va yashirin joylarga havo bilan kira olishi, juda kam mikrob dozalari kasallik to`g`dira olishdan iborat, bundan tashqari ko`p mikroblar juda beqaror bo`lib, uzoq vaqtgacha yuqumli kasalliklar tarqalishi manbaibo`lishi mumkin. Bakteriyali vositalarni tashqi muhitda payqab bo`lmasligi ham xavf to`g`diradi. Ularni laboratoriya va maxsus asboblar yordamida aniqlab olish mumkin. Mikroblar organizimga tushganda keyingina kasalik belgilari namoyon bo’ladi. Yuqumli kasalliklar kasal odamdan sog’lom odamlarga o’tishi natijasida kasallik ko’p joyga tarqalib epidemiya paydo bo’ladi.

    Rikketsiyalar-shakli va kattaligi bilan bakteriyalargga yaqin tursa ham, organizmdagi muayyan hujayralar ichida yashashi va ko’payishi bilan ulardan farq qiladi. Hozirgi vaqtda rikketsiyalarning 32 tadan ortiq turi ma’lum bo’lib, ulardan 11 tasi pothogin hisoblanadi, toshma, terlama, kulixoradkasi, qoya tog’- toshlar lixoradkasi keltirib chiqaradigan rikketsiyalar ma’lum. Bu mikroblar kuzatadigan kassaliklar rikketsioz deb ataladi.

    Viruslar- faqat elktron mikroskopda ko’rinadigan, tuzilishi va biologik hususiyatlariga ko’ra bopshqa mikro organizmlardan farq qiladigan nihoyatda mayda mikroblardir. Viruslar hujayra ichi parazitlari hisoblanadi, ular faqat irik to’qimalarda o’sadi. Chinchechak, qizamiq, gripp, poliomelit,quturish, insefalitlar sariq lixoradka va boshqa ko’pgina yuqumli kasaliklarmni viruslar kuzatadi. Antibiotic va sulfanilamide preporatlari virusga ta’sir qilmaydi.

    Spiroxitalar­- harakatchan mikroorganizmlarga kiradi. Ularning shakli uzun, ingichka, parmasimon buralgan mikroblardir. Uzunligi 7 mk gacha. Ularning tanasi elastic bo’lganligi sababli buralib harakat qiladi.zaxm kuzatuvchisi-rangsiz spiroxita shu gruppa mikroblarining tipik vakili hisobnlanadi.

    Zamburug’lar-xlorofilli yo’qotgan tuban o’simlikdan bo’lib 70 ming dan ortiq turi ma’lum. Ular sanoatda vino, pivo tayorlashda, non pishirishda va xalq xo’jaligining boshqa sohalarida ko’p ishlatiladi. Zamburug’lar 5- sinfga bo’inadi. Ko’pgina antibiotiklar zamburug’lardan olinadi. Masalan:ko’p ishlatiladigan pinsilin antibioti mog’or zamburug’idan olinadi.zamburug’lar kandidos kabi teri kasalilarni kuzatadi.

    Teri - odam va hayvonlar tanasining tashqi qoplami. Organizmni tashqi taʼsirotlardan himoya qiladi, sezish, moddalar almashinuvi, organizmdan keraksiz moddalarni chiqarish, termoregulyatsiya va boshqalarda qatnashadi.

    Oddiy mikroblar-bir hujayralari mayday turl;I shakldagi organizmlar. Xozir ularning 15 mingdan ortiq turi ma’lum bo’lib, ular ko’pchiligi turli kasalliklar kuzatadi. Dizenteriya omyobasi, bezgak plazmadiyalari, lyambliyalar va boshqalar shu guruhga kiradi. Ular bezgak omyobali dizenteriya lismoniyos va boshqa kasalliklarni keltirib chiqaradi.

    Boshqa barcha tirik organizmlar kabi microbar ham to’xtovsiz ravishda rtivojlanadi va ko’payadi.har xil sinflarga mansub mikroblar turli usullar bilan ko’payadi. Bakteriyalar asosan ko’ndalang bo’linib ko’payadi.

    Yashash erkin kisloroddan foydalanadigan mikroblar aeroblar deb ataladi. Boshqa gruppa mikroblari esa kislorodsiz muhitda yashaydi. Ular anayepoblar deyiladi. Bazi potogen mikroblar tashqaridan ma’lum ta’sir o’tkazib ularning kasalik qo’zg’atish xususiyatlari kuchsizlantirish yoki butunlay yo’qotish lekin antigenlik immunitet qo’zg’atish hususiyatini saqlab qolishi mumkin. Shu usul bilan tayorlangan preparatlar vaksina deb ataladi. Vaksina odam organizmiga yuborilganda yuqumli kasalik paydo bo’lmaydi lekin immunitet hosil bo’ladi.


    JAROHATLANGANLARGA DASTLABKI YORDAM KO`RSATISH

    1. MAVZU. BIRINCHI YORDAM KO`RSATISHNING UMUMIY TAMOYILLARI


    Reja.

    1) Birinchi yordam ko`rsatish vositalari

    2) Jarohatlanishlar turlari va birinchi tibbiy yordam ko`rsatishning umumiy qoidalari.

    3) yurakni sun`iy masaj qilish va sun`iy nafas berish.



    Foydalangan adabiyotlar

    1. G`.E.

    Adabiyot (arab. - adab so‘zining ko‘pligi) - 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy A., qishloq xo‘jaligi A.i, siyosiy A. va boshqalar). 2. San’atning bir turi (badiiy A. deb ham ataladi)

    G`oipov Mehnat muhofazasi. T., "Mehnat" 2000y

    2. O.Qudratov, T.G'aniev Hayotiy faoliyat xavfsizligi T., "Mehnat" 2004

    3. Yu.Dodoboev, M.Hamidov. qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishda

    mehnat mu?hofazasi.T., "Mehnat" 2000y

    4. G.I Belyakov Oxrana truda .M., "Agropromizdat" 1990 .

    Birinchi yordam ko`rsatish vositalari:hozirgi traktorlar, murakkab qishloq xo`jaligi mashinalari va avtomobillarni korxona ma'muriyati dori-darmonlar to`plami bor tibbiyot aptechkasi bilan ta'minlashi zarur. Aptechkada qo`yidagilar bo`lishi lozim:
    1 ichimlik soda - 200 g; rezina arqon -1 dona;

    2 validol - 30 tabletka; yod eritmasi - bir flakon.

    3 borat kislota - 60g; shaxsiy paket- 3dona;

    4 leykoplastir - (1x15 Sm) 5 dona; vazelin - 50 g;

    5 bint - 10 dona; novshadil spirti - 20 g;

    6 paxta - 100 g; shinalar - komplekt


    Aptechkadagi tibbiy preparatlar quyidagi mahsadlarda ishlatiladi:

    y -ichimlik soda - kislota kuydirganda (ishhor va kislotalar bilan ishlashda) ko`zni yuvish va og`izni chayish maqsadida ichimlik sodaning 2-4% li eritmasini tayyorlash uchun;

    y -validol - asab sistemasini tinchlantirish va yurak atrofidagi og`riqlarni yo`qotish uchun;

    y- borat kislotasi ishg`or ta'sirida kuyganda ko`zni yuvish va og`izni 115 chayish maqsadida 2-4% li eritmasi tayyorlanadi;

    y- vazelin - 1 darajali kuyishda, tirnalganda, teri yallig`langanda, teriga surtash uchun;

    y- rezina bog`lam - qon ketishini tuxtatash uchun;

    y- shaxsiy paketlar, bintlar, paxta - lat yeganda, yaralanganda bog`lab qo`yish uchun;

    y- novshadil spirti - hushdan ketganda hidlatish uchun;

    y- yod nastoykasi - yaraning atrofiga, teridagi shilingan, tirnalgan joylarga surtish uchun.



    Jarohatlanishlar turlari va birinchi tibbiy yordam

    ko`rsatishning umumiy qoidalari.
    Jarohdtlanganlarga birinchi yordam ko`rsatishdan oldin qo`yidagi ishlarni bajarish lozim: y jarohatlanish sabablarini yo`qotish (masalan, jarohatlanuvchini gazlar, zaharlar to`lgan xonadan olib chiqish); elektr simini olish (elektr toki urganida; jarohatlanuvchining ahvolini yomonlashtiradigan barcha narsalarni yo`qotish (jarohatlanuvchi ustidagi yukni, devor parchalarini olish, xonadan yoki yonayotgan joydan olib chiqish); y jarohatlanuvchining umumiy ahvolini aniqlash va birinchi navbatda odam hayoti va salomatligiga eng ko`p xavf tug`dirayotgan narsani yo`qotish (masalan, arteriyalar kesilganida qon oqishini to`xtatish, nafas olish to`xtab qolgan va yurak faoliyati buzilgan bo`lsa, sun'iy nafas oldirishni yoki yurakni uqalashni boshlash va h.k.); y agar bemorga xavf tug`ilmaydigan

    bo`lsa, birinchi tibbiy yordami ko`rsatishda uni ko`zg`atmaslik; y xushidan ketganda tashlab ketmaslik;

    y birinchi yordam ko`rsatash uchun jarohatlanganning kiyimini yechishda yoki yaralangan joyidagi kiyimini qirqishda juda ehtiyot bo`lish zarur; y jarohatlanganni avaylash. y Arteriyadan oqadigan qon och qizil rangli, kuchli qon oqimi bosim ostida beto`xtov otilib turadi. Arteriyadan qon oqqanda, yirik arteriyalar. jarohatlanganda tezlikda yordam ko`rsatish zarur. Birinchi navbatda tomirni

    barmoqlar bilan qattiq bosib, suyakka siqish kerak. Bog`lam qo`yishda quyidagi ishlarni bajarish lozim: y teriga bir necha qavat qilib taxlangan latga (dastro`mol) qo`yish; y bog`lamni qon to`xtaguncha tortish; y bog`lam ostiga kun 24 soat deb hisoblaganda u qachon qo`yilganligi aniq yozilgan (masalan, 05 soat 35 min.) qog`oz qo`yish. qon oqqanda arteriyalarning va tizza bo`kishidan siqib 116 qo`yiladigan joylari: 1-tirsakka oid; 2-nurli; 3-elkaga oid; 4-o`mrov-osti; 5-o`ng uyquga oid; 6-kurak; 7-chakkaga oid; 8-chap uy-quga oid; 9-birinchi qo`l ostidagi; 10-o`ng songa oid; 11-chap songa oid;12-orqa katta songa oid; 13-oyoq kafti oyoq (a) va qo`llardan (b) qon oqqanda jgut qo`yish venadan oqadigan qon to`q rangli bo`ladi, yaradan otilib chiqadi, kapillyardan qon ozroq miqdorda sekin chiqadi. Vena va kapillyar qon oqishni to`xtatishda bosib turadigan bog`lam qo`yishning o`zi kifoya. Jarohat atrofidagi teriga yod surtiladi, sterillangan bint parchasi yoki toza ip-gazlama qo`yiladi va bint bilan mahkam bog`lanadi. Qorinning ustki qismi va bo`shlig`ining ichi shikastlanganda bemor sanitariya zambiliga chalqanchasiga yotqiziladi, tizzalari biroz bukiladi. Jarohatning butun yuzasiga katta doka (toza adyol, sochiq) yopish va yarani bint bilan yaxshilab bog`lab qo`yish kerak. Jarohatlanganga suv berish va yarani suv bilan yuvish yaramaydi. Ko`krak qafasi ichida o`pka, yurak hayot uchun xavfli darajada jarohatlangan bo`lishi mumkin. Teri atrofidagi jarohatga yod eritmasi surtilgandan keyin uning ichiga havo kirmasligi uchun zich yopishib turadigan bog`lam qo`yiladi. Buning uchun jarohat ustiga havo o`tkazmaydigan

    material ho`yib, ustidan 3-4 havat sterillangan ro`molcha yoki bint va paxta qo`yiladi. Shundan keyin jarohat bint bilan qattiq bog`lab qo`yiladi. Agar shikastlangan kishining ko`ziga biror o`tkir narsa tegib jarohatlangan bo`lsa, u holda dokali tiqin qo`yib darhol kasalxonaga jo`natish kerak. Ko`zga xas-cho`p tushganda uni qo`l bilan artish yaramaydi. Bug`imlarga ziyon yetishi-shish hosil bo`ladi. Teri ko`karadi, og`riq paydo bo`ladi. Bunday holatda bemor harakat kilmasligi lozim jarohatga muz qo`yiladi. Kishi issiqlik, kimyoviy yoki elektr manbalaridan biror joyini kuydirib qo`ysa jarohatlangan joyni kaliy permanganat eritmasi yoki ichimlik sodaning 2% li eritmasi bilan xo`llash lozim. 2- va 3-darajali kuyishlarda terining shu joyiga kaliy permanganat eritmasi surtiladi, quruq sterillangan bog`lam qo`yiladi va darhol shifoxonaga yuboriladi. Kimyoviy kuyishlarda tananing kuygan qismini suv bilan kamida 20 minut yuvish kerak. Shundan keyin sodaning 2% li eritmasi yoki borat yoxud sirka kislotalarning 1% li eritmasi bilan qo`llangan nam bog`lam qo`yiladi.

    Pestisidlar bilan zaharlanganda, jabrlanuvchini pestisid sepilgan daladan ochiq havoga olib chiqish va teriga tushgan bo`lsa, u holda terini suv oqimi bilan yuvish yoki artib tashlash lozim. Agar pestisid organizmga oshqozon-ichak yo`lidan o`tgan bo`lsa, jabrlanuvchiga bir necha stakan suv yoki kaliy permanganatning och pushti eritmasi ichiriladi va og`izga barmoqni tiqib qayt qildiriladi (2-3 marta). Shundan keyin 2-3 qoshiq aktivlangan ko`mir bilan yarim stakan suv, so`ngra surgi (20 g taxir tuzning 0,5 stakan yeuvdagi eritmasi) ichiriladi. Nafas olish susayganida novshadil spirti qidlatiladi, nafas olish to`xtaganida sun'iy nafas oldiriladi. Chang va zaharli gazlar ta'siri natijasida zaharlanish kishiga hid sezish va xis etish organlarini qo`zg`atadi, shuningdek, umumiy holsizlanish paydo bo`ladi. Zaharlanishni eng birinchi belgilaridan bosh og`rishi, ko`ngil aynishi, boshda og`irlik va quloqda shovqin paydo bo`lishi, bosh aylanishi va yurak urishining tezlashishidir. Zaharlangan odamning zaharlangan muhitda bo`lishining davom etishi uni yana ham holsizlantiradi, uyhuga tortadi, nafas olishi uzuh-uzuh bo`ladi, tomir tortishi paydo bo`ladi va nafas olish markazining falajlanishidan o`lim yuzaga keladi. Jabrlanuvchida zaharlanish alomatlari paydo bo`lishi bilan uni toza havoga olib chiqish, sovuq kompressni boshiga qo`yish va novshadil spirtini hidlatish lozim. Yuzaki sust nafas olishda yoki u to`xtaganda sun'iy nafas oldiriladi. Zaharlanganda birinchi navbatda nafas olish yo`li, teri, oshqozon-ichak trakti orqali zaharli moddalarning o`tishi to`xtatiladi. U teriga tushishi bilan suvda yuvib tashlanadi. Agar zahar oshqozon-ichak trakti orqali organizmga o`tsa, bir necha stakan iliq suv yoki kuchsiz kaliy permanganat aralashmasi ichiriladi, ya'ni ko`ngil aynashini to`xtatish uchun. Undan keyin yarim stakan suvni ikki-uch qoshiq aktivlashtirilgan ko`mir bilan ichiriladi. Qustirish uchun iliq suv yoki kuydirilgan magneziy eritmasi beriladi va jabrlanuvchining oshqozon atrofi uqalanadi, so`ngra jabrlanuvchiga xom tuxum beriladi. GXSG va rux fosfidi bilan zaharlanganida sut tavsiya etilmaydi. Jabrlanuvchiga ichni yumshatadigan tuz glauber yoki angliyskiy) berish mumkin, zahar kuchini yanada oshirib yubormaslik uchun zigir moy (kanakunjut moyi va shunga o`xshashlarni) bermaslik kerak. Jabrlanuvchining yuragi xasta hollarda unga efirli valerian tomchisi beriladi.



    JAROHATLANGANDA BIRINCHI YORDAM KO`RSATISH
    Jarohatlanganda 1 yordam ko`rsatish asosan qon oqishini vaqtincha to`xtatish ( bog`lam, jgut) va infeksiya tuhshishining oldini olish tashkil etadi.

    Jarohatga bog`lam qo`yishdan oldin gavdaninig shu qismidagi kiyim yoki poyafzalni ehtiyotlik bilan echish lozim.

    Vaqtinchalik qon tuxtatishdan so`ng transport immobilizatsiyasi tegishli qoidalar asosoda bajarilishi va bemor davolash muassasalariga yotqiziladi.

    Shifokor kelguncha beriladigan yordamni tibbiyot xamshirasi jarohat yuz bergna joyda tug`ri ko`rsata bilishi kerak. Keyin bemorga qoqsholga qarshi zardob yuborish, uni ixtisoslashgan davolash muassasiga jo`natish kerak.



    Jarohat yuzasini tozalash va birlamchi chok solish.

    Muolajaning bu turini kichikroq yuza jarohatlari bol`gan bemorlarda yoki atroflari tekis, ifloslanmagan va ichkarida joylashgan to`qimalar hamda anchagina shikastlangan kesilgan jarohatlarda bajariladi . Jarohat atrofi soch yoki jundan tozalanadi, teri spirt bilan artiladi a yod eritmasi surtiladi.



    Jarohatga birlamchi xirurgik ishlov berish

    bunda jarohat chekkalari, devorlari va tubini sog`lom to`qimalarigacha kesish, uni aseptic jarohatga aylantirish prinsipi yotadi. JArohat og`riqsizlantiriladi, tozallanadi, qon oqishi uzil- kesil tuxtatiladi. Ichki tomondan ketgut chok solish va terini ipak bilan choklash yordamida jarohat chekkalari bir – biriga yaqinlatiriladi. JArohat chekkalariga antibiotiklar quyiladi.

    yuz, til, qo`l panjasi jarohatlanganda, ya`ni qon ta`minoti yahshi bo`lgan sohalarda jarohat chekkalari minimal darajada kesilib, choklar solinadi va zarurat bo`lganda immobilizatsiya qilinadi. Jarohatni birlamchi xirurgik tozalashdan so`ng normal bitayotgan choklar 7-8 kunida olinadi.
    YURAKNI SUN’IY MASSAJ QILISH
    Yurak tuxtaganda o`tkaziladigan reanimatsion tadbirlar yurakni tashqi massaj qilish va sun’iy nafas oldirish bo`lib, bular bir vaqtda bajariladi.Yurakni tashqi uqalash yo`lida tush suyagining pastki №1|3 qismi kaft bilan faol bosiladi. .Bunda yurak tush suyagi va umurtqa pog`onasi oralig`ida qisiladi va ma’lum miqdordagi yurakdagi qon tomirga haydaladi. Bunday xarakat minutiga 50-70 marta takrorlanadi va muolaja tekis katta joyda bemorni chalqancha yotqizilgan holatda o`tkaziladi. Yurakni tashqi massaj qilish qo`yidagicha ijobiy belgilari bilan aniqlanadi:


      1. uyqu arteriyasida tomir urushining paydo bo`lishi.

      2. Kuz qorachiqlarining torayishi.

      3. yuz terisi, tirnoqlar va lablarning qizarishi

      4. mustaqil nafas xarakatlarining paydo bo`lishi

      5. mushaklar tonusining paudo bo`lishi.

    Yurakni bilvosita massaj ( yopiq) qilish.

    Bu usulning mihiyati shundaki, yurakning tush suyagi bilan umurtqa pog`onasi o`rtasida qisilish natijasida katta va kichik qon aylanish doirasining yirik tomirlariga qon haydaladi va shu tariqa qon aylanish va hayotiy muhim a’zolar funksiyasi sun’iy ravishda quvvatlanib turiladi.Bemor qattiq uringa chalqancha yotqiziladi , bir qul kafti tush suyagining pastki 1\3 qismiga , ikkinchi kaft birinchisining ustiga qo`yiladi, qo`llar tirsak bo`g`imlarida yozilgan bo`lishi kerak, sungra yordam kursatayotgan odamtushni turtkisimon bosib uni umurtqa pog`onasi yo`nalishi bo`yicha 3-5 sm.ga siljitishga,shu vaziyatda taxminan 1,2 sk.kutib turishga sungra qo`llarni tushdan olmasdan turib, ularni tez bushatishga xarakat qiladi .



    SUN`IY NAFAS BERISH USULLARI
    Nafas yo`llari utkazuvchanligini tiklash, nafas - tovush boylamlarininig spazmi, nafas yo`llariga kusuk massasininig tikilishi, intubatsion naychaninig buralib ketishi ,tilning xalqumga ketib qolishi va shu kabilar oqibatida nafas faoliyati tuxtashi mumkin.

    Nafas yo`llari tulik yoki qisman bekilishi mumkin. Bexush holatda yotgan odamda nafas yo`llari erkin o`tkazuvchanligini tiklash uchun tez va izchillik bilan qo`yidagi tadbirlarin o`tkaaizsh zarur:

    1) Bemorni qattiq yuzaga chalqancha yoyqizish.

    2) boshini orqaga engashtirish.

    3) Pastki jag`ini oldinga va yuqori surish va og`zini och.

    4) Og`iz va tomoqni shilimshiq va boshqalardan tozalash.

    5) bemorni og`ziga xavo yuborib, kukrak qafasi ekskursiyasi va nafas chiqarishni kuzatib turish mumkin.

    Og`izdan- og`izga yoki og`izdan-burunga nafas berish usuli nafas oldirishninig eng ta`sirchan va oddiy usulidir. bemor boshini orqaga ko`proq engashtirib, chalqancha yotqiziladi. Buning uchun

    bemorning kuraklari ostiga bolishga uxshatib yumoloqlangan adyol qo`yiladi. Bemorninig burni barmoqlar bilan qisiladi, Og`ziga doka yoki ro`molcha yopiladi va chuqur nafas olib xavo bemorninig og`ziga puflanadi. Nafas chiqarish susut bo`ladi, bir minutda taxminan 12-16 marta puflanadi. Bemorning jag`lari maxkam qisilgan xollarda og`izdan burunga sun`iy nafas oldirish ususli foydali hisoblanadi. bu maqsadda bir qul bilan bemorninig boshi manglayidan orqaga oqaga engashtiriladi. 2-kul bilan iyagidan ushlanadi va pastki jag`ini yuqoriga kutarilib, og`zi berkitiladi. So`ngra chuqur nafas olib lablar bilan burnini kamrab olib jadallik bilan nafas puflanadi.


    Download 0,76 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




    Download 0,76 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MAVZU. YUQUMLI KASALLIKLAR BILAN BOG`LIQ FAVQULODDA VAZIYATLAR

    Download 0,76 Mb.