• Ichki yonuv dvigateli issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradi va transmissiya orqali harakatga keltirish uchun xizmat qiladi.
  • Ichki yonuv dvigateli




    Download 237.72 Kb.
    bet1/3
    Sana18.01.2023
    Hajmi237.72 Kb.
    #38545
      1   2   3
    Bog'liq
    yyyy
    Uyma, portal.guldu.uz-“СТРАТЕГИК МЕНЕЖМЕНТ”, 30471-r23, 1. Modernizatsiya, boshlang\'ich111, boshlang\'ich55555, boshlang\'ich66666, mustaqil ish, Matematik. Naqshlar Reja-muhaz.org, Jo\'rayev S, Sohiba, Документ Microsoft Word (2), ЗАКЛЮЧЕНИ1, gerb

    Dvigatellarni qismlarga ajratish va yig’ish
    Reja
    Dvigatelning vazifasi
    Umumiy tuzilishi
    Baxolash va baholarni elon qilish
    ICHKI YONUV DVIGATELI
    Zamonaviy avtotransport vositalarida asosan ichki yonuv dvigatellari keng tarqalgan. Konstruksiyasi bo‘yicha ichki yonuv dvigatellari porshenli va rotorlilarga bo‘linadi. Avtomobillarda asosan porshenli ichki yonuv dvigatellari qo‘llaniladi. Porshenli dvigatellarda yonilg‘ining yonishi natijasida gazning kengayishida hosil bo‘lgan bosimni porshen o‘ziga qabul qiladi va to‘g‘ri chiziqli ilgarilama-qaytma yo‘nalishi bilan tirsakli valni aylanma harakatga keltiradi. Ichki yonuv dvigatelining ishlashi uchun unga havo va yonilg‘idan iborat yonuvchi aralashma bilan ta’minlash lozim.
    Ichki yonuv dvigateli issiqlik energiyasini mexanik energiyaga aylantirib beradi va transmissiya orqali harakatga keltirish uchun xizmat qiladi.
    Ichki yonuv dvigatel (IYOD) mexanizm va tizimlar majmuasidan tashkil topgan. Bular quyidagilar:
    Avtomobillarda asosan to‘rt taktli dvigatelining ish siklidan foydalaniladi. Bular:
    kiritish;
    siqish;
    kengayish (ish yo‘li);
    chiqarish.
    Ish sikli tirsakli valning ikki marta aylanganida sodir bo‘ladi.
    Kiritish takti, porshen yuqorigi chetki nuqta (YUCHN)dan pastki chetki nuqta (PCHN)ga tomon harakatlanganida amalga oshib, tirsakli valning 0 dan 180° gacha burilishiga to‘g‘ri keladi. Bu taktning boshlanishi oldidan kiritish klapani ochiladi. Silindrga yonuvchi aralashma (benzinli dvigatellarda) yoki havo (dizellarda) kiritiladi. Silindrga kiritilgan yonuvchi aralashma qizigan detallarning ta’sirida qiziydi va kiritish takti oxirida uning harorati 40°...80°S ga yetadi (14a rasm).
    Siqish takti, porshenning PCHNdan YUCHN tomon siljiganida amalga oshadi va tirsakli valning 180° dan 360° gacha burilishiga to‘g‘ri keladi. Bunda kiritish hamda chiqarish klapanlari yopiq bo‘ladi. Harorat 270...650°S ga yetadi (14b rasm).
    Kengayish yoki ish yo‘li takti, ikkala klapanning yopiq xolatida tirsakli valning 360 dan 540° gacha burilishida amalga oshadi. Ishchi aralashmaning alangalanishi natijasida silindrdagi harorat va bosim tez ko‘tariladi. Gazlarning maksimal harorati esa benzinli dvigatellarda 2200...2500° S ga, dizellarda 1600... 1900°S ga yetadi (14v rasm).

    Download 237.72 Kb.
      1   2   3




    Download 237.72 Kb.