Dinamik sahifalar
Dinamik sahifalar blog tizimining asosini tashkil qiladi va biror bir rubrika ostida e'lon qilinadigan yangiliklar ketma-ketligidan iboratdir. Bunda har bitta keyingi e'lon qilingan material sahifaning yuqorisidan o'rin oladi va oldingi materialni pastga tushiradi.
Bunday sahifalarni e'lon qilishdan oldin ularni e'lon qilish mumkin bo'lgan rubrikalarni sozlab olish kerak.
Buning uchun Записи bo'limidan
Рубрики menyusini tanlaymiz. Shunda yangi rubrika qo'shish va mavjud rubrikalar ro'yxati chiqadi. WordPressda avtomatik ravishda bittagina rubrika yaratiladi va u
Новости deb ataladi.