Infratuzilma
Infratuzilma (lot. infra - ostida) — i. ch.
va tovar muomalasi, shuningdek,
inson hayot faoliyati
uchun zarur boʻlgan meʼyoriy sharoitni taʼminlashga xizmat qiluvchi turli-tuman yordamchi
xizmat koʻrsatuvchi sohalar (tashkilot, korxona va muassasa) majmui; nomoddiy i.ch. sektori.
I. xizmatlari moddiy shaklga ega boʻlmagan tovarlar boʻlib, ular hayotiy ehtiyojlarni qondiradi.
I. zaruriy shart boʻlganidan uning ishlab turishini taʼminlashga iqtisodiy
resurslarning bir qismi
jalb etiladi. I. xizmat koʻrsatish sohasiga koʻra ishlab chiqarish infratuzilmasi (i.ch. ga xizmat
koʻrsatuvchi sohalar —
yuk tashish transporti, elektr va issiqlik taʼminoti, yoʻl xoʻjaligi, suv
xoʻjaligi, ombor xujaligi,
ilmiy konstruktorlik xizmati, axborot xizmati va b.) va ijtimoiy-maishiy
infratu-zilma (aholiga xizmat koʻrsatib, uning ehtiyojini qondiruvchi sohalar — maorif, sogʻliqni
saqlash,
jismoniy tarbiya va sport, maishiy xizmat va b.) ga ajraladi. I. xizmati tovar
boʻlganidan oldi-sotdi etiladi. Uning asosiy vazifasi insonga xizmat koʻrsatish,
ammo bu ish
pulli,rostan bepul va imtiyozli tarzda bajarilishi mumkin. I. xizmatlarini harakteriga koʻra
guruxlaganda bozor infratuzilmasi ajralib turadi. Chunki unda bozor munosabatlarini amalga
oshiruvchi xizmatlar koʻrsatiladi. Qaysi darajada xizmat koʻrsatilishiga koʻra, korxona,
tarmoq
i. ch. majmualari va hududiy I. ham mavjud. I. sohasida yaratilgan xizmatlar i. ch. va inson
uchun naf keltiradi. I. xizmat koʻrsatishini tashkil etish uchun mablagʻlar sarflanadi.
Shuning
uchun ularni hisoblash mumkin va ular yalpi milliy mahsulot tarkibiga kiritiladi. I. ni yaratuvchi
mehnat ham unumli hisoblanadi. I. ning samaradorligi koʻrsatilgan
xizmatlarning sarf-
harajatlarga nisbati orqali aniqlanadi.
[1]
1.
OʻzME
. Ahmadjon Oʻlmasov. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar