• Ishni bajarish uchun namuna
  • Ozaro faoliyat platforma IDE
  • 2-qadam.
  • 5-qadam.
  • Topshiriqlar
  • Ishdan maqsad: PyCharm Community ide dasturi bilan tanishish va python dasturlash tili uchun loyiha yaratish. Python dasturlash tili virtual sohasini yaratish. Masalaning qo’yilishi




    Download 176,5 Kb.
    Sana20.11.2023
    Hajmi176,5 Kb.
    #101913
    Bog'liq
    1 hammasiga


    1- tajriba ishi
    Mavzu: PyCharm Community IDE dasturi bilan tanishish va python dasturlash tili uchun loyiha yaratish. Python dasturlash tili virtual sohasini yaratish.
    Ishdan maqsad: PyCharm Community IDE dasturi bilan tanishish va python dasturlash tili uchun loyiha yaratish. Python dasturlash tili virtual sohasini yaratish.
    Masalaning qo’yilishi: Talaba PyCharm Community IDE dasturi bilan tanishish va python dasturlash tilini ishlatishni o’rganib olishi va ishlata olishi
    Ishni bajarish uchun namuna
    Python dasturlash tili boshqa dasturlash tillaridan farqli ravishda, mukammal darajada ishlab chiqilgan. Python dasturlash tili, boshqa dasturiy vositalarni boshqarish va ularning tarkibiy qismlarini mustaqil boshqarishni amalga oshiradi. Aslida, Python ko‘p maqsadli dasturlash tili sifatida o‘rganilishi mumkin, bu dasturlash tili yordamida bir qancha jarayonlarni dasturlash imkoni yaratiladi. Python dasturlash tilida, bir vaqtning o‘zida, boshqa dasturlash tillaridan farqli ravishda, bir nechta turdagi dasturlar yaratish inkoniyati mavjud, ya’ni:

    • amaliy dasturiy maxsulotlar;

    • web ilovali dasturiy maxsulotlar;

    • ilmiy dasturiy maxsulotlar yaratish imkonini beradi.

    Kelajakda siz o'zingiz uchun qulay muhitni tanlab, yangi dasturlarni yangi muhitda yozishingiz mumkin. Boshlanishiga esa biz qulay va sodda, lekin shu bilan birga funksiyalarga boy bo'lgan Pycharm muhitini tanlaymiz. Python dasturlash tili uchun moʻljallangan integrallashgan ishlab chiqarish muhiti (inglizcha IDE — integrated development environment soʻzlaridan olingan) hisoblanadi. U Chexiyaning JetBrains kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu dastur bizga kodlarni tahlil qilish, grafik tuzatishni, versiyalarni boshqarish tizimlari (VCSes) bilan integratsiyani ta'minlaydi va Django bilan veb-ishlab chiqishni qo'llab-quvvatlaydi.
    Bu bir O'zaro faoliyat platforma IDE, u Windows, macOS va Gnu / Linux versiyalariga mos keladi. Ushbu dasturning ikkita versiyasi mavjud. Ijtimoiy nashr Apache litsenziyasi va mulkiy litsenziya asosida chiqarilgan professional nashr. Ikkinchisi jamoat nashrida qo'shimcha funksiyalarga ega.
    1-qadam PyCharmni yuklab olish uchun web saytga tashrif https://www.jetbrains.com/pycharm/download/ sahifasiga kiring va bo'limi ostidagi "yuklab olish" havolasini bosing.

    2-qadam. Yuklab olish tugallangach, PyCharmni o'rnatish uchun yuklab olingan faylni ishga tushiring. O'rnatishni boshlash uchun keyingi (Next) tugmasini bosing.

    3-qadam. Hosil bo’lgan oynada kerak bo'lsa, o'rnatish yo'lini o'zgartiring va "Keyingi" tugmasini bosing.

    4-qadam. Keyingi ekranda, agar siz xoxlasangiz, ish stolida ilova yorlig'ini yaratishingiz mumkin. Yaratmoqchi bo’lsangiz bayroqcha qo’ying va keying tugmasini bosing.

    5-qadam. Boshlash menyusi papkasini tanlang. Tanlangan JetBrains saqlang va "Install" tugmasini bosing.

    6-qadam. Dastur o’rnatilmoqda o'rnatish tugashini kuting.

    7-qadam. O'rnatish tugagandan so'ng, siz PyCharm o'rnatilganligi haqida xabar ekranini olishingiz kerak. Agar siz davom etmoqchi bo'lsangiz va uni ishga tushirmoqchi bo'lsangiz, avval "PyCharm Community Edition-ni ishga tushirish" katagiga bayroqcha qo’ying va "Finish"tugmasini bosing.

    Dasturlni ham kompyuterimizga o’rnatildi endi dasurni ishga tushirib loyihalarimizni boshlashimiz mumkin.
    Topshiriqlar
    1.Python dasturlash tili qachon kim tomonidan ishlab chiqilgan.
    2.Python dasturlash tilini rasmiy veb sahifasi qanday?
    3.Paycharm dasturni qanday qilib yuklab olib kompyuterimizga o’rnatishimiz mumkin.
    Download 176,5 Kb.




    Download 176,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ishdan maqsad: PyCharm Community ide dasturi bilan tanishish va python dasturlash tili uchun loyiha yaratish. Python dasturlash tili virtual sohasini yaratish. Masalaning qo’yilishi

    Download 176,5 Kb.