• Ishlab chiqarish jarayoni
  • Moddiy ishlab chiqarish
  • Samaradorlikni oshirishga ta‘sir qiladigan omillar
  • Evolyutsion yo’lidir
  • Ishlab chiqarish nazariyasi




    Download 3,67 Kb.
    Sana19.11.2023
    Hajmi3,67 Kb.
    #101471
    Bog'liq
    Ishlab chiqarish nazariyasi 2


    Ishlab chiqarish nazariyasi

    REJA:


    Ishlab chiqarish nazariyasi

    1. Ishlab chiqarish jarayonining mazmuni.

    2. Ishlab chiqarishning umumiy va pirovard natijalari.

    3.Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko’rsatkichlari.

    Ishlab chiqarish jarayoni - bu insonlarning o’z iste‘mollari uchun zarur bo’lgan moddiy va nomoddiy ne‘matlarni ishlab chiqarishga yo’naltirilgan maqsadga muvofiq bo’lgan faoliyatlar majmuasidir. Ishlab chiqarish bu kishilarning real mehnat faoliyatidir.
    Ishlab chiqarish sohalari
    Modiy ishlab chiqarish
    Xizmat ko`rsatish


    Moddiy ishlab chiqarish
    Xizmat ko`rsatish
    sanoat
    qurilish

    qishloq xo`jaligi


    turizm

    sport
    sog`liqni saqlash


    ta`lim
    Jami tovarlar va xizmatlar, ya‘ni milliy mahsulotning yil davomidagi yig’indisi mamlakat bo’yicha ishlab chiqarishning umumiy natijasi deyiladi.

    Mamlakatda yil davomida yaratilgan milliy mahsulot natural jihatdan uch qismdan iborat bo`ladi


    Ishlab chiqarish vositalari
    Iste`mol buyumlari
    Turli hildagi xizmatlar
    Yaratilgan mahsulot qiymat jihatdan ham uch qismdan iborat bo’ladi.
    1. Ishlab chiqarish jarayonida iste‘mol qilingan ishlab chiqarish vositalar qiymatining mahsulotga utgan qismi (S);
    2. Yangidan vujudga keltirilgan mahsulotning mulkdorlar, tadbirkorlar, va jamiyat uchun ishlab chiqarilgan qo’shimcha mahsulot qiymati (J);
    3. Yangidan yaratilgan mahsulotning bir qismi, ishchilarga tegishli qismi zaruriy mahsulot qiymati (Ya) dan iboratdir.
    Yaratilgan mahsulotdan iste‘mol qilingan ishlab chiqarish vositalari qiyomati chegirib tashlansa, qolgan qismi sof mahsulot deyiladi.
    Qo`shimcha mahsulot
    Zaruriy mahsulot

    Zaruriy mahsulot - bu ishchi va xizmatchilar tomonidan ish vaqtining bir qismi bo’lgan zaruriy ish vaqtida zaruriy mehnat bilan yaratiladi va ularga ish haqi, mehnat haqi ko’rinishida beriladi.
    Zaruriy mahsulot
    Ish haqi
    Ijtimoiy himoya fondlari
    Qo`shimcha mahsulot
    foyda

    foiz
    renta

    soliqlar

    Samaradorlikni oshirishga ta‘sir qiladigan omillar

    Ishchi kuchi salohiyati;

    Fan-texnika taraqqiyoti va uning yangiliklari;

    Ishlab chiqarishda innovatsiyalarni qo’llash.

    Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash.

    Sub‘ektlarni ya‘ni ishlab chiqaruvchilarni moddiy rag’batlantirish.

    Tabiiy, modiy va mehnat resurslaridan tejash va tejamkorlik bilan foydalanish;

    Iqtisodiyotni tarkibiy tuzilish va ratsional joylashtirish;

    Fan texnika taraqqiyotini ikkita yo’li bor:
    evolyutsion
    revolyutsion
    1. Evolyutsion yo’lidir - mavjud texnika texnologiya asosida, mashinalar va uskunalar qisman modernizatsiyalashtiriladi, rivojlanish asta-sekinlik bilan amalga oshirib boriladi.

    2.Revolyutsion yo`li- fan-texnikaning bir qancha sohalarida birdaniga katta o`zgarishlar qilinadi, texnikaning eng so`nggi yangiliklari tufayli samaradorlikka erishadi


    http://fayllar.org
    Download 3,67 Kb.




    Download 3,67 Kb.