|
Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olmaliq filiali “ ”
|
bet | 1/7 | Sana | 07.04.2023 | Hajmi | 0.76 Mb. | | #49394 |
Bog'liq Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti olma A1 format Subxonov Sh IF-67 1- ilova, Maxkamboyev M praktika kundalik (2), TENG KUCHLI TENGLAMA VA TENGSIZLIKLAR HAQIDA TEOREMALAR, R.Shuman kurs ishi , Payvandlash-davomida-elektrodning-harakatlari., 4 курс даволаш 2022 , 7-amaliy ish, Qashqadaryo viloyati tabiat komponentlari, СОБИТОВА ТИТУУЛ, raqam, 9856326548
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI OLMALIQ FILIALI
“________________________________________________” kafedrasi
“__________________________________________________” fanidan
MUSTAQIL ISH
Bajardi:______________guruh talabasi__________________________
Tekshirdi___________________________________________
Olmaliq 2022
Mavzu: ERITIB PAYVANDLASH.
ERITIB PAYVANDLASHDA VODORODNING METALLGA VA PAYVAND CHOKIGA TA’SIRI
Reja:
Payvandlash haqida umumiy ma’lumot
Eritib payvandlash
Eritib payvandlashda vodorodning metallga va payvand chokiga ta’siri
Eritib payvandlash turlari
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Payvandlash haqida umumiy ma’lumot
Payvandlash (texnikada) — qattiq materiallar (metall, keramika, shisha va boshqalar)ni ajralmas qilib biriktirish usuli. Payvandlashning 60 dan ortiq usuli bor.
Metallarni payvandlash qadimdan maʼlum. 1882-yilgacha bosim ostida payvandlashning temirchilik usulidan foydalanilgan. Rus ixtirochisi N. N. Benardos birinchi marta metallarni koʻmir elektroddan foydalanib payvandlash (elektr yoy) usulini topgan, rus muhandisi N. G. Slavyanov buni takomillashtirib, koʻmir elektrod oʻrniga metall elektrod ishlatgan. Atsetilen topilganidan keyin fransuz metallurgi E. Fushe gaz payvandni, amerikalik olim J. Tomson qarshilikli uchma-uch payvandlash (1837), keyinchalik N. N. Benardos nuqtaviy kontakt payvandlash usulini ixtiro qildi, akademik Y. O. Paton (1940) rahbarligida elektr shlakli payvandlash usuli ishlab chiqildi.
Payvandlashning bosim ostida va eritib payvandlash usullari bor.
Bosim ostida payvandlashda metall plastik holatga keltirib biriktiriladi; biriktiriladigan joyga tashki kuch taʼsir ettiriladi. Bunday payvandlash mexanik, kimyoviy-mexanik va elektr-mexanik usullarga boʻlinadi. Kontakt payvand, nuqtaviy payvandlash usullari ham bor.
|
| |