Международный
научный
журнал
№
7
(100),
часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
февраль
, 2023
г
481
KOMPYUTER GRAFIKASIDAN FOYDALANIB AMALIY MASHG’ULOTLARNI TASHKIL
ETISHNING ASOSIU XUSUSIYATLARI
Suyarov Akram Musayevich
Samarqand Davlat Universiteti dotsent, PhD
Toshtemirov Aziz Yusupovich
O‘zbekiston-Finlyandiya pedagogika instituti magistranti
Annotatsiya:
So‘nggi yillarda mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va
samaradorligini oshirish, talabalarda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish,
ta’lim tizimlari hamda ilm-fan sohasi o‘rtasida yaqin hamkorlik va integratsiyani, ta’limning
uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Maqolada
amaliy mashg’ulotlarni samaradorligini oshirishda kompyuter grafikasi vositalaridan
foydalanish asoslari yoritilgan.
Tayanch iboralar:
kompyuter grafikasi, kompyuter grafikasi turlari, amaliy
mashg’ulotlarda kompyuter grafikasi vositalaridan foydalanish o‘rni va samaradorligi.
Ta’lim-tarbiya sohasidagi masalalarning to‘xtovsiz takomillashib borishi va yangi
imkoniyatlarning yuzaga kelishi oliy ta’limda ta’lim sifat va samaradorligini oshirish
vazifalarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun o‘qitish usullarini
muttasil yangilab
turishni taqozo etmoqda. Shu bilan birga, ta’lim tizimining amaldagi holati uni zamon
talablari asosida modernizatsiya qilish, yoshlarni yuksak bilim-ma’rifat egalari, jismoniy va
ma’naviy sog‘lom insonlar etib tarbiyalash, ularning samarali faoliyat yuritishi uchun zarur
shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha izchil chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etmoqda.
Dars jarayonida o‘qituvchi va talaba faoliyatining turfaligi o‘rgatiladigan ma’lumoning
xarakteriga qarab belgilanadi. Ma’lumki, ta’lim vositalari ham har qanday jarayonning sifati
va natijalarga erishish imkoniyatini oshirishda muhim omildir. Vosita–ma’lum o‘qitish
usulini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan yordamchi o‘quv materiallari:
asbob, qurol, apparat va boshqa shu kabilardan foydalanishdir. Ta’lim
jarayoniga
yangiliklarning kirib kelishi innovatsiyani anglatadi. Demak, pedagogik innovatsiyalashuv
ta’limning ilmiy bilimlar, metodologiyalarini
jamiyat rivojlanishi, ta’limga qo‘yilayotgan
ijtimoiy buyurtmaning jahon talablari darajasiga bog‘liq holda moslashuvchanligi deb talqin
etish mumkin.Zamonaviy pedagogikada ham, ta’limni shunday ta’lim modellari yaratildiki,
ular ta’limga texnologik jarayon sifatida yondashilib, ma’lum sharoitlarda va belgilangan
vaqt ichida ko‘zlangan ta’lim maqsadlariga erishishni kafolatlaydi
va keng imkoniyatlar
yaratadi.
Ta’lim tizimida amaliy mashg’ulotlarni bilim zahiralarini yaratish jahon amaliyoti
saviyasida tashkil etish, ta’lim oluvchi
shaxsda mustaqil fikrlovchi, bilimlarni mustaqil
ravishda qidiruvchi, axborotlar to’plovchi va ulardan foydalana
oluvchi mutaxassislarning