|
Jalolova Bahoraning "Informatika"
|
bet | 1/6 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 47,05 Kb. | | #231317 |
Bog'liq Jalolova Bahora
SAMARQAND DAVLAT TIBBIYOT UNIVERSITETI
Davolash-2 fakulteti 1-kurs 101 - guruh talabasi
Jalolova Bahoraning “Informatika” fanidan
“Multimediya vositalari. Ovozli maʼlumotlar bilan ishlash qurilmalari” mavzusidagi bajargan
MUSTAQIL ISHI
Qabul qildi: Abdullayeva Sanobar
Toshkent – 2024
MUNDARIJA
Kirish……………………………………………………………………3
Multimedia texnologiyalaridan
foydalanish………………….……………………………….……….…….....5
Multimediali ma‘lumotlar turlari………………………………………11
Xulosa……………………………………………………………….….12
Mavzu bo’yicha test savollari ……………………………………….....13
Glossari…………………………………………………………………15
Foydalanilgan adabiyotlar ……………………………………………..16
KIRISH
Mutimediali taqdimot – bugungi kunda axborot taqdim etishning yagona va eng zamonaviy shakli hisoblanadi. Bu matnli ma‘lumotlar, rasmlar, slayd-shou, diktor jo‘rligidagi ovoz bilan boyitilgan, videoparcha va animatsiya, uch o‘lchamli grafika tarzidagi dasturiy ta’minot bo‘lishi mumkin. Taqdimotning ma‘lumot taqdim etishning boshqa shakllaridan asosiy farqi ularning mazmunan boyitilganligi va interfaolligidir, ya’ni belgilangan shaklda o‘zgarishga moyilligi va foydalanuvchi faoliyatiga munosabatini bildirishidir. Bundan tashqari, taqdimot Sizning saytingiz kaliti ham bo‘lishi mumkin. Ya’ni Internetga chiqish imkoniyati mavjud bo‘lgan paytda sichqonchani bir martagina bosish orqali taqdimotni ko‘rib, kompaniya saytidan eng yangi ma‘lumotni olish mumkin.
Multimediali texnologiya (multi – ko‘p, media – muhit) bir vaqtning o‘zida ma‘lumot taqdim etishning bir necha usullaridan foydalanishga imkon beradi: matn, grafika, animatsiya, videotasvir va ovoz.
Multimediali texnologiyaning eng muhim xususiyati interfaolik – axborot muhiti ishlashida foydalanuvchiga ta’sir o‘tkaza olishga qodirligi hisoblanadi.
So‘nggi yillar davomida ko‘plab multimediali dasturiy mahsulotlar yaratildi va yaratilmoqda: ensiklopediyalar, o‘rgatuvchi dasturlar, kompyuter
taqdimotlari va boshqalar.
|
| |