www.pedagoglar.uz
42-son 2–to’plam mart 2023
Sahifa: 176
KASHTA CHOKIDA KOMPOZITSIYA TIKISH
Toshkent viloyati Yangiyòl shahar
7-òrta ta'lim maktabining Texnalogiya fani o‘qituvchisi
Hakimova Dilfuza Baxodirovna
Annotatsiya: Ushbu maqolada kashtaning nimalar tayyorlashda ishlatilishi,
qaysi
mamlakatlarda mashhurligi, kashtachilikda o‘simlik, gul, shoxlarning
tasvirlanishi, naqshda qanday shakllardan ko‘proq foydalanishi, chok turlari haqida
ma’lumot berib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: kashtado‘zlik, naqsh,
xromatik, axromatik, spektor,
qaytma
chok, suv chok, iroqsimon chok, yo‘rma chok, popop chok.
O‘zbek milliy kashtado‘zligi xalq hunarmandchilik san’atining eng qadimiy
turlaridan hisoblanadi. Kashta kiyimlar va buyumlarni bezashda hamda ro‘zg‘or
bezak buyumlari tayyorlashda qadimdan qo‘llaniladi. Kashtachilik san’ati nafaqat
mamlakatimizda, balki chet ellarda ham shuhrat qozongan. O‘zbek chevarlari
qo‘llari
bilan tikilgan kirpech, so‘zana, zardevor, gulko‘rpa,
choyshab kabilar
Fransiya, Italiya, Yaponiya, Germaniya, Belgiya, Amerika, Hindiston kabi xorijiy
mamlakatlarda ham mashhur. Respublikamizning Farg‘ona vodiysida faqat
xonadonlarda emas, amaliy san’at muzeylarida ham qo‘l kashtachiligi namunalari
to‘planib, doimiy ekspozitsiyaga aylanib qolgan. Hozirgacha bu buyumlar o‘ziga
xos go‘zallik, nafis bezaklarning rang-barangligibilan
kishilarni hayratga solib
kelmoqda. Badiiy kashtachilik uzoq tarixga ega, buni
arxeologik topilmalar va
yozma manbalar isbotlab bermoqda. O‘zbek kashtachiligi qo‘shni xalqlar
kashtachiligi ta’sirida boyidi va rivojlandi.
Unda hind, xitoy, rus, qozoq, qirg‘iz va
tojik kashtachiligi usullarini uchratamiz. Kashtachilik san’atida har bir millatning
o‘ziga xos, eng ko‘p qo‘llaydigan naqshlari bo‘ladi. O‘rta Osiyoda kashtachilik
juda keng tarqalgan. O‘tmishda bu kashtalar oq va
tabiiy malla shoyi, adras, baxmal