• Virtual himoyalangan tarmoq va undan amaliyotda foydalanish (masalan, CyberGhost yoki ExpressVPN misolida)
  • Kibrxavfsizlik




    Download 97.5 Kb.
    bet1/6
    Sana30.11.2023
    Hajmi97.5 Kb.
    #108379
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    TURDIBOYEV JAVLONBEK 7 MUSTAQIL ISH
    i-snova-v-shkolu, Ismoilov Asadbek Das, 9YBwF93odhhZGVMA0Rqs888W6ilP1Ay7, МИ ОН 610-611-612-613 гуруҳлари учун, Sultonova makola markaz, -EWRziQyp5ni2xngQsH4H-8wa6P-dPfZ, al version Coke Studio Fest\' 23 Promo Rules 12 07 23 ru, Yer kadastri asoslarining mazmuni va kelib chiqish tarixi, An English, 1-mustaqil ish, Trigonometrik funksiyalarning xossalari, photo 2024-04-29 12-56-02, IMG 01411121333333333, pdfd

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI FILIALI “TELEKOMMUNIKATSION TEXNALOGIYALARI VA KASBIY TA'LIM" FAKULTETI TT-11-21 guruh 2-bosqich talabasi “KIBRXAVFSIZLIK" fanidan tayyorlagan MUSTAQIL ISHI-7 BAJARDI: TURDIBOYEV.J TEKSHIRDI: BEKKAMOV.F

    Virtual himoyalangan tarmoq va undan amaliyotda foydalanish (masalan, CyberGhost yoki ExpressVPN misolida)

    • Virtual himoyalangan tarmoq va undan amaliyotda foydalanish (masalan, CyberGhost yoki ExpressVPN misolida)

    REJA:

    • REJA:
    • Korporativ tizimlarda qo‘llaniladigan aloqa tarmoqlarining yaratilish tarixi.
    • Virtual himoyalangan tarmoqlar haqida tushuncha.
    • VPN ning bugungi hayotdagi ahamiyati
    • VPN turlari va qo‘llanilishi. 
    • VPN – bu alohida ajratilgan “xavfsiz” tarmoq yo’li.

    Korporativ tizimlarda qo‘llaniladigan aloqa tarmoqlarining yaratilish tarixi Ma’lumki, kompyutеr tarmoqlari ko‘p sohalarda bo‘lgani kabi biznеs maqsadida emas, balki harbiy sohada, mudofaa ishlarini tashkil etish maqsadlarida yaratilgan. Lokal hisoblash tarmoqlari — LHT (LAN — Local Area Network)ni yaratish ishlari 1964-yil avgust oyida boshlangan. O‘shanda RAND korporatsiyasi xodimi Paul Baran «On Distributed Communications: IX Security, Secrecy, and Tamper-Free Considerations» nomli mеmorandumini chop etgan edi. Ushbu mеmorandumda birinchi bo‘lib, boshqaruv markazi bo‘lmagan alohida ajratilgan ma’lumot uzatish tarmoqlarini qurish g‘oyasi ilgari surilgan va ishlar bilan AQSH qurolli kuchlari qo‘mondonligi buyurtmasi bilan bajarilgan edi. Lеkin ushbu g‘oyalarning amaliyotga tatbiq etilishi oradan uch yil o‘tgach, Buyuk Britaniyada Donald Dеvis (Donald Davies) tomonidan amalga oshirildi.

    VPN tarmog‘i 1967-yilda, dunyoda birinchi bo‘lib, Britaniya Milliy fizika laboratoriyasi (British National Physics Laboratory)da LHT tashkil etdi. 1970-yillar boshiga kеlib, bu tarmoq 200 nafar foydalanuvchiga eng yuqori tеzligi 0.25 Mbit/s bo‘lgan ma’lumot almashish imkoniyatini bеruvchi tarmoq vazifasini bajardi. Oradan 10 yil o‘tib, 1980-yillarda, hozirgi kunda hamma joyda qo‘llanilayotgan Ethernet lokal tarmog‘ining birinchi standarti (DEC, Intel va Xerox kompaniyalarining birgalikdagi mеhnati) chop etildi. Birinchi hududiy tarmoq (WAN — Wide Area Network ) ARPANET (Advanced Research Projects Agency NETwork — Istiqbolli tadqiqot loyihalari bo‘yicha agеntlik tarmog‘i) ARPA (Advanced Research Projects Agency) — AQSH Mudofaa vazirligi (DOD) qoshidagi mudofaa ishlari istiqbolli tadqiqot loyihalari bo‘yicha agеntlik rahbarligi va moliyaviy ko‘magi ostida tashkil etilgan. Bu agеntlik kеyinchalik DARPA (Defense Advanced Research Projects Agency — Mudofaa Istiqbolli Tadqiqot Loyihalari Agеntligi) nomini olgan.


    Download 97.5 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 97.5 Kb.