• Kalit so`zlar
  • Key words
  • Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarning rivojlantiruvchi markazlardagi o’yin faoliyatlarini tashkil etish Sultonova Nurxon – Qo`qon dpi annotatsiya




    Download 56.5 Kb.
    bet1/4
    Sana13.04.2023
    Hajmi56.5 Kb.
    #50999
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Sultonova makola markaz
    i-snova-v-shkolu, Ismoilov Asadbek Das, 9YBwF93odhhZGVMA0Rqs888W6ilP1Ay7, МИ ОН 610-611-612-613 гуруҳлари учун, -EWRziQyp5ni2xngQsH4H-8wa6P-dPfZ, al version Coke Studio Fest\' 23 Promo Rules 12 07 23 ru, TURDIBOYEV JAVLONBEK 7 MUSTAQIL ISH, Yer kadastri asoslarining mazmuni va kelib chiqish tarixi, An English, 1-mustaqil ish, Trigonometrik funksiyalarning xossalari

    Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarning rivojlantiruvchi markazlardagi o’yin faoliyatlarini tashkil etish
    Sultonova Nurxon – Qo`qon DPI
    Annotatsiya mazkur maqolada maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarning rivojlantiruvchi markazlardagi o’yin faoliyatlarini tashkil etish borasidagi ma`lumotlar va fikrlar berilgan. Shuningdek, rivojlantiruvchi markazlardagi o`yin faoliyati xususiyatlari, e`tiborli jihatlari batafsil yoritib berishga harakat qilingan.
    Kalit so`zlar: maktabgacha yosh, faoliyat, o`yin, rivojlantiruvchi markaz, ijro, rol, vazifa, taqlid.
    Organization of gaming activities in development centers for preschool children


    Sultonova Nurxon – KSPI


    Annotation The article presents information and opinions on the organization of gaming activities in developmental centers for preschool children. An attempt was also made to explain in detail the features and important aspects of gaming activities in development centers.
    Key words: preschool age, activity, game, development center, representation, role, task, imitation.


    KIRISH
    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida maktabgacha ta’lim tizimida olib boriladigan ishlar mazmuni aniq belgilab berildi. Unga ko‘ra maktabgacha ta’lim tizimiga innovatsiyalarni, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, MTTlarda bolalarni rivojlantirishga mutlaqo yangi yondashuvlarni joriy etish1 kabi vazifalar belgilab qo‘yildi. Qaror bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi ham tasdiqlandi. Konsepsiya doirasida maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratiladi.
    Bolaning rivojlanishi bu faoliyat jarayonida ijtimoiy tajribani o’zlashtirishi demakdir. Maktabgacha bolalik davrida o’ynash bolaning yetakchi faoliyati hisoblanadi. O’yin davomida bola odamlar tomonidan to’plangan tajribaga ega bo’ladi.
    O’yin faoliyati bolani rivojlanishning keyingi, yanayam yuqori bosqichiga – maktabda o’qishga o’tishga tayyorlaydi. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun o’yinlar juda katta ahamiyatga ega: ular uchun o’yin - bu o’qish, ular uchun o’yin – bu mehnat, ular uchun o’yin bu jiddiy tarbiya shaklidir.
    O’yinlarning barcha turlari orasida bolani rivojlantirish uchun eng yaxshi ta’sir etadigani syujetli va rolli o’yinlardir. Bolalar uchun eng sevimli, eng kerakli o’yinlar - bu shunday o’yinlarki, unda bolalar o’zlari o’yin maqsadini belgilaydi.Bular: uy qurish, maktabga borish, tushlik qilish... O’yin jarayoni ushbu maqsadga erishishdan iboratdir: bola reja tuzadi, amalga oshirish usullarini tanlaydi. U minadigan poezd stullardan qurilgan bo’lsin, uy yog’och chipslardan qurilsin, lekin gap bunda emas, bolaning tasavvurlari haqiqatni to’ldiradi; bu yerda reja tuzish jarayonining o’zi juda muhimdir.
    O’yin faoliyatida bolaning kattalar hayotida ishtirok etish zarurati amalga oshiriladi. Rivojlantiruvchi markazlarda bolalar bilan ishlashda va o’yinlarni bolalarning yoshiga mos tarzda tashkil qilish, pedagoglarning pedagogik mahoratlariga va ish uslublariga bog’liqdir. Pedagogik mahorat bugungi kunda barcha maktabgacha ta’lim tashkilotida o’z faoliyatini olib borayotgan pedagoglar va barcha xodimlar uchun juda ham zarurdir. Aynan bugungi kun bolasi uchun, unga qiziq bo’lgan barcha savollariga, bizning jonkuyar tarbiyachilarimiz va ota-onalarimizning javoblari doiml bo’lishi shart. Ba’zida vaziyatdan chiqib ketishimizga ham to’g’ri keladi.Albatta bu bizning maxoratliligimizga bog’liqdir. Rivojlantiruvchi o’yin markazlarida bolalar erkin va mustaqil fikrlashga o’rganadilar. Tasavvur va tafakkur qilish tez rivojlanadi. Rivojlantiruvchi markazlarni joylashuvi quydagicha bo’lishi lozim.Tinch markazlarni shovqinli markazlardan xoli ya’ni, markazda bolalar ishlashlari va o’ynashlari uchun to’g’ri joylashtirishimiz maqsadga muvofiqdir. Bolalarni markazlarga mustaqil tanlab, borib o’ynashlarini va zerikib qolmaslaridan boshqa markazlarga yo’naltirib turish kerak. Aks holda bolalar zerikib anashu markaz ular uchun qiziq emasdek fikrlab qoladilar.
    O’yin bu bolalar tomonidan o’zlarining zimmasiga olgan rollari yordamida va turli o’yin predmetlaridan foydalangan holda katta insonlarning faoliyatini va ularning munosabatlarini aks ettirishdir. O’yinlar davomida "ba’zi sharoitlarda kattalar tomonidan bajariladigan har qanday haqiqiy harakatlar bola tomonidan boshqa, o’yin sharoitida takrorlanadi.
    Kattalar singari bo’lish istagini qondirgan holda bolalar o’yinlarda o’zlarining faollikka, mustaqillikka intilishini amalga oshiradilar, tashabbus ko’rsatadilar, ijodiy harakat qiladilar.
    O’yinlar bolalarning hayotini quvnoq kechinmalar bilan to’ldiradi, ularni hissiy jihatdan boyitadi, tetik kayfiyatni yaratadi.
    O’yin bu haqiqatni aks ettirish shaklidir. Syujetli va rolli o’yin - bu bolaning maxsus insoniy faoliyati bo’lib, u hayvonlarda kuzatilishi mumkin bo’lgan o’yin analoglaridan tubdan farq qiladi. Ushbu o’yin nafaqat mazmunan, balki tuzilishi bo’yicha ham, mexanizmi bo’yicha ham ijtimoiy ahamiyatga ega.
    O’yin faoliyati sabablari o’ziga xosdir. O’yin faoliyati asosan uning mahsulotiga emas, balki jarayonning o’ziga qaratilgan. Ushbu faoliyatning amalga oshirilishi bolaga doimo mamnuniyat va zavq bag’ishlaydi. Bu o’yin faoliyatining o’ziga xos xususiyati bo’lib, uni boshqa faoliyat turlaridan ajratib turadi.

    Download 56.5 Kb.
      1   2   3   4




    Download 56.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Maktabgacha ta`lim yoshidagi bolalarning rivojlantiruvchi markazlardagi o’yin faoliyatlarini tashkil etish Sultonova Nurxon – Qo`qon dpi annotatsiya

    Download 56.5 Kb.