SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 4 ǀ ISSUE 2 ǀ 2023
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 343
KICHIK SANOAT ZONALAR KORXONALARINI RIVOJLANTIRISHDA
MARKETING STRATEGIYASI
Z. A. Baltasheva
G. Xo‘janova
Qoraqalpoq davlat universiteti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada kichik sanoat zonalar korxonalarida marketing strategiyasining
ahamiyati, marketing strategiyasining korxona samaradorligini oshirishdagi o‘rni “A”
korxonasi misolida yoritilgan. SWOT tahlil qilish orqali korxona samaradorligini
oshirishda marketing strategiyasining yo‘nalishlari bo‘yicha fikrlar yuritilgan.
Kalit so‘zlar: marketing, strategiya, marketing strategiyasi, SWOT tahlil, sanoat
korxonalari, iqtisodiy mexanizm.
KIRISH
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi korxona va tashkilotlarning faoliyatida
marketing faoliyatini keng miqyosda qo‘llash lozimligini ko‘rsatdi va isbotladi.
Iqtisodiy jihatdan rivojlangan ilg‘or davlatlarning yirik firmalari tajribasi shuni
ko‘rsatadiki, marketing faoliyati korxona va tashkilotlarning uzoq vaqt yashab
qolishiga va unumdorligini orttirib borishiga imkoniyat yaratadi. Marketing
faoliyatini amalga oshirish marketing nazariyasi va amaliyotining ravnaqiga bog‘liqdir.
So‘ngi yillarda mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishining barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha
belgilangan prognoz ko‘rsatkichlar bajarilmoqda. Iqtisodiyotning rivojlanishida yangi
bosqichga olib chiqildi. Jahon mamlakatlarining iqtisodiyoti nisbatan past sur’atlarda
rivojlanib turgan bir paytda mamlakatimizda amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar
natijasida erishilgan yutuqlar xalqimizning va mamlakatimiz rahbarining tinimsiz
mehnati va sa’y-harakatlari evaziga erishilmoqda.
Mamlakatimizda iqtisodiyotning boshqa sohalari qatori sanoat sohasi ham jadal
sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida asosiy
omillardan hisoblangan hamda mamlakat iqtisodiyotining boshqa sohalari va
tarmoqlarining rivojlanishiga katta turtki beradigan sanoatning rivojlanishiga, mahsulot
sifatini oshirishga, korxonalar o‘rtasida sof raqobat muhitini yaratishga katta e’tibor
qaratilmoqda. Boshqa sohalar va tarmoqlarda bo‘lgani kabi, sanoat sohasida ham, uning
turli tarmoqlari va korxonalarida ham modernizatsiyalashga, mahsulot sifatini
oshirishga, korxonada marketing strategiyalarini to‘g‘ri tanlashga, strategiya tahlili
orqali prognoz ko‘rsatkichlarini belgilashga, texnik-texnologik yangilanishga e’tibor
qaratilmoqda.
|