SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 4
ǀ ISSUE 2
ǀ 2023
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport:
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 345
Hozirgi vaqtda sanoat korxonalarining ichki va tashqi muhitni o‘rganish jarayoni
SWOT – tahlil matritsasini to‘ldirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi [4]. Matritsani
to‘ldirish jarayonida tadqiqotchi korxonaning kuchli tomonlaridan tashqi muhitda paydo
bo‘lgan imkoniyatlardan foyda olish uchun foydalanish bo‘yicha strategiyani ishlab
chiqishga yo‘naltiruvchi juftlik kombinatsiyalar hosil bo‘ladi.
Shularni hisobga olib, biz “A” korxonasining ning SWOT tahlilini amalga
oshirishda, o‘z tarkibiga oluvchi korxona ichki muhitining kuchli tamonlarini tashqi
muhitning imkoniyatlari bilan solishtirishda quyidagi to‘rtta asosiy strategiyani alohida
ajratdik: raqobatchilik ustunliklari va savdo belgisidan foydalanish asosida tashkilot
nufuzini
qo‘llab-quvvatlash;
xodimlar
bilim
va
ko‘nikmalariga
tayanib,
iste’molchilarning ishonch darajasini saqlab qolish; savdo belgisi va malakali kadrlardan
foydalanib, yuqori foyda keltiruvchi mahsulotlarini olg‘a surish; yetuklik darajasidagi
mahsulotlar daromadliligiga ishonchli ta’minotchilar hisobidan erishish. Korxonaning
ichki muhitdagi kuchli tomonini tashqi muhitdagi xavf-xatarlar bilan qiyoslash agentlik
tarmog‘ini kengaytirishga imkon bermoqda.
Korxonaning hayotiy davriyligida pasayish darajasida bo‘lgan faoliyatlarga
barham berib, bo‘sh turgan mablag‘larni yangi mahsulotlarni ishlab chiqishga
yo‘naltirishi zarur. Yangi raqobatchilar ta’sirini kamaytirish uchun korxona yangi
ishonchli hamkor va investorlarga va xizmat ko‘rsatish standartlarini oshirishga e’tibor
qaratishi kerak.
1-jadval