Kirish 1 kirish




Download 16.72 Kb.
Sana18.05.2023
Hajmi16.72 Kb.
#61535
Bog'liq
Nadduv kirish
Sobirova-R.A-biokimyo (1), 8-лекция, quduqlarni-ta-mirlashda-kaltyubing-texnologiyasidan-foydalanish (1), shuhart, Статья по SiC (4), Электросон, 11- maruza, 3 laboratoriya, Администрирование информационных сетей compressed, 2, 60730300-Nasos va kom stans loy, qurish va ish, 12 11 2022 Плагиатга жавоб хати Тураев Х С, nizom tyutor, 20-dekabr VIKTORINA YAPON MARKAZI bayonnoma, MIBICHT

MUNDARJA



KIRISH 1



KIRISH

Ichki yonuv dvigatellari mashinasozlikda va xalq xo’jaligi energiya ishlab chiqarish tarmoqlarida keng qo’llanilishi bilan beqiyos ahamiyatga ega. Chunki bironta avtomobil, teplovoz, suv va boshqa transport vositalari xizmatini ichki yonuv dvigatellarisiz tasavvur ham qilib bo’lmaydi. Bundan tashqari qishloq va suv xo’jaligi mashinalarida ham asosan ichki yonuv dvigatellari qo’llniladi.


Demak, ichki yonuv dvigatellarini mamlakatimiz rivojidagi asosiy tayanch omillaridan biri deb ham qarash mumkin. Dvigatelsozlik avtomobil ishlab shiqarish sanoatining fundamental asosi bo’lib Yaponiya, Angliya, Rossiya, Fransiya, Germaniya, Amerika qo’shma shtatlari kabi davlatlarni industrial mamlakatlarga aylanishida yetarli zamin yaratganligini misol qilib keltirish mumkin. Bugungi kunda bizning Respublikamiz ham iqtisodiy integratsiya ishtirokchilari qatoridan o’rin olmoqda.
Mamlakatimizda “Uzavtosanoat” aksiyadorlik jamiyati Amerikaning General Motors (GM) kompaniyasi bilan hamkorlikda yangi dvigatel zavodini qurib ishga tushirdi. Zamonamizning xozirgi davriga kelib mexanik energiya manbai sifatida xalq xo’jaligining ko’p sohalari va texnik tizimlarida turli xil dvigatellar qo’llanilmoqda. Bularning ichida eng ko’p qo’llanilayotganlari porshenli ichki yonuv dvigatellari bo’lib, ular deyarli barcha avtomobil, traktor va qishloq xo’jalik mashinalarida ishlatilmoqda. Porshenli dvigatellarning boshqa turdagilarga nisbatan afzalliklar, ularning yuqori yonilg’i tejamkorligi va takomillashganligidir. Lekin shunga qaramasdan konstruktorlar, mutaxassislar, injener-tadqiqotchi va olimlar porshenli ichki yonuv dvigatellarini yanada takomillashtirish, ekologik toza ishlashini ta’minlash sohasidagi ishlarni davom ettirmoqdalar.Dvigatel ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari asosida quyidagi ikki maqsad ko’zda tutiladi: texnik va iqtisodiy. Birinchi holatda loyihalanayotgan texnologik jarayon ishchi chizmalardagi barcha talablarni va berilgan variantdagi dvigatel konstruksiyasining texnik shartlarini bajarilishini ta’minlashdan iborat. Ikkinchi holatda esa dvigatelni ishlab chiqarish jarayoni uchun minimal mehnat va moddiy sarf-harajatlar ketish tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat. Mana shu shartlardan kelib chiqib eng samarali va qulay variant tanlab olinadi.
Avtomobilsozlik sanoati Oʻzbekistonda yangi sohalardan biri hisoblanadi, lekin u qisqa muddat ichida juda katta oʻsishga erishdi. Oʻzbekistonda 1996-yildan chiqa boshlagan UZDaewooAuto mashinalarini hozirda dunyoga mashhur Chevrolet brendi oʻrin olgan. Mashinalarni ishlab chiqarishni birinchi bosqichi 1992-yilda Janubiy Koreaning DaewooMotors kompaniyasi bilan tuzilgan manfatli shartnomadan boshlangan, o'shanda Oʻzbekistonning Avtoqishxoʻjamash va Daewoo kompaniyasi 50 % ga 50 % ulshli shartnoma imzolangan va manashu shartnoma Avtomobilsozlikda juda katta burilish yasadi. 1993-yilda UzDaewooAvto kompaniyasi davlat roʻyhatiga olindi va Andijon viloyatining Asaka shahrida korxona qurish ishlari boshlandi va uning umumiy summasi 658 mln dollarni tashkil etgan.1996-yil 19-iyulda Zavodning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi va unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi.Zavodning ilk yillarida barcha butlovchi qisimlar xorijdan keltirilgan keyinchlik esa mashinalarning butlovchi qisimlarini tayyorlaydigan kichik korxonalar oʻzlashtirilgan va shu yerning oʻzida tayyorlangan.
JV Man Auto-Uzbekistan — Oʻzbekiston-Olmoniya qoʻshma korxonasi. MAN rusumli yuk mashinalari ishlab chiqaradi. 2009-yilda Oʻzavtosanoat va MAN shirkatlari oʻrtasidagi kelishuvga binoan tashkil topgan. Kelishuv Oʻzbekiston Prezidenti Islom Karimov va MAN bosh direktori Hokan Samuelsson tomonidan imzolangan. Zavodi Samarqandda joylashgan. Korxonaning barqaror faoliyat korsatishi uchun barcha ishi-xizmatchilar nemis tilini oʻrganishgan va nemis mutaxassislari tomonidan oʻqitilganlar. 2009-2012-yillar davomida yuk avtomobillari Samarqand avtomobil zavodida ishlab-chiqarildi. 2012-yilda Jomboy tumanida MAN avtomobil zavodi qurib bitkazildi. Rejaga koʻra, zavod yiliga 500dan 1500 donagacha yuk mashinalari ishlab chiqarishi kerak edi Yuk mashinalari MDH mamlakatlariga ham eksport qilinad. 1995-yilda Oʻzbekistonning Autosanoat kompaniyasi va Turkiyaning Kochxolding kompaniyasi bilan hamkorligda Samarqand viloyatida autobuslarni ishlab chiqarish boshlandi.
XULOSA

Dizel dvigatelining boshlang’ich ma’lumotlaridan foydalanib issiqlik hisobini qildik, issiqlik hisobidan va undagi chiqqan natijalardan foydalanib dizel dvigatelining indikator diagrammasini va kuchlarning yoyilgan diagrammasini qurdik. Dizel dvigatelining dinamik hisobini qildik va uning natijalaridan foydalanib normal kuch, tangensial kuch, krivaship radiusi bo’ylab yo’nalgan kuch, shatun bo’ylab tasir etuvchi kuchlarning diagrammalarini qurdik. Biz bu kurs ishidan kiritish, siqish, yonish, kengayish va chiqarish jarayonlari bilan chuqurroq tanishdik.



FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.To’layev B. Ichki yonuv dvigatellari konstruksiyalash va hisoblash asoslari. O’quv qo’llanma. ToshDTU.1996. 118b


2. To’layev B. Avtotraktor dvigatellarining issiqlik va dinamik hisobi. Uslubiy ko’rsatma. ToshDTU. 2013. 60b
3. To’layev B.R Ichki yonuv matorlari nazariyasi va dinamika asoslari. T.Fan va texnalogiya. 2010. 294b
4.Kolchin A.I , Demirov V.P.Avtomobil va traktor dvigatellari hisobi. O’quv qo’llanma. M. Выск, Шк. 2008. 496b
Download 16.72 Kb.




Download 16.72 Kb.