KOMPOZITSIYA QONUN-QOIDALARI
Kompozitsiyaning asosan to`rtta qonuni mavjud:
yaxlitlik qonuni,
tipiklashtirish
qonuni,
qarama-qarshi
munosabatlar
(kontrast)
qonuni,
kompozitsiyaning barcha vositalarining fikriy mazmuniga bog`liqligi qonuni.
Yaxlitlik qonuni
Kompozitsiyaning birinchi qonuni asarning yaxlitligi qonuni hisoblanadi.
Badiiy asarning qonunan qurilgan yaxlitligini kompozitsiya aniqlab beradi.
Kompozitsiyaning
barcha
unsurlari
rassomning
mantiqiy
o`y-fikrlarini
birlashtirgan holda joylashadi. Biz buyumni yoki asarni kuzatar ekanmiz,
avvalo
uning umumiy ko`rinishiga e’tibor beramiz va bo`laklarni bir-biriga taqqoslaymiz.
Demak, asarning bir butunligi (yaxlitligi) kompozitsiyani tashkil etadigan barcha
qismlarining
o`zaro
bog`liqligidir.
Unsurlarning
uyg`unligi
o`zida
kompozitsiyaning xususiyatlarini mujassamlashtiradi.
Yaxlitlik tushunchasi kompozitsiya unsurlarining
bir-biriga bevosita
bo`ysunishi kabi tushunchalar bilan bog`liqdir.
Bu qonun badiiy tasvirning hamma turlarining asosiy qonuni hisoblanadi.
Yaxlitlik qonunini qo`llamasdan turib chizish ham, naturadan ishlash ham mumkin
emas . Shakl ham, rang ham o`z-o`zicha paydo bo`lmaydi, balki ular butunlik bilan
munosabatda, butunning qismi sifatida ko`rinadi.
Kartinada chuqur o`ylanmagan konstruktiv fikr bo`lmasa, bo`laklar xuddi
yopishtirib ishlanganday bo`ladi. Bunday holatda biz
faqat alohida figuralarning
o`zinigina eslab qolamiz. Asarda butunlik bo`lmaydi.
Rassomlar kompozitsiyaning konstruktiv- fikriy tuzilishini topish uchun turli
usullardan foydalanishadi.
Ba’zi rassomlar kompozitsiyani tartib bilan o`ylab topadi, ba’zilari esa oldin
tasavvuriga nima kelsa o`shani tartibsiz chizib tashlaydi, keyin esa undan yo`l
kursatuvchi konstruktiv fikr qidiradi.
Mukammal kompozitsiyani yaratish rassom uchun murakkab yo`l
hisoblanadi. Shuning uchun ham mukammal yaratilgan
kompozitsiyadagi bitta
detalni olsak ham uning yaxlitligiga zarar yetadi. Bunday kompozitsiyaning barcha
unsurlarining aloqasi aniq va mazmundor bo`lganligidan unga qo`shimchalar
kiritib va o`zgartirib bo`lmaydi.
Kompozitsiyaning barcha unsurlarining o`zaro aloqasi faqatgina mantiqan emas ,
balki uyg`unlik yaratuvchi emotsional estetik sifatlarga ega.
Kompozitsiyaning
yaxlitligi, aloqasi va bir-biriga bog`liqligi muammosi
kompozitsiya elementlarining
takrorlanmasligi, turli-tumanligi vazifasi bilan
uzilmas aloqadadir. Kompozitsiyada hech narsa takrorlanmasligi kerak. Uning
kattaligi, dog`i, intervallari, tipi, jesti ya’ni harakat belgisi
ham takrorlanmasligi
kerak. Ularning hammasi bir butun dog` yoki siluetga birlashishi o`zbek rassomlari
Abdulhak Abdullayev,
Malik Nabiyev portretlari, rus rassomlaridan M.Grekov,
Surikov va Repin asarlarini olishimiz mumkin. Ko`pgina rassomlar o`zlarining
ko`p figurali asarlarini yaratib, ko`p detallarini takrorlanmasligiga erishishgan.