Kompyuter falsafasi fanidan mustaqil ish 5




Download 28.9 Kb.
bet1/4
Sana24.04.2024
Hajmi28.9 Kb.
#205995
  1   2   3   4
Bog'liq
Mamatov Nodir 5
ppt 1, Oraliq nazorat Javoblari, 5-mustaqil ish, 5-мустақил иш, Илмий тадқиқот методологияси ишчи дастур 2020, grokking-algorithms-illustrated-programmers-curious, Allayarov A. 2, ТПроформа договора по лоту №73719 (1), 7-topshiriq, 7-8-9 lab, Amplitudali modulyatsiya, 1-1610, fazliddin fozilov 123, Dasturlash 3 natija, Calendar plan-Maxsus fanlarni o\'qitish metodikasi (3)



MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT
AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


SAMARQAND FILIALI





KOMPYUTER FALSAFASI

Fanidan mustaqil ish 5





Bajardi: KIF 104-gruh Mamatov N.


Tekshirdi: Usmonov F.

Samarqand_2023
5-mavzu Jamiyatning moddiy va ma’naviy borlig‘i

Jamiyat moddiy va ma’naviy omillar birligidan iborat. Hozirga qadar adabiyotlarda moddiy va ma’naviy hayot bir-biridan keskin farqlanar edi. Moddiy hayot tadqiqiga ko‘proq e’tibor berilar. Holbuki, jamiyatning tub mohiyati uni tashkil etuvchi inson mohiyati bilan uzviy bog‘liq. Xuddi inson tanasini uning ruhidan ajratib bo‘lmagani singari, jamiyatning moddiy va ma’naviy jihatlarini ham bir-biridan ajratish va ularning birini ikkinchisidan ustun qo‘yish mantiqqa ziddir. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov asarlarida jamiyatning moddiy va ma’naviy manfaatlarini uyg‘unlashtirish ijtimoiy taraqqiyotning asosi ekani ta’kidlangan. Inson ma’naviyatini yuksaltirish orqaligina iqtisodiy rivojlanishga erishish mumkin. Shuning uchun ham hozirgi davrda aholi ma’naviyatini yuksaltirishga, milliy g‘oya va mafkura asoslarini shakllantirishga katta e’tibor berilyapti. Zero, kishilar iqtisodiy jihatdan qashshoq bo‘lgani uchun ilmsiz bo‘lmaydi, balki, aksincha — ilmsiz bo‘lgani uchun qashshoq bo‘ladi. Shuning uchun yurtimizda xalq ma’naviyatini yuksaltirish orqali iqtisodiy farovonlikni ta’minlashga katta e’tibor berilyapti.


Ijtimoiy borliq moddiy borliq, sotsial borliq va ma’naviy borliqni o‘z ichaga oladi (ontologik yondashuv bo‘yicha). Sistemali yondashuv bo‘yicha inson faoliyati, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy ong, qadriyatlar, ijtimoiy subyektlar, institutlar, regulyativ tizim ijtimoiy borliq qismlari hisoblanadi. Buyerda barcha yondoshuvlar, (ontologik, gnoseologik, sotsiologik, aksiologik, praksiologik) yaxlitligicha qo‘llaniladi.
Jamiyatning moddiy borlig‘i strukturasini qo‘yidagicha tasavvur qilish mumkin:
  • moddiy ishlab chiqarish, mehnat faoliyati;


  • ishlab chiqarish kuchlari;


  • moddiy munosabatlar;


  • odamlarning o‘zlari, insonning moddiy borlig‘i;


  • insonlar yaratgan narsalar;


  • insonning tana ehtiyojlari uchun zarur bo‘lgan narsalar (sanitariya-gigiyena, meditsina, ijtimoiy madaniyat, sport, dam olish, hordiq chiqarish, o‘yin maskanlari, uy-ro‘zg‘or buyumlari va boshqalar).


Moddiy ishlab chiqarish ijtimoiy borliqning mavjudligini ta’minlab turuvchi determinantdir. Antik falsafaning ontologik xatosi shundan iboratki, bu borliqning yagona asosini topishga o‘rinish ekanligidir. Ijtimoiy falsafada ham mutafakkirlar jamiyatning yagona asosini topishga uringanlar. Masalan, Platon, Aristotel, fransuz materialistlari, ma’rifatchilari, Gegel va boshqalar bunday asosini ma’naviy sohadan, ong, tafakkurdan izladilar. Tarixiy materializm asoschilari ijtimoiy borliqning yagona va belgilovchi asosi moddiy ishlab chiqarish ekanligini ta’kidladilar.


Ammo, ma’naviy determinizm ham, iqtisodiy determinizm ham biryoqlamali nazariyalardir. Chunki ijtimoiy borliq ko‘p qismli, ko‘p omilli, ko‘p sifatli geterogen, ayni zamonda yaxlit tizimdir, va uni ma’naviyatga yoki iqtisodiyotga bog‘lab qo‘yish metodologik va nazariy jihatdan noto‘g‘ridir. Ijtimoiy borliq turli nisbatlarda o‘zining turli tomonlarini namoyon qiladi. Bir holatda iqtisod, boshqasida tafakkur, yana boshqasida siyosat, va hakazolar oldinga chiqishi mumkin. Buning ustiga ong faoliyat jarayonida moddiylashadi, aksincha moddiy narsa in’ikos jarayonida subyektiv obrazga aylanadi.
Moddiy ishlab chiqarishning o‘zagini mehnat faoliyati tashkil etadi. Mehnat jarayonida kishilar mehnat qurollari vositasida tabiatga ta’sir qilib, uni o‘zgartirib o‘zlari uchun zarur bo‘lgan narsalarni yaratadilar (oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, transport va texnik vositalar). Mehnat jarayonida inson tabiiy obyektlarning strukturasini, shaklini, ximik, fizik, biologik xossalarini o‘zgartirib o‘z ehtiyojlariga moslashtiradilar. Demak, inson ishlab chiqarish vositasida ham tabiatga moslashdilar, ham tabiiy muhitni ijtimoiy borliqqa moslashtiradilar1 ham o‘z ehtiyojlarini qondiradilar, va o‘zlarini takror ishlab chiqaradilar. Insonning o‘zi, borlig‘i ham mehnat jarayonida shakllanadi. Bu yerda barcha narsa moddiy xarakterga ega, odamlar, mehnat qurollari, mehnat predmetlari, mehnat faoliyatidagi biopsixofiziologik omillar, bari moddiy hodisalardir.
Hozirgi zamonda mehnat faoliyati turlari juda ko‘p 2000 dan ortiq kasb bor, hozirda 2 mln. narsa ishlab chiqariladi (oddiy ignadan tortib kosmik kemagacha). Bular ham faqat moddiy buyumlar. Ma’naviy ehtiyojlar uchun ishlab chiqariladigan narsalarning esa son-sanog‘i yo‘q.
Moddiy ishlab chiqarish ma’naviy ishlab chiqarishining moddiy bazasini yaratib, beradi (binolar, texnika, texnologiya, ashyolar, qog‘ozdan tortib kompyutergacha, qalamdan tortib chop qilish mashinasigacha), masalan, san’atkor allomalarni moddiy va ma’naviy ta’minlaydi va hakazo.
Moddiy ishlab chiqarish usuli deganda nima ishlab chiqariladi degan masala turmaydi, balki qanday ishlab chiqariladi degan masala ko‘ndalang bo‘ladi2. Ibtidoiy jamoada teng mehnat va teng taqsimot, quldorlikda qul mehnatini noiqtisodiy ekspluatatsiya qilish, feodalizmda krepostnoy mehnatini yarim noiqtisodiy ekspluatasiya qilish, industrial jamiyatda yollanma mehnatdan foydalanish usuli mavjud edi.
Hozirgi zamonda mehnat faoliyatining menedjer, marketing, ishbilarmonlik, tadbirkorlik singari turlari, ayniqsa xizmat ko‘rsatish shakllari keng tarqalmoqda.
Moddiy ishlab chiqarishning muhim qismi bu ishlab chiqaruvchi kuchlardir. Ishlab chiqaruvchi kuchlar ikki asosiy qismga bo‘linadi: 1) ishlab chiqarish vositalari (moddiy resurslar) va 2) ishchi kuchi (mehnat resurslar).
Ishlab chiqarish vositalariga mehnat predmetlari (xom oshyo yoki yarim xom ashyo, turlari materiallar yog‘och, temir, neft va hokazo) mehnat qurollari (texnika, kompyuter, asbob - uskunlar) binolar, inshaotlar, zavod, fabrikalar; energetik resurslar; moliyaviy resurslar, transport va aloqa vositalari.
Ishchi kuchi muayyan mehnat faoliyati uchun zarur bo‘lgan, professional – texnik daraja, biopsixofiziologik qobiliyat va umumiy madaniyat sivilizatsiyasiga ega bo‘lgan shaxs va shaxslar guruhidir.
Texnologiya esa moddiy va mehnat resurslarini birlashtirish, tabiatga ta’sir qilish, uni o‘zgartirib, mahsulot ishlab chiqarish usuli va vositalaridir. Bu ish hozirda menedjer zimmasiga yuklatiladi
Texnologiya borliqni o‘zgartirish usulidir. Masalan, metallni kesish arra, avtogen yoki lazer usuli bilan amalga oshirilishi mumkin va har bir holatda sifat jihatdan farq qiluvchi natijaga erishish mumkin. Yoki bolani urib tarbiyalash va tushuntirib tarbiyalashda ham turli natijada olish mumkin (tarbiya texnologiyasi). Hokimiyatga turli usullar bilan erishish mumkin, demokratik saylov, harbiy davlat to‘ntarish, manipulyasiya (siyosiy texnologiya). Moddiy texnologiya bu tabiiy borliqni o‘zgartirish usullari bo‘lib texnika o‘zgarashi bilan o‘zgaradi. Hisoblash texnikasi: Misrda chut ishlatilgan dastlabki mexanik hisoblash apparati XX asr boshida, dastlaki EHM va kompyuterlar XX asrning o‘rtalarida paydo bo‘ldi va har safar hisoblash texnologiyasining tubdan o‘zgarishiga olib keldi. Yuqori texnologiya ya’ni kosmik sistemalar, robotexnika, sun’iy intellekt, kompyuter, internet lazer, lazerlar biotexnologiyasi, mikrodinamika va boshqalar hozirgi zamonda keng tarqalmoqda.
Ammo, insoniyat texnologiyasi ochiq, chiqindili texnologiya bo‘lib qolmoqda. Har yili 100 mlrd. tonna xom oshyo qazib olinib, undan atiga 1 mlrd. tonna tayyor mahsulot ishlab chiqiladi, qolgani atmosfera, gidrosfera, geosferaga tashlanadi1. Biosferada yopiq texnologiya mavjud, o‘simliklar chirib gaz, neft, ko‘mirga aylanadi yoki hayvonlarga yem bo‘ladi, hayvonlar o‘lib kimiyoviy moddalarga ajralib ketadi, ular yerni o‘g‘itlaydi va hokazo.
Odamlar ham yopiq texnologiyani ishlab chiqmoqda (masalan oqovo suvlarni qayta ichimlik suviga aylantirish), ammo u sohada qimmat turadi, hozirda bunday texnologiya 2,8 foizni tashkil qiladi xolos.
Moddiy borliqning muhim qismi moddiy munosabatlardir. Moddiy munosabatlar narsalar atrofida yuz beradi, predmetsiz munosabat aqlga sig‘maydigan hodisa. Moddiy munosabatlar amalda manfaatlar shaklida namoyon bo‘ladi. Ular mushtarak kechmaydi, balki ziddiyatli yuz beradi (nizolar manbai- konfliktologiya).
Moddiy munosabatlar amalda faoliyat va uning mahsulotlarini olishish tarzida yuz beradi. Moddiy munosabatlar obyektiv tarzda, ongimizga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘luvchi ijtimoiy borliqning bir qismidir. Kishilar qanchalik ongli moddiy munosabatlarga kirishmasinlar uning natijasi obyektiv voqelik tarzda tashkil topadi.
Moddiy munosabatlar quyidagi strukturaga ega:
  • ishlab chiqarish munosabatlari;


  • mulkiy munosabatlar;


  • ayriboshlash;


  • taqsimot;


  • iste’mol.


Ishlab chiqarish munosabatlari 1) texnika-texnologik; 2) funksional; 3) iqtisodiy munosabatlarga bo‘linadi.


Texnika-texnologik munosabatlar texnika va texnologiyadan foydalanish, mehnat jarayonidagi munosabatlardir.
Funksional munosabatlar ishlab chiqarishda har bir subyektning vazifasini bajarishi bo‘yicha aloqalarni tasniflaydi.
Iqtisodiy munosabatlar esa yaratilgan ne’matlarga egalik qilish, taqsimlash, ayriboshlash, iste’mol qilish atrofida yuz beradi.
Moddiy munosabatlarda mulkiy munosabatlar dominant xarakterga ega. Mulkiy munosabatlar qolgan iqtisodiy munosabatlar, taqsimot va iste’mol xarakterini belgilab beradi.
Mulk turlarining tarixiy klassifikasiyasi uncha ko‘p qirrali emas. Ibtidoiy mulk, urug‘ jamoasi mulki va teng taqsimlangan mulk, xususiy mulk (quldorlik, feodalizm; kapitalizm), aralash mulk (davlat, xususiy, kooperativ sektorlar) turlari mavjud1. O’zbekistonda mulkchilikning turli xillari: davlat, xususiy, aksionerlik, qo‘shma, fermer tipidagi turlari tashkil topmoqda.
Taqsimot sohasidagi kishilar o‘rtasidagi munosabatlar moddiy borliqdagi eng ziddiyatli sohadir. Ko‘pchilik nizolar aynan taqsimot negizidan kelib chiqadi. Taqsimotning tarixiy uch yirik turi mavjud: teng taqsimotchilik (urug‘chilik va sotsializmda), noiqtisodiy zo‘ravonlikka asoslangan taqsimot (quldorlik va feodalizm), mehnatning miqdori va sifatiga qarab taqsimlash (industrial va postindustrial jamiyatlarda). Taqsimot richagi davlat qulida bo‘lganligi uchun, taqsimot uning xarakteriga bog‘liq. Avtoritar va totolitar rejimlarda hokimiyatdagi guruh bevosita xazinaga yo‘llari ochiq, ular milliy boyliklarni o‘zlashtirish va adolatsiz taqsimotni zo‘ravonlik bilan o‘rnatishlari mumkin va bu ularning o‘lishini tayyorlovchi manbadir. Demokratik rejim va bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyatlarda uchinchi tip taqsimot o‘rnatilgan.
Ayriboshlash deganda faqat tovarlar almashinishi va aylanishini tushunmaslik kerak. Keng ma’noda ayriboshlash faoliyat, va faoliyat natijalari (tovar, buyum, informatsiya, buyumlar va hokazo) almashinuvi jarayonidir. Tor ma’noda tovarlar almashinishi ayriboshlash deb tushuniladi. Bozor – bu tovarlar ayriboshlanadigan, oldi–sotti qilinadigan joy.
Ayriboshlash mehnat taqsimoti natijasida yuzaga keladi. Bu hodisa neolit davrida natural ayriboshlash shaklida paydo bo‘ldi. Bozorlar esa eneolit davrida dastlab Misrda vujudga kelganligini piramidalardagi tasvirlardan bilib olsa bo‘ladi. Dastlabki birjalar Niderlandiyaning Bryugger shahrida 1609 yilda paydo bo‘ldi. Hozirda fond birjalari (xom-ashyo ishlab chiqarish vositalari sotiladi). Tovar birjalari, mehnat birjalari (ish kuchi sotiladi va sotib olinadi). Dastlabki banklar XVII asrda paydo bo‘lib, hozirda kuchli tarmoqlangan tizimga ega.
Iste’mol munosabatlari taqsimotga bog‘liq. Iste’mol vositalari ikki qismga bo‘linadi: a) ishlab chiqarish iste’moli uchun zarur bo‘lgan narsalar (xom-ashiyo, texnika, asbob uskunlar, binolar); b) shaxsiy iste’mol uchun zarur bo‘lgan narsalar (oziq–ovqat, kiyim–kechak, uy–joy, transport va aloqa vositalari, uy-ro‘zg‘or buyumlari va hokazo). Iste’mol darajasi ishlab chiqaruvchi kuchlar, taqsimot xarakteri, mehnat unumdorligi bilan bog‘liq. Mamlakat boy bo‘lishi mumkin, ammo taqsimot adolatsiz bo‘lsa, bir qism kishilar boy, ko‘pchilik qismi kambag‘al shaklida yashashi mumkin. Shuningdek ishlab chiqaruvchi kuchlar zaif bo‘lsa ham kishilar qashshoq yashaydilar. Xususan, hozirda industrial mamlakat boy yashayotgan bir paytda Osiyo va Afrika mamlakatlarida yiliga 3 mln. kishi ochlikdan o‘lmoqda 300 mln. kishi och, 1,5 mlrd. kishi ishsiz kun kechirmoqda1.
Jamiyatning ma’naviy borlig‘i ijtimoiy ong va uning shakllari, ma’naviy ishlab chiqarish va taqsimot, sistemal ma’naviy faoliyat va ma’naviy munosabatlar, ma’naviy qadriyatlarni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, u ongning obyektivlashgan qismi – axloqiy qoidalar, huquqiy normalar, diniy aqidalar, badiiy asarlarni ham qamrab oladi.
Ijtimoiy ong ijtimoiy borliqning subyektiv in’ikosi bo‘lsada, uning bir qismi hamdir, chunki u ham bor va mavjud. R,Dekartning «kodsyu yechdo sim» fikrlayapman demak myen mavjudman «iborasi» shunga mos keladi. Lekin, moddiy borliqning mavjudligini shubha ostiga qo‘yish yaramaydi.
A.K.Uledov ma’naviy hayotni 1) ma’naviy faoliyat, ishlab chiqarish; 2) ma’naviy ehtiyojlar; 3) ma’naviy istemol va 4) ma’naviy munosabatlarga bo‘ladi1. Negadir muallif ma’naviy subyekt va ma’naviy qadriyatlarni Ushbu strukturaga kiritmagan.
Xulosa qilib, ma’naviy borliq qismlarini quyidagicha tasavvur qilish mumkin:
  • ma’naviy ishlab chiqarish;


  • ma’naviy ehtiyojlar;


  • ma’naviy iste’mol;


  • ijtimoiy ong va uning shakllari2;


  • ma’naviy faoliyat subyekti;


  • ma’naviy qadriyatlar.


Ma’naviy borliq bilan ma’naviyat bir emas. Ma’naviyat – insonning ichki dunyosi, harakat sohasiga aylangan qadriyatlar. Ma’naviy borliq esa keng ma’noga ega bo‘lib, shaxsning ichki ruhiy dunyosiga aylanmagan hodisalarni ham qamrab oladi. Masalan, balet mening ichki ma’naviy dunyomga aylanmagan, ya’ni mening ma’naviyatimga aylanmagan bo‘lsa ham ma’naviy borliqning bir ko‘rinish sifatida mavjud.


Ko‘pincha falsafada ma’naviy hayotni ijtimoiy ong, bilan cheklab qo‘yish hollari uchraydi. Ijtimoiy ong ma’naviy borliqning asosiy qismi bo‘lsada uni to‘liq qamrab ololmaydi. Umuman ongning o‘zi hech narsa qila olmaydi, u faqat faoliyat orqaligina voqelashadi, qadriyatlar yaratadi.
Bilimlar ham ma’naviy borliqning bir qismidir. Bilish ongli maqsadga mujassamlanib yo‘naltirilgan in’ikos jarayonidir. Bilish informatsiya qabul qilishdan boshlanadi, uning natijasi bilimlardir.
Ruh masalasi munozaralidir. Hadislarda ruh haqidagi bilim yaratgangagina ayondir deyiladi1. Bxagavat–gitada ruh soch tolasining mingdan biricha qismiga to‘g‘ri keladigan zarrachadir deyiladi2. Falsafada ruhga his-tuyg‘ular, emotsiyalar, tafakkur, dunyoqarash, umuman kishilarning ichki ma’naviy dunyosi sifatida qaraladi. Diniy qarashlarda ruh xudo tomonidan berilgan va tana o‘lgandan so‘ng ruh mavjud degan kreativ aqida mavjud. Ilmiy qarashlarda ruh, ma’naviy jarayonlar miya funksiyasi bo‘lib, tana o‘lgach uning funksiyasi bo‘lgan ong, ruh ham yo‘qaladi degan postulat mavjud. Demak, kishilarda tanlash erkinligi mavjud, kimki diniy ta’limotni qabul qilsa ruhning abadiyligiga ishonadi, kimki funksional qarashni qabul qilsa ruhning o‘tkinchiligiga ishonadi. Ammo, qaysi qarash qabul qilinmasin ruh, insonning ma’naviy dunyosi ijtimoiy borliqning o‘ziga xos sohasidir va uning mavjudligini inkor qilib bo‘lmaydi.




      1. Download 28.9 Kb.
  1   2   3   4




Download 28.9 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuter falsafasi fanidan mustaqil ish 5

Download 28.9 Kb.