O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
FARG’ONA FILIALI
KOMPYUTER INJINIRINGI
FAKULTETI
“KOMYUTER INJINIRINGI”
YO’NALISHI
“AKADEMIK YOZUV”
FANIDAN
Bajardi: Xomidov Muhammadyusuf
Qabul qildi: Xamdamova Oygul
Guruh: 613-22
Farg’ona – 2023
3 – MUSTAQIL TA’LIM
IT, DASTURLASH SOHALARI
Dasturlash juda qiziqarli va har tomonlama foydali mashg’ulot.
Dasturlashni o’rganish juda oson. Qiziqish va yangi bilimlarni
o’zlashtirishga bo’lgan yuqori darajadagi istak bilan bir necha oylik
mehnat orqali har kim malakali dasturchiga aylanishi mumkin. Web
dasturlash mening sevimli mashg’ulotlarimdan biri.Web dasturlash
brauzeringiz orqali ko’rishingiz va foydalanishingiz mumkin bo’lgan
barcha web dasturlarni tayyorlash jarayonini o’z ichiga oladi. Web
dasturlash ham juda qiziqarli va katta daromad keltiradigan soha
hisoblanadi. Malakali dasturchilarga bo’lgan talab bugungi kunda har
doimgidan ham yuqori. Agar qachondir web dasturlashni o’rganish
haqida o’ylab ko’rgan bo’lsangiz, hozir bu niyatingizni amalga oshirish
uchun kirishishning ayni vaqti! Dasturlash — kompyuterlar va boshqa
mikroprotsessorli elektron mashinalar uchun dasturlar tuzish, sinash va
oʻzgartirish jarayonidan iborat. Odatda dasturlash yuqori saviyali
dasturlash tillari (PHP, Java, C++, Python) vositasida amalga oshiriladi. Bu
dasturlash tillarining semantikasi odam tiliga yaqinligi tufayli dastur
tuzish jarayoni ancha oson kechadi.
Dasturlash 1. Elektron mashinalarda masalalarni yechish hamda
ularda har xil aqliy mehnat turlarini bajarish nazariyasi va usullarini ishlab
chiqish bilan shugʻullanadigan fan; algoritmlar nazariyasining amaliy
boʻlimi; insonning mashina bilan aloqa qilish vositasi. Asosiy vazifalaridan
biri elektron mashinalar uchun programma (dastur) tuzish usullari, ularni
tekshirish va takomillashtirishdan iborat. Yechilishi lozim boʻlgan masala
algoritmi Dasturlashda „mashina tili“ga oʻtkaziladi.
Dasturlash — bevosita dasturlash va avtomatik dasturlashga
boʻlinadi. Bevosita Dasturlashda programmaning umumiy sxemasini
ishlab chiqishdan kodlash va mashinaga kiritishgacha boʻlgan barcha
ishni programmachi bajaradi. Avtomatik dasturlashda esa programmachi
faqat programma sxemasini tuzib, uni qisqartirilgan simvolik kurinishda
yozadi, programma tuzish va uni kodlash kabi texnikaviy ishlarni esa
mashinaning oʻzi maxsus dasturlash programmasi yordamida bajaradi.
Dasturlash jarayoni, odatda, quyidagi bosqichlarga boʻlinadi:
masalaning qoʻyilishi, masalaning algoritmik tavsifini tuzish, masalani
yuqori
darajadagi
programma
tilida
dasturlash,
masalani
taxminiymashina tilida dasturlash, masalani mashina tilida dasturlash.
Dasturlash tili programmalar tuzishning asosiy vositasidir. Bu tillar
konkret mashina komandalari sistemasiga bogʻliq boʻlmasligi va iboralar
strukturasi jihatidan umumiy xususiyatga ega boʻlishi bilan boshqa tabiiy
tillarga oʻxshab ketadi. Iboralar ikki turga — operatorlar hamda
tavsiflarga boʻlinadi, ularning bir-biri bilan bogʻliqligi qavslar bilan,
alohidaligi nuqtali vergul bilan ajratiladi. Operator tilning amal birligi
boʻlib, oʻz navbatida, oʻzgaruvchan kattalikka qiymat beruvchi
operatorlar, shartga muvofiq tegishli hisoblash tarmogʻini tanlovchi
(shartli) operator va takroriy hisobni amalga oshiruvchi sikl operatorlariga
boʻlinadi. Tavsifda oʻzgaruvchan kattalik va boshqa belgilar xususiyatlari
yoziladi. Biror xususiy masalani yechish uchun tuzilgan programmani
simvolik ravishda funksional belgilash mumkin. Bunday belgilash va tavsif
birgalikda kichik programma deb yuritiladi. Yangi programmalar tuzishda
kichik programmalardan tayyor holda foydalanish mumkin.
|