Annotasiya: ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida jismoniy
tarbiyani amalga oshirishda o'yin mashg'ulotlarining roli va axamiyati,
jismoniy tarbiya faoliyatlari orqali bolalarni chiniktirish buyicha fikr
muloxazalar yuritilgan.
Tayanch
so’zlar:jismoniy
tarbiya,
jismoniy
madaniyat,
sog’lomlashtiruvchi vazifalar, kompetensiyalar, chidamlilik va chiniqtirish.
“Aziz do’stlar! Bugun biz yurtimizda keng ko’lamli islohotlar va
jadal o’zgarishlarni amalga oshirmoqdamiz va bu yo’lda
jismoniy sog’lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish
bizning ustuvor vazifamiz va biz buning uchun bor kuch va
mablag’imizni safarbar etamiz. Shu ma’noda biz jismoniy
tarbiya va sportga alohida e’tibor bermoqdamiz.”
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev
Bolaning sog’lom va barkamol shaxs bo’lib yetishishida aqliy rivojlanishi
bilan birgalikda uning jismoniy rivojlanishi ham asosiy tamoyillardan biri
hisoblanadi. Bolaning jismoniy rivojlanishi esa sport va jismoniy
tarbiya
bilan muntazam shug’ullanishiga bog’liq. Jismoniy tarbiya bu- badan
tarbiya sog’liqni mustahkamlashga, odam organizmini uyg’un ravishda
rivojlantirishga qaratilgan umumiy tarbiyaning uzviy qismi.
Jamiyatdagi
jismoniy madaniyat ahvolini bildiruvchi ko’rsatkichlardan biri. Jismoniy
tarbiyaning asosiy vositalari: jismoniy mashg’ulotlar, organizmni
chiniqtirish, mehnat va turmush gigeyenasi. Jismoniy tarbiya aqliy,
axloqiy, mehnat va estetik tarbiya bilan qo’shib olib boriladi. Ibtidoiy
davrdan boshlab jismoniy tarbiyaga alohida e’tibor qaratilgan. Dastlab u
jismoniy
mashqlar, turli o’yinlar, mehnat jarayonlari, ovchilik, harbiy
harakatlarga o’xshatilgan musobaqalar va sinovlar shaklida mavjud
bo’lgan, turli marosimlarni aks ettirgan. Uyg’onish
davrida jismoniy
tarbiyaga e’tibor yanada kuchaydi, gumanistlar jismoniy tarbiyani o’quv
dasturiga kiritishga uringanlar. Jismoniy tarbiyaga o’rta asrlarda oilaviy
tarbiya va maktabdagi pedagogik jarayonning muhim qismi sifatida
qarala boshlandi. J.J.Ruso “Emil, yoki Tarbiya to’g’risida” deb atalgan
pedagogik risolasida jismoniy tarbiyaning bolalarning aqliy kamoloti va
mehnat tarbiyasidagi ahamiyatini ta’kidlagan.
Biz yuqorida jismoniy
tarbiyaning tarixi va uning qanday rivoj topganini qisqacha ko’rib chiqdik.
Endilikda esa Maktabgacha ta’lim tizimida uning ahamiyati va shu tizimda
jismoniy madaniyat va jismoniy tarbiyani shakillantirish haqida to’xtalib
o’tamiz. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining asosiy vazifalaridan biri
o’sib rivojlanib kelayotgan bolalarni har tamonlama aqliy va jismoniy ,
sog’lom va barkamol, yetuk shaxs qilib tarbiyalash va bundan tashqari
maktab ta’limiga sifatli tayyorlash hisoblanadi.Maktabgacha tarbiya
yoshidagi bolalar organizmining o’ziga xosligi shundaki, u juda tez 46
o’sadi va rivojlanadi. Shu bilan birga organizm funksiyalari va
sistemalarining shakllanishi hali tugallanmagan bo’ladi, shunga ko’ra u
tez jarohatlanadi. Bolaning asab tizimining rivojlanishiga esa atrof muhit
butun shartsharoit o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bolaning imun tizimini
shakllantirishda jismoniy tarbiya katta rol o’ynaydi. Shu bilan bir qatorda
jismoniy tarbiya bolalrning tipologik xususiyatlariga individual tartibda
yondashish,
tartib uchun optimal sharoit ,chiniqish faol harkat
faoliyati,bolaning emotsional holatini amalga oshirish maqsadida
hisobga olinadi. Chiniqishga oid tadbirlar asab tizimini mustahkamlaydi
va uning faoliyatini yaxshilaydi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim
oluvchi har bir guruh yoshidagi bolalrning asosiy faoliyati o’yin ekanligi
hech kimga sir emas. O’yin faoliyati esa bevosita jismoniy harakatlar bilan
bog’liq. Jismoniy tarbiya shaxsni har tomonlama tarbiyalash ishining
muhim komponenti hisoblanadi,
ayni paytda u aqliy, axloqiy, estetik,
mehnat tarbiyasi vazifalarini kompleks tarzda hal etadi. “ilk qadam”
maktabgacha ta’lim muassasasining davlat o’quv dasturiga nazar
tashlaydigan bo’lsak: unda bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari
qismi quyidagicha keltirib o’tilgan.