• “Jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzining shakllanishi” sohasidagi o’quv tarbiyaviy faoliyat yakunlanganidan so’ng 6-7 yoshli bola
  • Bolaning kompetensiyalari bola rivojlanishining quyidagi sohalarida




    Download 235,87 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet3/3
    Sana08.06.2024
    Hajmi235,87 Kb.
    #261812
    1   2   3
    Bog'liq
    XOMIDOV MUHAMMADYUSUF 3,4,5

    Bolaning kompetensiyalari bola rivojlanishining quyidagi sohalarida 
    belgilanadi:
     

    Jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzining shakllanishi

    Ijtimoiy – hissiy rivojlanish

    Nutq , muloqot, o’qish va yozish malakalari



    Bilish jarayonining rivojlanishi

    Ijodiy rivojlanish
    “Jismoniy rivojlanish va sog’lom turmush tarzining shakllanishi” 
    sohasidagi o’quv tarbiyaviy faoliyat yakunlanganidan so’ng 6-7 yoshli 
    bola:
     

    O’z imkoniyatlari va yoshi bilan bog’liq jismoniy rivojlanish 
    me’yorlariga mos ravishda jismoniy faollik ko’rsatadi

    Turli harakatchanlik faolligini uyg’un ravishda va maqsadli bajarishni 
    biladi

    Turli hayotiy va o’quv vaziyatlarida mayda motorika ko’nikmalaridan 
    foydalanadi

    O’z harakatlarini hissiyot va sezgi organlari yordamida boshqaradi

    Shaxsiy gigiyena malakalarini qo’llaydi

    Sog’lom turmush tarzi va ovqatlanish asoslarini biladi

    Xavfsiz hayotiy faoliyat asoslari qoidalariga rioya qiladi Bundan ko’rinib 
    turibdiki, bolaning jismoniy tarbiya bilan shug’ullanishi uning jismonan, 
    ruhan va aqlan rivojlanib shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatadi.
    Maktabgacha ta’lim tizimida bolalarga jismoniy beishda quyidagi 
    birinchi darajali vazifalar berilgan:
    1. Sog’lomlashtiruvchi vazifalar – bolalar sog’lig’ini mustahkamlash, uzoq 
    umr ko’rishni ta’minlash
    2.Ta’limiy vazifalar – jismoniy sifatlarni shaklllantirish, gigiyenik 
    ko’nikmalarni tarbiyalash, jismoniy tarbiya haqidagi bilimlarni berib 
    boorish
    3.Tarbiyaviy vazifalari – sportga munosabatini oshirish, ijobiy 
    xislatlar(uyishqoqlik, kamtarlik, intizomiylik), irodaviy fazilatlar( 
    chaqqonlik, botirlik, qatiiylik, chidamlilik ) va boshqa fazilatlarini 
    shakllantirib takomillashtirish


     Bu vazifalar bolalarning jismoniy mashg’ulotlar davomida nimalarni 
    o’zlashtirishi kerakligini bosqichma – bosqich belgilab bergan. Yuqoridagi 
    vazifalarni amalga oshirishda eng avvalo tarbiyachi pedagoglar katta rol 
    o’ynaydi. Tarbiyachilar jismoniy mashg’ulotlarni olib borayotganda 
    quyidagilarga e’tibor bermoqligi zarur.

    Mashg’ulot davomida bolaning yoshiga

    Mashqlarning qiyinchilik darajasiga

    Mashgu’lotlarning to’g’ri ketma – ketlikda tuzilganiga

    Mashg’ulot o’tkaziladigan maydonning gigiyenik tozaligi va xavfsizlik 
    darajasiga

    Mashg’ulot jaryonining boshlashdagi va tugallash jarayonidagi 
    bolaning holatiga e’tiborli bo’lmog’i zarur.
    Jismoniy tarbiya berish jarayonida qo’llanuvchi ta’lim metodlari 
    quyidagilar: 
    Bolaga jismoniy tarbiya berish jarayonida eng asosiy metodlardan biri 
    “Jismoniy zo’riqishni muhofiqlashtirish usuli hamda bu zo’riqishlarni dam 
    olish bilan qo’shib olib borish” tartibi hisoblanadi. Bolaning shu jarayon 
    davomida ijodiy imkoniyatlarini shakllantirish maqsadida ta’limning 
    axbarot – retseptiv va reproduktiv metodlaridan,umumiy didaktik 
    usullardan foydalaniladi.
    Misol uchun:

    Reproduktiv metod – axbarot berish, topshiriq berish

    Ko’rgazmali metod – taqlid qilish, ko’rsatib berish

    Og’izaki metod – izohlab tushuntirish ko’rsatma va farmoyishlar

    Amaliy metod – mashqni takrorlash, o’yin, musobaqa va boshqalar 
    kiradi.
    Barchamizga ayonki, bola tarbiyaning asosiy qismini oila davrasida 
    shakllantiradi. Bundan kelib chiqib shuni ta’kidlash joizki, bolarga 


    jismoniy tarbiyani va madaniyatni shakllantirishda ham oilaning o’rni 
    sezilarli. Maktabgacha ta’limda olib boriladigan jismoniy mashg’lot yoki 
    musobaqalarda oila a’zolarining ishtirok etishi ham bolada bu 
    mashg’ulotlarga qiziqishi va hayotiy faoliyatiga qanchalik muhim va 
    kerakli mashg’ulotlar ekanligini tushunib yetishi oson va tez kechadi
    samaradorlik darajasi ham oshadi. Jismoniy tarbiya bu faqatgina jismoniy 
    harakatlar bilan bog’liq bo’libgina qolmayuning tarkibiga quyidagilarni 
    kiritsa ham bo’ladi:

    Kun tartibini to’g’ri olib boorish

    Umumiy va shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish

    Tabiat qo’ynida chiniqish

    Mehnat faoliyatini to’g’ri tashkil qilish va hokazolar.
    Yuqorida ko’rib chiqqanlarimizning barchasi bola o’sib rivojlanishiga 
    tasir qiluvchi omillar hisoblanadi. Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, 
    maktabgacha ta’lim tizimida jismoniy tarbiyani shakllantirish bolaning 
    eng avvalo sog’ligi va rivojlanishiga qaratilgan harakatlar hisoblanadi. 
    Bola qancha jismonan sog’lom bo’lsa uning har tomonlama rivojlanishi, 
    bilim olish jarayonida ishtirok etuvchi barcha psixologik jarayonlar 
    (diqqat, xotira, tafakkur va boshqalar) va shu bilan birga uning kelajakdagi 
    mehnat va keyingi o’qish faoliyatlarining ham sifati oshib boradi. Yoshlar 
    qanchalik sog’lom bo’lsa, davlat kelajagining yuksalib rivojlanishi 
    shuncha oson va tez sur’atlarda kechadi.
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
    1. O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi “ilk qadam” 
    o’quv dasturi
    2. “Jismoniy tarbiya va sport tarixi fani bo’yicha maruzalar matni” 
    L.A.Jalilova
     

    Download 235,87 Kb.
    1   2   3




    Download 235,87 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bolaning kompetensiyalari bola rivojlanishining quyidagi sohalarida

    Download 235,87 Kb.
    Pdf ko'rish