• Annotatsiya
  • Lim jarayonida innovasion pyedagogik klastyer texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari




    Download 229.55 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/3
    Sana09.06.2023
    Hajmi229.55 Kb.
    #71447
      1   2   3
    Bog'liq
    925-Article Text-2020-1-10-20201226
    xudo xoxlasa tushadi99%, 3-labarotoriya ishi Saralash usul va algoritmlarini tadqiq qilis, cmd buyruqlari, Incremental model nima, 1matematik, word sAM 1 savol, Документ Microsoft Word (4), Ma\'ruzalar (2), ЛАБОРАТОРНАЯ РАБОТА N1, Dasturlash 2, Ariza, Qalandarova Gulshoda, 1648631455, 1650692784, 1651669892 (2)


    TA’LIM JARAYONIDA INNOVASION PYEDAGOGIK KLASTYER 
    TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI 
     
    Xaytboy Eraliyevich Sultanov 
    Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti 

    Annotatsiya: Maqola jamiyatimiz rivojlanishida ro‘y berayotgan ijobiy 
    o‘zgarishlarning hozirgi bosqichida talabalarga ta’lim-tarbiya berish sifatini oshirish 
    yo‘llari va vositalarini izlab topish zamonaviy pedagogikaning dolzarb vazifalarini 
    amaliyotga qo‘llash orqali ta’lim, ilm-fan va taraqqiyotda davlatning kelajagini 
    belgilab beradigan, uning taraqqiyotiga xizmat qiladigan kadrlar tayyorlashning 
    dolzarb masalalariga qaratilgan.  
    Kalit so‘zlar: pedagogika, uzluksiz ta’lim, klaster tizimi, innovatsiya, bilim, 
    ko‘nikma, malaka.
    POSSIBILITIES OF USING INNOVATIVE PEDAGOGICAL CLUSTER 
    TECHNOLOGIES IN THE EDUCATIONAL PROCESS 
    Haytboy Eraliyevich Sultanov 
    Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region 
    Abstract: The article seeks ways and means to improve the quality of education 
    of students at the current stage of positive changes in the development of our society. 
    focuses on current issues of personnel training that will determine its future and serve 
    its development. 
    Keywords: pedagogy, continuing education, cluster system, innovation, 
    knowledge, skills, qualifications. 
    Fan va ta’limning ishlab chiqarish bilan uyg‘unligi barcha sohalardagi 
    taraqqiyotni ta’minlaydi. Bu borada tabiiyki, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning 
    integratsiyasi muhim va dolzarb vazifa. Bu esa o‘z-o‘zidan innovatsion klasterga yo‘l 
    ochadi. Davlatimiz rahbari Shavkat Miromonovich Mirziyoyev 2017 yil 10-11 mart va 
    2018 yil 16-17 fevral kunlari xalq bilan muloqot qilish hamda joylarda amalga 
    oshirilayotgan islohotlar bilan tanishib, Buxoro viloyatiga tashrifi chog‘idagi “Paxta 
    va to‘qimachilik klasteri” loyihasini tashkil etish g‘oyasini olg‘a surdi. Unda 
    O’zbekistonda klaster tizimi asosida ishlab chiqarishni tashkil etishning ilmiy asoslari 
    ko‘rsatib berilgan. 
    Darhaqiqat, so‘nggi vaqtda innovatsion klaster tizimi barcha sohalarga shiddat 
    bilan kirib bormoqda. Jumladan, ta’lim tizimida ham klaster mavjud. Bu esa shaxsni 
    "Science and Education" Scientific Journal
    December 2020 / Volume 1 Issue 9
    www.openscience.uz
    428


    kamol topishi va yetuk kadr bo‘lishiga qaratilgan bo‘lib, uning bog‘liqligi – 
    maktabgacha, umumiy o‘rta maktab, akademik litsey, kasb-hunar kolleji, oliy o‘quv 
    yurti, doktorantura, malaka oshirish kabi jarayonlarni qamrab oluvchi butun umr 
    davomidagi ta’lim zanjirini bir-biriga bog‘langanidir.
    Xaqiqatdan ham Kadrlar tayyorlash milliy dasturida bu zanjir o‘zini to‘la 
    namoyon etadi. Lekin mustaqillik davrining boshlari, o‘tish davrlari va undan keyingi 
    davrlarda respublikamizda ta’lim sohalarida juda murakkab jarayonlar bosib o‘tildi. 
    Bular bir qaraganda stabil holatda ketgandek ko‘rinsada, hozirga kelib ishlab 
    chiqarishda mahalliy texnika va texnologiyalar zamon talablaridan ortda ekanligi, 
    kasb-hunar kollejlari hamda OTMlarning bitiruvchilarini bilim va ko‘nikma darajalari 
    zamon talablaridan pastda ekanligi yaqqol sezilib qoldi. Demak, bu yerda ta’lim zanjiri 
    ketma-ketligida uzilish bo‘lmasa ham, zanjirning alohidagi bo‘g‘inlari ichida katta 
    uzilishlar ro‘y bergan. Bular ta’lim oluvchiga nisbatan talabning susayganligi, ta’lim 
    oluvchining oliy ma’lumotga extiyoj sezmagani, raqobat zaruriyati bo‘lmagani, sifatli 
    ta’lim shaklini buzilishi (o‘qituvchilar qo‘nimsizligi), o‘quv yurtlarining moddiy – 
    texnika bazasini yetishmovchiligi va boshqalar bo‘ldi. 
    Shuning uchun ham yurtboshimiz hozirgi kunda milliy iqtisodiyotimizni “Klaster 
    usuli”da rivojlantirish bo‘yicha qo‘ygan maqsad va rejasiga asoslangan holda OTM va 
    boshqa o‘quv yurtlarida “Raqobatbardosh kadr tayyorlash klasteri”larini tashkil etish 
    hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.  
    Jamiyatimiz rivojlanishining chuqur ijtimoiy va iqtisodiy o‘zgarishlar ro‘y 
    berayotgan hozirgi bosqichida talabalarga ta’lim-tarbiya berish sifatini oshirish yo‘llari 
    va vositalarini izlab topish zamonaviy pedagogikaning dolzarb vazifalaridan biri bo‘lib 
    qolmoqda. Chunki, ta’lim, ilm-fan har qanday jamiyat, millat va davlatning kelajagini 
    belgilab beradigan, uning taraqqiyotiga xizmat qiladigan muhim omil bo‘lib xizmat 
    qiladi. O’zbekistonda olib borilayotgan ta’lim sohasidagi islohotlar bevosita uning 
    demokratik, bozor munosabatlariga o‘tish jarayoni bilan birgalikda amalga 
    oshirilmoqda.
    Bugungi kun yoshlarini yangicha ijtimoiy muhitga tayyorlash, davr ruhida 
    tarbiyalash, ta’lim sohasini isloh qilish, tizimni tubdan takomillashtirish, xususan, 
    tizimga rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasini tatbiq etish g‘oyasi kun tartibidagi 
    dolzarb va ustivor vazifalaridan biri sifatida davlatimiz rahbari tomonidan ta’kidlanib 
    kelinmoqda. Shuning uchun ham Respublikamizda oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha 
    rivojlantirish konsepsiyasida aholining oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish, 
    xalqaro standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil 
    qaror qabul qila oladigan ma’nan yetuk va jismonan barkamol yosh kadrlar tayyorlash, 
    ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va ma’naviy barkamol shaxs 
    sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish oliy ta’lim tizimini 
    "Science and Education" Scientific Journal
    December 2020 / Volume 1 Issue 9
    www.openscience.uz
    429


    rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustivor yo‘nalishlaridan biri deb belgilab 
    qo‘yilgan. 
    Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasining ta’lim tizimini tubdan 
    takomillashtirish, yetuk mutaxassislar tayyorlashning optimal yo‘llarini aniqlash, 
    ayniqsa, pedagog kadrlarning kasbiy malakalari va bilim saviyasini uzluksiz 
    yuksaltirish orqali yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, ilm fan va ishlab 
    chiqarish integratsiyasini kengaytirishga bo‘lgan e’tiborlarini har qadamda his qilib 
    turibmiz. Ayniqsa, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston Milliy 
    universitetida ilm-fan namoyondalari bilan uchrashib, oliy ta’lim sohasini yanada 
    rivojlantirish, kadrlar sifatini oshirish, ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasini 
    kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan pedagogik ta’limning 
    yangi modelini joriy etish bo‘yicha muhim ko‘rsatmalari oliy ta’limda amalga 
    oshirilishi lozim bo‘lgan islohotlar uchun muhim turtki bo‘ldi desak adashmaymiz.
    Shundan kelib chiqib, milliy an’analar, urf odatlar, turmush tarzi kabi o‘ziga xos 
    shart-sharoitlari xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’lim tizimining butunlay yangi 
    o‘ziga xos modelini ishlab chiqish vazifasi Respublikamizdagi eng dozarb 
    masalalardan biri sifatida kun tartibiga qo‘yildi. Umumjahon mehnat bozoridagi 
    yuzaga kelgan yangi bozor talablari respublikamiz ta’lim tizimini rivojlantirishning 
    ham asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi. 
    Jamiyatning rivojlanish qonuniyatlarida umumiy jihatlar va tabiiy qonuniyatlar 
    mavjud bo‘lib, bu borada o‘ziga xos yangi yo‘llarni qidirishdan ko‘ra, ba’zan 
    rivojlangan mamlakatlardagi tayyor andozalarni olish, ulardan ijodiy foydalanish 
    yaxshiroq natijani beradi. Shundan kelib chiqqan holda, bugungi kunda iqtisodiyot 
    tarmoqlarida xalqaro tajribada sinalgan va mamlakat iqtisodiyotining ishlab chiqarish 
    tarmoqlarini rivojlantirishda katta ahamiyat kasb etuvchi innovatsion tajribalarni 
    qo‘llashga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Ana shunday innovatsiyalardan biri “klaster 
    modeli” bo‘lib, bugungi kunda u agrar, to‘qimachilik, yengil sanoat va farmatsevtika 
    sohalarida keng qo‘llanilmoqda. Qisqa muddat ichida klaster modeli iqtisodiyotda 
    istiqbolli innovatsion yo‘nalish sifatida e’tirof etilib, uni boshqa sohalarda qo‘llash 
    tajribalari amalga oshirilmoqda.
    Ta’lim bir-birini to‘ldiruvchi ko‘plab mustaqil va o‘zaro bog‘liq qismlardan 
    iborat murakkab tizim hisoblanadi. Qarama-qarshi ta’sir natijasida har qanday tizim 
    samarali ishlaydi. Haqiqatdan ham harakatsiz borliq yo‘q, ichki va tashqi qarama-
    qarshiliklar natijasida u har doim harakatga, o‘zgarishga mahkum. Shuning uchun 
    maktab va oliy ta’lim hamkorlik shakllarini rivojlantirishni yo‘lga qo‘yish maqsadga 
    "Science and Education" Scientific Journal
    December 2020 / Volume 1 Issue 9
    www.openscience.uz
    430


    muvofiq bo‘ladi. Bunday sheriklik uchun o‘quv jarayonini tashkil qilishda klaster 
    modelidan foydalanishni tavsiya qilish mumkin.
    1
    Ta’kidlash joizki, tinimsiz o‘zgarib turgan bozor iqtisodi jarayonida faqat ta’lim 
    xizmatlarini amalga oshirishgina emas, balki, shaxsni raqobatbardoshlikka o‘rgatish 
    ta’lim tizimiga tatbiq etilayotgan klasterning asosiy maqsadi hisoblanadi. 
    Xulosa o‘rnida shularni ta’kidlash joizki, ta’lim tizimiga kirib kelayotgan 
    “klaster” modelining pirovard maqsadi ta’lim va ilmiy jarayonlarni takomillashtirishga 
    karatilgan bo‘lib, tizimda boshqaruv, tuzilma va sifat bilan bog‘liq jiddiy o‘zgarishlar 
    bilan birga mutaxassislarni tayyorlashda ayrim tashkiliy va tarkibiy o‘zgarishlarni ham 
    talab qiladi. Ayni paytda, bu boradagi ishlarning barcha bosqichlarida yangi shakllar 
    va usullarni izlash, ta’limning barcha turlarini maqsadning umumiyligi va 
    manfaatlarning xususiyligi bo‘yicha aloqadorligini kuchaytirish, ular o‘rtasidagi 
    integratsiyani ta’minlash masalasi yotadi. 

    Download 229.55 Kb.
      1   2   3




    Download 229.55 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Lim jarayonida innovasion pyedagogik klastyer texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlari

    Download 229.55 Kb.
    Pdf ko'rish