• Marketing, uning vazifasi, qoidalari va bozor tizimidagi o’rni Reja: Kirish
  • Kirish Mavzunig dolzarbligi.
  • Marketing uning vazifasi, uning qoidalari va bozor tizimidagi o’rni




    Download 1.44 Mb.
    bet1/14
    Sana28.02.2024
    Hajmi1.44 Mb.
    #163888
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
    Bog'liq
    document.docx umrbek
    Statistika(Oraliq) (1), Налоговый кодекс Республики Узбекистан, xkzbvdehbohboi, Blender 2.92.0, menejment, Toksanbayeva Albina sug\'urta mustaqil ishi, 3-TEZIS, 2-mavzu, psihologiya-i-alhimiya, Reading log 1 (1), Tarixiy xotirasiz kelajak yo\'q, Волейболни вужудга келиши ХАМДА ўйин қоидалари, ИШЧИ КУЧИ БОЗОРИ ВА БАНДЛИК, O\'ZBEKISTON VA JAHON HAMJAMIYATI, Doc2

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

    ________________________________________________________” KAFEDRASI


    _______________________________________________________________” fanidan

    KURS ISHI
    Маvzu: Marketing uning vazifasi, uning qoidalari va bozor tizimidagi o’rni
    Kirish'>Marketing, uning vazifasi, qoidalari va bozor tizimidagi o’rni
    Reja:

    Kirish


    1. Marketing tushunchasi va uning mohiyati
    2. Marketingni maqsad va vazifalari
    3. Marketing turlarining tasniflanishi.
    4. Bozor iqtisodiyoti sharoitida marketingni o’rni
    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


    Kirish
    Mavzunig dolzarbligi. Zamonaviy odamni hayot faoliyati tovar va izmatlarni iste’mol qilinishiga asoslangan. Ularni yaratilishi, ishlab chiqarilishi va taqsimlanishi va iste’mol qilinishi odamlar ehtiyojlarini qondirilishini dinamik rivojlanishini ta’minlaydi. Davlat iqtisodida xizmatlar sohasi va tovar ishlab chiqarish sohasi organik o’zaro bir-birini to’ldiruvchi tarmoqlar hisoblanadi. Bozor munosabatlariga o’tish sababli korxona va tashkilotlar oldida yuzaga kelayotgan qiyinchiliklar ko’p jihatdan korxona rahbar xodimlarining bozor qonunlari va uni o’rganish usullari bilan yetarlicha tanish emasligi tufayli paydo bo’lmoqda. To’la xo’jalik hisobi va o’z-o’zini moliyalashtirish tamoyillariga o’tishda korxona va tashkilotlar ilgari hech bo’lmagan hodisaga duch keldilar: ular ishlab chiqaradigan mahsulotga talab yo’q, korxona mutaxassislari esa uni qanday qilib ichki va jahon bozorlariga chiqarishni bilmaydilar. Shunday qilib, O’zbekiston bozor iqtisodiyoti sari bormoqda va shu yo’lda ko’p qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bu muammolarning yechimi ko’p jihatdan marketingdan qanchalik ijodiy va maqsadli foydalanishimizga bog’liqdir. Chunki, marketing bozorda muvaffaqiyatli faoliyat yuritishning jahon tajribasi xazinasi hisoblanadi. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2017-yil 7-fevral kungi Farmoni bilan 2017-2021-yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini tasdiqladi. Avvalo, ushbu ustuvor yo’nalishlar va ulardagi amalga oshirilishi nazarda tutilgan vazifalar hamda chora-tadbirlarning ijrosi bugungi kunning hayotiy va ijtimoiy zarurati ekanligini ta’kidlash lozim. Shu jumladan milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning tarkibida sanoat, xizmatlar ko’rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini ko’paytirish, xizmatlar ko’rsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning o’rni va ulushini oshirish, ko’rsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, xizmatlarning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o’zgartirish zarurdir. Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning hozirgi bosqichida iqtisodiyotni erkinlashtirish, mamlakatni modernizatsiyalash, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash evaziga uzluksiz iqtisodiy o’sishga erishishdek dolzarb vazifa qo’yilgan. Bu esa o’z navbatida, iqtisodiyotda erishgan yutuqlarning asosi – bozor iqtisodiyoti, mulk shakllarining takomillashuvi, iqtisodiyotdagi keskin tuzilmaviy o’zgarishlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulotdagi ulushining ortib borishi bilan baholanmoqda. Respublikada iqtisodiy islohotlarning hozirgi davrida xizmat ko’rsatish tashkilotlarida marketing faoliyatini tashkil qilish va uni samarali boshqarishga e’tibor kuchaya bormoqda. Mavzuning dolzarbligi xizmat ko’rsatish tashkilotlarida marketing faoliyatini tashkil qilish va uni samarali boshqarish zarurligidan kelib chiqadi. Bu esa mavzuning dolzarbligini belgilaydi.

    Download 1.44 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




    Download 1.44 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Marketing uning vazifasi, uning qoidalari va bozor tizimidagi o’rni

    Download 1.44 Mb.