• Turar joylar arxitekturasi
  • Jamoat binolari arxitekturasi
  • Sanoat binolari arxitekturasi
  • 5.Shaharsozlik
  • Mavzu: Аvtomobil yoʼllarini arxitektura-landshaft tashkil etish. Reja




    Download 28.49 Kb.
    bet1/3
    Sana24.02.2024
    Hajmi28.49 Kb.
    #161865
      1   2   3
    Bog'liq
    Аvtomobil yoʼllarini arxitektura-landshaft taskil etish
    1-mavzu, 2-Oraliq nazorat, 10-11 Maruza, 10-11 mavzu, Mehribon onam

    Mavzu: Аvtomobil yoʼllarini arxitektura-landshaft
    tashkil etish.
    Reja:

    1. Аvtomobil yoʼllari arxitektura-landshafti haqida tushuncha.

    2. Аvtomobil yoʼllari arxitektura-landshaftini tashkil etish.

    3. Xulosa.

    4. Foydalanilgan adabiyotlar.

    Arxitektura san’atni, texnikani va fanni o‘zida birlashtirgan sohadir. Sifatli arxitektura asari yaratilishi uchun nozik did, mukammal qurilish mashinalari, qurilish materiallari va hokazo, aniq hisob — kitob va ishchi kuchi, quruvchilar safarbar etiladi.


    Arxitektorlarning ijodiy doirasi nihoyatda kengdir. Memorchilikda avtobus bekati, do‘kon, favora kabi "kichik me’moriy shakllar" deb atalmish jajji qurilmalardan tortib to yirik bino va maydonlar, butun shahar-qishloqlar va xatto undan katta yer-joylar rejalashtiriladi. Arxitekturaning asosiy tarmoqlari bir necha.

    1. Turar joylar arxitekturasi. Mazkur tarmoq umuman arxitekturada nihoyatda muhimdir. U turar uylardan tashqari yotoqxonalar va mehmonxonalar arxitekturasini ham o‘z ichiga oladi. Bu tarmoq jamiyat ijtimoiy hayotida nihoyatda muhim rol o‘ynab, barcha insonlar va oilalar ushbu sohaga katta ehtiyoj sezadilar. Turar-joylar turli - tuman bo‘lib, hovlili va hovlisiz, kam qavatli, o‘rta qavatli va ko‘p kavatli, bir va ko‘p sho‘bali (seksiyali) uylarga bo‘linadi (2-rasm). Turarjoylar arxitekturasiga, shuningdek, yotoqxona va mehmonxonalar ham kiradi.

    2. Jamoat binolari arxitekturasi. Bu sohaning ham loyihalash doirasi kattadir. Teatr va kinoteatr, sirk, oshxona, kasalxona, sport, savdo binolari va ma’muriy binolarning arxitekturasi bilan shug‘ullanadi. Jamoat binolari ham turarjoy binolari kabi o‘z tasnifiga ega: ma’muriy binolar, ovqatlanish binolari, tomosha binolari, sport binolari va inshootlari, davolanish binolari, ta’lim va tarbiya muassasalari, savdo binolari va inshootlari, transport va aloqa ishnootlari va boshqalar shular jumla-sidandir (3-rasm). Har bir turdagi jamoat binolari guruhi alohida ichki tasnifga ham egadir. Masalan, tomosha binolari teatr va kinoteatrlarga, sirk va kinokonsert zallariga bo‘linsa, ovqatlanish binolari restoran, qahvaxona, oshxona, choyxonalarga bo‘linadi va hokazo.

    3. Sanoat binolari arxitekturasi. Ishlab chiqarish va sanoat bilan bog‘liq bino va inshootlar: zavod va fabrikalar, firmalar, ishlab chiqarish qo‘shma korxonalari, gidrotexnik va kommunal inshootlar kabi bino va qurilmalarning arxitekturasidir (4-rasm, a,b)

    4. Landshaft arxitekturasi. Park, bog‘lar, shahar maydonlari,

    piyoda yo‘llar, saylgohlar va umuman ko‘kalamzorlashtirish va tashqi obodonlashtirish san’atidan iborat.
    Tashqi ochiq muhitlar: shahar maydonlari, turli-tuman istirohat bog‘lari va parklar, xiyobonlar, bulvarlar, piyodalar ko‘chalari va unga oroyish berish san’ati namunalari landshaft arxitekturasiiing ob’ekt- laridir (5-rasm). Bugungi kunda landshaft arxitekturasining ob’ektlariga nafaqat tashqi ochiq muhitlar, balki ichki yarim ochiq va yopiq muhitlar: binolarning ichki hovlilari, "qishki bog‘lar", vesti- byullar ham kiradi. Landshaft arxitekturasi, shuningdek mavjud tarixiy bog‘lar va ko‘kalamzorlarni qayta tiklash va ta’mirlash ishlari bilan ham shug‘ullanadi.
    5.Shaharsozlik. Yangi qishloq, qo‘rg‘on, katta — kichik shaharlar va boshqa aholi punktlarini loyihalash va qurish, borlaridan unumli foydalanish va ularni rivojlanish tarti- bini, rekonstruksiyasini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.

    Download 28.49 Kb.
      1   2   3




    Download 28.49 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Аvtomobil yoʼllarini arxitektura-landshaft tashkil etish. Reja

    Download 28.49 Kb.