• Pedagogika fanining ob’yekti
  • Tarbiya
  • Bilim
  • Ma’lumot
  • Pedagogika tarixi
  • Pedagogik fanlar tizimi Maktabgacha ta’lim pedagogikasi
  • Pedagogik innovatika
  • Tibbiv fanlar
  • Mavzu: Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini pedagogik faoliyatga kirishi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy kompetensiyasi, integrativ faoliyat bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash




    Download 0.62 Mb.
    Sana28.03.2024
    Hajmi0.62 Mb.
    #180356
    Bog'liq
    2 mavzu BT pedi ppt
    sasas, 2 toifa uchun test savol-javob Ona tili, rasmlar, НАМУНА 1, 3-SINF OTLARNING BIRLIK VA KO’PLIKDA QO’LLANILISHI USTIDA ISHLASH JARAYONIDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH, Ziyayev Jamshidbek Xurshidbek o`g`li3, Nanoelektronika materillari. Kvant nuqtalar iplar va o\'rala, Narkologiya-2, 15-99 Investitsiyalarni tashkil etish va moliyalashtirish, Slayd Davlat agrar siyosati 2, 2-mavzu Zamonaviy STEAM yondashuvi –davr talabi, Mavzu Ko’p xonali sonlar ichida qo’shish va ayirish Mundarija K, Work Prog 738969 44.03.05 03182023, Мавзу Фалсафа фанининг предмети, ма=сади, вазифалари ва муаммол (1), Butun olam tortishish qonuni. Kosmik tezliklar. Reja (1)

    MAVZU: Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini pedagogik faoliyatga kirishi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy kompetensiyasi, integrativ faoliyat bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash.
    1. Boshlang‘ich ta’lim muhiti va uni loyihalashtirish, axborot muhiti ta’lim jarayonlarini loyihalashtirish interaktiv yondashuvini amaliyotga joriy qilish, o‘quv-metodik ta’minot.
    2. Boshlang‘ich sinf o‘quvchi shaxsi, rivojlanishining asosiy qonuniyatlari pedagogik qo‘llab-quvvatlash.
    Reja:
    Pedagogika fanining maqsadi va vazifasi.
    Pedagogika (yunoncha paidagogike bo'lib, paidagogos «bola» va «yetaklayman») ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta'lim berishning mohiyati va muammolarini o'rganadigan fan.
    Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati — uni o'qitish va tarbiyalashga asosiy e'tiborni qaratganligi bois didaktika (ta'lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.
    Pedagogika fanining ob’yekti – yaxlit pedagogik jarayon.
    Pedagogika fanining predmeti – ta’lim-tarbiya jarayoni, mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari.
    Pedagogika fanining asosiy kategoriyalari.
    Fanning mohiyatini ochib beruvchi eng muhim, asosiy tushuncha kategoriya deb ataladi.
    Eng muhim kategoriyalar sirasiga quyidagilar kiradi: shaxs, tarbiya, ta’lim (o’qitish, o’qish), bilim, ko’nikma, malaka, kompetensiya, ma’lumot, shakllantirish, rivojlantirish.
    Shaxs – psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan jamiyat a’zosi.
    Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyo-qarashini tarkib toptirish jarayoni.
    Ta’lim – o’quvchilarni nazariy bilim, amaliy ko’nikma va malakalar bilan qurollantirish, kompetentlikni tarkib toptirish, ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish va dunyoqarashlarini shakllantirishga yo’naltirilgan jarayon.
    Bilim – shaxsning ongida tushunchalar, umumlashmalar, ma’lum obrazlar ko’rinishida aks etuvchi borliq haqidagi tizimlashtirilgan ilmiy ma’lumotlar majmui.
    Ko’nikma – shaxsning muayyan faoliyatni tashkil eta olish layoqati.
    Malaka – muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashtirilgan shakli.
    Kompetensiya egallangan bilim, ko’nikma va malakalarni kundalik va kasbiy faoliyatda qo’llay olish qobiliyati.
    Ma’lumot – ta’lim-tarbiya natijasida o’zlashtirilgan va tizimlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko’nikma va malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarash majmui.
    Shakllantirish – shaxsda barqaror xususiyat va sifatlarni belgilangan talab va me’yorlae asosida tarkib toptirish jarayoni.
    Rivojlanish – shaxsning fiziologik va intellektual o’sishida namoyon bo’ladigan miqdor va sifat o’zgarishlar mohiyatini ifoda etuvchi murakkab jarayon.
    Dastlabki maktablar qadimgi Sharqda (Vavilon, Misr, Hindistonda) paydo bo'lib, ularda bolalarga ma'muriy-xo'jalik boshqaruvi asoslari o'rgatilgan.
    Antik davrda maktablar Sparta, Afina va Rim tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismi sifatida faoliyat olib borganlar.
    Qadimgi Yunonistonda bunday joylar akademiya deb nomlangan. «Akademiya» so'zi afsonaviy qahramon Akadema nomidan kelib chiqqan. Eramizdan avvalgi IV asrda Afina yaqinidagi Akadema nomi bilan nomlanuvchi joyda Platon o'z shogirdlariga ma'ruzalar o'qigan bo'lib, keyinchalik ta'lim tashkil etiluvchi maskan ham shunday nom bilan atala boshlagan. Qadimgi Rim va Yunonistonda bolalarga bilim berish faylasuflar zimmasiga yuklatilgan.
    • Umumiy pedagogika – pedagogikaning kontseptual masalalari va amaliy jihatlarini tadqiq etadi. Pedagogika nazariyasi – pedagogikaning umumnazariy masalalari, qonuniyatlari va tamoyillari hamda tasniflashga oid masalalarni o’rganadi.
    • Pedagogika tarixi – pedagogik fikrlarning taraqqiy etishi, maktab va ta’lim turlarining davriy xususiyatlari, o’ziga xoj jihatlari va ahamiyatini tadqiq etadi.
    • Pedagogik mahorat – o’qituvchilarni pedagogik faoliyatga samarali tayyorlash taktikasi, pedagogik qobiliyatlarni shakllantirish, pedagogik madaniyat va texnikani tarkib toptirish hamda nutq texnikasini egallash yo’llarini o’rganadi.

    Pedagogik fanlar tizimi
    • Maktabgacha ta’lim pedagogikasi
    • Boshlang’ich ta’lim pedagogikasi
    • Korrektsion (maxsus) pedagogika
    • Pedagogik texnologiya
    • Ta’lim menejmenti
    • Ijtimoiy pedagogika
    • Oila pedagogikasi
    • Xalq pedagogikasi
    • Qiyosiy pedagogika
    • Pedagogik innovatika
    • Pеdаgоgik аksiоlоgiya
    • Neyropedagogika
    • Muzey pedagogikasi
    • Pedagogik antropologiya
    • Pedagogik akmeologiya
    • Falsafa
    • Iqtisod
    • Sotsiologiva
    • Tarix
    • Psixologiva
    • Madaniyatshunoslik
    • Tibbiv fanlar
    • Fiziologiva
    • Etika
    • Estetika

    Pedagogikaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
    E’TIBORINGIZ
    UCHUN
    RAHMAT!
    Download 0.62 Mb.




    Download 0.62 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisini pedagogik faoliyatga kirishi. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining kasbiy kompetensiyasi, integrativ faoliyat bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini tayyorlash

    Download 0.62 Mb.