Mavzu: evolyutsiyaning asosiy bosqichlari




Download 28.6 Kb.
bet1/2
Sana07.11.2023
Hajmi28.6 Kb.
#95322
  1   2
Bog'liq
evalitsiya
taqriz kafolat xati, aaa, Yoldasheva IZO 2A, актава, Quyosh energetikasi, yangi materiallar va strukturalar fanidan ma\'ruza mavzulari., МАНЗУРАПА АРИЗА, формула 1, topshiriq(ma'ruza-TX)-sirtqi, 2-amaliy ish

MAVZU: EVOLYUTSIYANING ASOSIY BOSQICHLARI


REJA:
Kirish

  1. Organik olamning tarixiy taraqqiyoti

  2. Arxey va proterozoy eralari haqida

  3. Paleozoy va mezozoy eralari haqida

  4. Kaynazoy erasi haqida

  5. Xulosa

Adabiyotlar

Kirish
Organik olamning tarixiy taraqqiyoti bilan tanishilsa, organizmlar oddiydan murakkabga, takomillashmagan formalardan takomillashgan formalarga tomon rivojlanganligi namoyon bo`ladi. Bu ayniqsa, paleontologiya dalillarini tahlil qilganda ko`zga yaqqol tashlanadi.
Odatda, organizmlarning oddiydan murakkabga tomon rivojlanishi progress termini bilan ifodalanadi. Biror organ tuzilishining murakkablashuvi darajasi evolyutsion progressni aniqlash uchun ishonchsiz mezon hisoblanadi. Ba’zi bir boshoyoqli mollyuskalar ko`zining tuzilishi sut emizuvchilar ko`zining tuzilishiga nisbatan anchagina murakkab. Lekin boshoyoqli mollyuskalar sut emizuvchilarga qaraganda yuksalgan deb aytib bo`lmaydi. Organizm guruhlarining tuzilishi «yuqori» darajada ekanligini aniqlash uchun, uning to`plagan axborot zahira hajmi, ontogenezning avtonomizatsiyasi, individlarining yashab qolishi, umumiy aktivligining ortishi diqqat markazida turmog`i kerakligidan dalolat beradi.
Ixtisoslashish, idioadaptatsiyaning eng xususiy formasi bo`lib hisoblanadi. Ixtisoslashish organizmlarning har qaysi yirik guruhlarida uchraydi. Ularga yalqovlar, chumolixo`rlar, gekkonlar, xameleonlar va shu singari hayvonlar misol bo`ladi. Ixtisoslashgan organizmlar, odatda, muhitning juda tor doirasida hayot kechiradi. Mazkur sharoitda ular bilan raqobat qiluvchi organizmlar kam uchragani uchun, qayd qilingan hayvonlar hozirgacha saqlanib kelgan. Idioadaptatsiya o`simliklarda ham keng tarqalgan. Chetdan changlanish, urug`, mevalarning tarqalishiga imkon beradigan turli moslamalarni idioadaptatsiya tipidagi o`zgarishlar deb ta’riflash mumkin.

Organik olamning tarixiy taraqqiyoti bilan tanishilsa, organizmlar oddiydan murakkabga, takomillashmagan formalardan takomillashgan formalarga tomon rivojlanganligi namoyon bo`ladi. Bu ayniqsa, paleontologiya dalillarini tahlil qilganda ko`zga yaqqol tashlanadi.


Odatda, organizmlarning oddiydan murakkabga tomon rivojlanishi progress termini bilan ifodalanadi. Biroq progress tushunchasi uning tub mohiyatini ochib bermaydi. Umuman, organizmlarning tuzilish darajasini ifodalovchi mezonlar hali yaxshi ishlab chiqilmagan. Masalan, to`rt oyoqli sudralib yuruvchilardan ilonlarning kelib chiqishini progress yoki regress deb hisoblash mumkinmi? Shunga ko`ra, «progress» muammosi Darvin uchun juda murakkab, organizmlarning tuzilish darajasi haqidagi mulohazalar esa nisbatan, chalkash bo`lib tuyulgan. Shuning uchun u o`z asarlarida juda «takomillashgan mavjudotlar» iborasini ishlatmaslikka harakat qilgan.
Chunki ko`p hollarda organizmlar biror qismining progressiv o`zgarishi boshqa qismining regressiv o`zgarishi bilan uzviy bog`liq. Bu esa progress mezonlari haqidagi masalaning murakkabligiga sabab bo`ladi. Progress haqidagi tushunchaga dastlab Darvin ilmiy tomondan yondashgan olimdir. U progressiv rivojlanishning asosiy omillaridan biri tabiiy tanlanish bo`lib u ma’lum muhit sharoitida organizmlarning takomillashuviga sababchi, deydi. Darvin fikricha, organizmlarning raqobat qilish qobiliyati turli organlarining differensiyalanish va ixtisoslashish darajasi progress mezonlaridan biri hisoblanadi. Lekin bu mezonlar progress tushunchasi uchun yetarli emas. Ular progressiv evolyutsiyadagi qarama-qarshiliklarni ifodalay olmaydi.
Biror organ tuzilishining murakkablashuvi darajasi evolyutsion progressni aniqlash uchun ishonchsiz mezon hisoblanadi. Ba’zi bir boshoyoqli mollyuskalar ko`zining tuzilishi sut emizuvchilar ko`zining tuzilishiga nisbatan anchagina murakkab. Lekin boshoyoqli mollyuskalar sut emizuvchilarga qaraganda yuksalgan deb aytib bo`lmaydi. Organizm guruhlarining tuzilishi «yuqori» darajada ekanligini aniqlash uchun, uning to`plagan axborot zahira hajmi, ontogenezning avtonomizatsiyasi, individlarining yashab qolishi, umumiy aktivligining ortishi diqqat markazida turmog`i kerakligidan dalolat beradi.
Organik olamda progressiv rivojlanishning har xil shakllari mavjud. Ularga cheklanmagan biologik, morfologik-fiziologik progresslar kiradi. Prokariotlardan tortib bir qancha evolyutsion jarayonlar tufayli sut emizuvchilar va nihoyat odamzotning kelib chiqqanligi cheklanmagan progressga misol bo`ladi. Albatta bu tarixiy rivojlanish bir qancha organik formalarning paydo bo`lishi, almashinuvi orqali amalga oshgan. Materiya harakat formasining bunday yuqori bosqichga o`tishi tirik tabiat rivojlanishining birgina shoxobchasida ro`y bergan. Organik olam tarixiy rivojlanishining boshqa shoxobchalari esa rivojlanishning u yoki bu darajasida to`xtab qolgan.
Ma’lumki, eralardan eralarga, davrlardan davrlarga o`tgan sari organik olamning xilma-xilligi orta borgan. Bu esa organizm guruhlari yashayotgan biotik muhitning murakkablashuviga sabab bo`lgan. Bunday o`zgargan sharoitda yashashga moslashgan organizmlar paydo bo`lar ekan, ular avvalo kam sonda, ko`zga tashlanmaydigan holatda bo`lib, keyinchalik son jihatdan ko`payib, xukmron holatga o`tgan. Xuddi shunday holatni silur davrida jag`sizlar, devonda baliqlar, karbonda suvda va quruqda yashovchilar, Permda sudralib yuruvchilar, mezozoy va kaynozoyda sut emizuvchilar sinfiga mansub bo`lgan hayvonlarda ko`rish mumkin. Yangi paydo bo`lgan organizm guruhlari biosferada hukmron holatni egallashi uchun ular shu yerdagi mavjud turlar bilan raqobatda bo`lishi va ularga nisbatan bir qancha afzalliklarga ega bo`lishi kerak edi.
U yoki bu hayvon, o`simlik guruhlari cheklanmagan progress asosida rivojlanishi uchun asosiy to`siq tor doiradagi ixtisoslashishdir. Tarixiy rivojlanish-da organizmlarda tor doiradagi ixtisoslashishning tarkib topmasligi uchun yashash muhiti tez-tez o`zgarib turishi kerak. Bunday sharoitda yashagan organizmlarda tor doirada ixtisoslashish amalga oshmagan va ular har gal o`zgargan yashash sharoitiga tuzilishining murakkablashuvi bilan javob qaytar-gan, oqibatda ular evolyutsiyasida cheklanmagan progress muntazam ravishda amalga osha borgan. Cheklanmagan progress organizmlar tuzilishining takomillashuvi bilan bir qatorda populyatsiya tarkibining o`zgarishiga ham sabab bo`lgan.Bir hujayrali organizmlar populyatsiyasida individlar orasidagi munosabat juda sust, har bir organizm mustaqil ravishda muhitning o`zgarishiga javob beradi. Poda yoki gala bo`lib yashovchi, tuzilishi murakkab bo`lgan hayvonlar populyatsiyasida esa har bir individning muhit o`zgarishiga javob reaksiyasi har xildir. Ularning ba’zilari muhitga bevosita emas, balki bilvosita bog`liq bo`ladi. Yosh organizmlar oziq topishda, dushmandan himoyalanishda bevosita ishtirok etmasligi shular jumlasidandir. Populyatsiyada ro`y bergan bunday o`zgarish individni muhitning tobeligidan, tasodifiy noqulay sharoitdan himoya qilishga qaratilgan. Organik olam-dagi progress muammosi birinchi marta Seversov tomonidan mukammal o`rganilgan.
Cheklanmagan progressda organik olam guruhlarida individlar miqdori hamma vaqt orta bormaydi. Ko`p hollarda «tuban» organizmlar miqdor jihatdan yuqori tuzilishga ega organizmlarga nisbatan ko`p sonda bo`ladi. Yuqori tuzilishga ega organizmlar takomillashgani uchun miqdor jihatdan ko`p bo`lish hisobiga emas, balki individlari yashovchanligining ortishi hisobiga gullab-yashnagan. Biroq bunday yo`l katta guruhlar taqqoslanganda ko`zga tashlanadi. Ayrim turlarning yashash uchun kurashdagi muvaffaqiyati ko`p hollarda populyatsiyada individlar, tur doirasida populyatsiyalar miqdorining ortishi, arealining kengayishi bilan aloqador.
Gruppali (cheklangan) progress. Har qanday hayvon, o`simlik guruhi tuzilish rejasi bo`yicha boshqa guruhlardan farq qiladi. Evolyutsiya jarayonida mazkur guruhda tuzilishning takomillashuvi gruppali (cheklangan) progress mazmunini tashkil etadi. Masalan, arxegoniyli o`simliklarda gruppali progress ontogenezda gametofitdan sporofitga o`tishga, o`tkazuvchi naylarning rivojlanishiga, epidermis «og`izchalari»ning rivojlanishiga sabab bo`lgan.Morfologik-fiziologik progress, ya’ni aromorfoz. Seversov aromorfoz deganda, organizmlar tuzilishining ajdodlarga nisbatan birmuncha yuqoriroq pog`onaga ko`tarilishiga sabab bo`ladigan universal xarakterdagi o`zgarishlarni tushungan. Aromorfozlar ayrim organlarning emas, balki butun organizmning takomillashishi bilan xarakterlanadi. Oqibatda organizmlarda funktsional va strukturali o`zgarishlar ro`y berib, ular muhitning shart-sharoitiga to`laroq mos keladigan tuzilish va funksiyalarga ega bo`ladi. Bu esa organizm bilan muhit o`rtasidagi munosabatlarning kengayishiga sabab bo`ladi. Aromorfoz yo`nalishdagi o`zgarishlar organizmni xilma-xil sharoitga moslanishga olib keladi. Bu tipdagi o`zgarishlar universal xarakterga ega bo`ladi.
Progressiv evolyutsiya to`g`risida gap borar ekan, morfologik-fiziologik progressning mezonlarini tavsiflash zarur. Ularsiz morfologik-fiziologik progress tushunchasiga bir xil ta’rif berish mumkin emas. Hozirgacha tuzilish va funksiyaning yuqori darajadaligini aniqlash bo`yicha 40 ta mezon ishlab chiqilgan. Ularni uchga — sistemali, energetik va axborot guruhlariga bo`lish mumkin.
Sistemali mezon tuzilish va funksiyaning murakkablik va integratsiya darajasini ifodalaydi. Organizm, to`qima va organlar tabaqalanishining ortishi, ko`p tomonlama hayotiy funksiyalar bilan ta’minlanishi, gomologik organlar oligomerizatsiyasi shular jumlasiga kiradi.Energetik mezon bir butun organizm va uning qismlari funksiyasining samaradorligi iqtisod qilinishi darajasi tavsifini belgilaydi. Masalan, oziq iste’mol qilib ko`p energiya beruvchi organizm takomillashgan hisoblanadi. Bu fermentlar sifati, kaloriyaga boy oziq iste’mol qilish, atrof-muhitga kam issiqlik ajratish bilan ifodalanadi.
Axborot mezoni axborot to`plash darajasini aks ettiradi, bunga umurtqali hayvonlarning tobora murakkablanish evolyutsiyasi natijasida genetik axborotning izchillik bilan orta borishi misol bo`ladi. Chunonchi, sut emizuvchilar DNK si miqdoriga nisbatan dastlabki xordalilar genomida DNK 6%, bosh skeletsizlarda 17%, to`garak og`izlilarda 38%, baqalar va toshbaqalarning ba’zi turlarida 80 % ni tashkil etadi. Tuzilishninig takomillashganligi ota-ona organizmlardan olingan (shartsiz refleks), shuningdek, shaxsiy rivojlangan (shartli refleks) tufayli hosil bo`lgan xatti-harakatda namoyon bo`ladi. U yuqori sut emizuvchilarda, ayniqsa, yirtqichlarda juda rivojlangan.
Idioadaptatsiya Biologik progressga olib keladigan ikkinchi yo`nalish idioadaptatsiyadir. Bu aromorfozdan farq qilib, umumiy moslanish emas, balki xususiy, juz’iy moslanishlar paydo bo`lishidan iborat. Lekin bu o`zgarishlar organizmlarning tuzilish darajasi, hayot faoliyatini ajdodlarga nisbatan yuqoriga ko`tarmaydi ham, pasaytirmaydi ham. Idioadaptatsiya yo`li bilan paydo bo`ladigan o`zgarishlar, odatda, organizm hayot faoliyati uchun ikkinchi darajali ahamiyatga ega organlar, qismlarga ta’lluqlidir. Idiodaptatsiya natijasida organizm garchi tuzilishi jihatdan o`z ajdodlari bilan bir darajada turadigan bo`lsa ham, muhitning ma’lum o`zgarishlariga ularga nisbatan yaxshi moslashadi. Har bir hayvon yoki o`simlik turiga mansub organizmlarda idioadaptatsiya bo`lishi tabiiy bir hol.
Ixtisoslashish, idioadaptatsiyaning eng xususiy formasi bo`lib hisoblanadi. Ixtisoslashish organizmlarning har qaysi yirik guruhlarida uchraydi. Ularga yalqovlar, chumolixo`rlar, gekkonlar, xameleonlar va shu singari hayvonlar misol bo`ladi. Ixtisoslashgan organizmlar, odatda, muhitning juda tor doirasida hayot kechiradi. Mazkur sharoitda ular bilan raqobat qiluvchi organizmlar kam uchragani uchun, qayd qilingan hayvonlar hozirgacha saqlanib kelgan. Idioadaptatsiya o`simliklarda ham keng tarqalgan. Chetdan changlanish, urug`, mevalarning tarqalishiga imkon beradigan turli moslamalarni idioadaptatsiya tipidagi o`zgarishlar deb ta’riflash mumkin.
Senogenez. Senogenez embrion yoki lichinkalik davrida vujudga keladigan moslamalar hisoblanadi. Tuxum hujayrani va embrionni kimyoviy va mexanik ta’sirlardan himoya qiluvchi parda yoki mikroblardan saqlovchi ohakli qobiq, tuxumdagi sariqlik, reptiliya, qushlar va sut emizuvchilarda embrionni tebranish va zarbalardan saqlovchi amnion, sut emizuvchilarda embrion, nafas olishga yordam beradigan allantois va yo`ldosh senogenezga yaqqol misoldir.
Qayd qilingan holat adaptatsiogenezning asosiy yo`nalishlarini belgilashda mezon bo`lishi kerak. Bu jihatdan adaptatsiogenezni orogenez va idiogenezga bo`lish maqsadga muvofiqdir.Orogenez keng doiradagi moslanish bo`lib, organizmlar tuzilish faoliyatining ortishi, yashayotgan arealining kengayishi bilan izohlanadi. U mazmun jihatdan Seversovning aromorfoz iborasiga aynan o`xshashdir. Orogenez organizmlarning yirik sistematik guruhlari vujudga kelishining universal manbaidir. Ba’zan u mega (ulkan) evolyutsiyaga o`xshatiladi. Idiogenez esa bir xil tuzilish darajasini saqlagan holda muhitning konkret sharoitiga xos moslanishlarning rivojlanishidir. Mazkur tushuncha mazmun jihatdan Seversovning idioadaptatsiya yo`nalishiga mos keladi. Idiogenez masshtabi (ya’ni umumiy moslanishdan xususiy moslanishga aylanishi)ga ko`ra, allogenez, telogenez, gipergenez, katagenez va gipogenezlarga bo`linadi.
Allogenez ixtisoslashish bilan bog`liq bo`lmagan xususiy moslanishdir. U ko`pgina o`simlik va hayvonlarga xos.



Download 28.6 Kb.
  1   2




Download 28.6 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: evolyutsiyaning asosiy bosqichlari

Download 28.6 Kb.