• Ekologik tizim tushunchasi
  • Ekotizimlarning o‘zgarishi. Suksessiya hodisasi




    Download 55 Kb.
    bet1/4
    Sana19.05.2023
    Hajmi55 Kb.
    #61827
      1   2   3   4
    Bog'liq
    7 mavzu
    1-amaliyot, 2 nazorat grafigi, 5-s.o\'quvchilar ro\'yxati, 749-Текст статьи-2092-1-10-20220324, лаб 14, Yuldoshov Asliddin, Ariza, Microsoft Word Kasbiy psixologiya Yulchiyeva Z, 55, 4 mavzu, 1 sinfda matematika darslarida didaktik o‘yinlardan foydalanish , 01 Headway Pre-intermediate SB, passport, Abdurauf Fitrat. Publitsistik asarlar


    Ekotizimlarning o‘zgarishi. Suksessiya hodisasi.

    Reja:
    1.Ekologik tizim tushunchasi.


    2.Ekotizimda modda va energiya oqimi.
    3.Ekotizimlarning mahsuldorligi, ekologik piramida va uning qoidalari.
    4.Ekologiyaning matematik modeli.
    5.Ekotizimlarning dinamikasi va suktsessiyasi.
    Ekologik tizim tushunchasi

    Tirik organizmlar jamoasi abiotik muhit bilan moddiy-energetik aloqada yashaydi. O`simliklar ozuqlanish jarayonida o`lik tabiatdan karbonot angidrid, suv, kislorod va mineral tuzlarni oladi ya'ni ular hali iste'mol qilishga tayyor bo`lmagan anorganik moddalarni olib, ulardan organik birikmalarni sintezlaydi. Shuning uchun ham ularga avtotroflar, ya'ni o`zlari uchun o`zlari ovqat tayyorlaydiganlar deb nom berilgan. Tayyor ozuqa moddalari bilan oziqlanuvchi organizmlarga esa geterotroflar deyiladi. Bularga barcha o`txo`r va etxo`r organizmlar misol bo`ladi. Demak, geterotrof organizmlar avtotrof organizmlar hisobida yashaydi. Ular tashqi muhitdan qo`shimcha kislorod va suv ham oladi.
    Avtortrof va geterotrof organizmlarning olgan ozuqasi tarkibidagi barcha moddalarning o`rni biogen modda aylanishi davomida tabiatda tiklanib turadi. Demak, barcha organizmlar modda aylanish jarayonida ham o`zaro va ham tashqi muhit bilan bog`langan yaxlit tizimni hosil qiladi.
    Tirik organizmlarning har qanday uyushmasi bilan ular yashayotgan muhitning birgalikdagi majmuasi ekotizimlar deb ataladi. Bu terminni fanga 1935 y., ingliz olimi A. Tensli kiritgan. Ekotizimlar hajmi jihatidan turlicha kattalikda bo`ladilar. Masalan, daraxtning chiriyotgan poyasini kichik bir ekotizim, ya'ni mikroekotizim deyish mumkin. O`rmon, ko`l, o`tloq va hokazolarni o`rtacha kattalikdagi ekotizim, ya'ni mezotizim deyish mumkin. Okean, qit'a va shu kabilarni yirik ekotizim, ya'ni makrotizim deyish mumkin. Eng yirik ekotizim ya'ni megaekotizim – bu biosfera hisoblanadi.
    Ekotizimning sinonimi sifatida fanda ko`pincha biogeotsenoz atamasi ham qo`llaniladi. Bu ikkala tushuncha bir-biriga yaqin, biogeotsenoz ekotizimning muayyan maydondagi bir bo`lagi hisoblanadi.



    Download 55 Kb.
      1   2   3   4




    Download 55 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ekotizimlarning o‘zgarishi. Suksessiya hodisasi

    Download 55 Kb.