• Ilmiy bashorat
  • Mavzu: ilmiy nazariya. Ilmiy bashorat




    Download 23.18 Kb.
    bet1/6
    Sana10.11.2023
    Hajmi23.18 Kb.
    #97101
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Ilmiy bashorat-fayllar.org
    05-02 qisqa guruh tarbiyachi daftari, Venn-diagrammasi-, Matematik-damino-oyini, kompyuter Tarmoqnini montaj qilsh turlar, 85-96 betlar, Презентация Microsoft PowerPoint, 2021- догерек Айсара (3), Bekchanova-zilola kurs-ishi m. . m pdf, маънавият маъруза -4, 1-Mustaqil ish topshiriqlari (2), ABBAZ, 1. Korporativ huquq tushunchasi Korporativ huquqiy munosabatlar -fayllar.org, IMSlar, E va S1 Mustaqil ish namuna variant ro\'yxat

    Ilmiy bashorat

    MAVZU: ILMIY NAZARIYA. ILMIY BASHORAT


    Reja:
    1. Ilmiy bashorat tushunchasining mohiyati


    2. Ilmiy bashoratning turlari


    3. Ilmiy nazariya ijod shakli sifatida.




    Ilmiy bashorat - tabiat va jamiyatning ayni paytda nomaʼlum, lekin kelajakda yuzaga kelishi yoki oʻrganilishi mumkin boʻlgan voqea va hodisalarini, jarayonlarni ilmiy qonuniyatlar asosida oldindan aytib berish, koʻra olish. Ilmiy bashorat ijodiy jarayon boʻlib, tabiat, jamiyat taraqqiyoti obʼyektiv qonunlarining fanda oʻrganilgan asoslariga suyanadi. Ilmiy bashorat voqelik haqida toʻplangan bilim va tajribalarga, voqelikning oʻzgarishi va rivojlanishi qonuniyatlariga tayangan holda chiqariladigan, ilmiy jihatdan asoslangan xulosalardir. Bunda voqelikdagi zaruriy aloqadorlik, davriy oʻzgarishlar hamda tasodifiy ehtimolliklar hisobga olinadi. Olimlar osmon yoritqichlarining davriy harakatlarini oʻlchash natijasida Quyosh va Oyning tutilish vaqtlarini oldindan aytishgan, sayyoralarning harakatlanish jadvallarini tuzishgan (mil. av. 585 y. yunon olimi Fales Quyosh tutilishini bashorat qilgan. Ulugʻbek tuzgan yulduzlar jadvali esa osmon yoritqichlarining davriy harakatini aniq aks ettirgan). Tabiatdagi davriy oʻzgarishlarni kuzatish natijasida yil fasllarining almashinishi, shamolning yoʻnalishi va bulutlarning hola-tiga qarab obhavoning oʻzgarishini oldindan ayta olishgan, bunday bilimlar dehqonchilik va chorvachilikda muhim ahamiyat kasb etgan. Bashorat qilishning ayrim elementlari jonivorlarda ham uchraydi. Qushlar va ba’zi hayvonlar ob havo o’zgarishini bilishadi. Ilmiy bashorat – bilishning o’ziga xos shaklidir. O’tmish yoki bugungi kunningvoqea xodisalari haqida ma’lumotlardan iborat oddiy bilimlardan farqli o’laroq ilmiy bashorat kelajakda sodir bo’lishi yoki kashf etilishi mumkin bo’lgan narsalar haqida axborotni ifoda etadi. Binobarin, u ehtimoliy xususiyatga egadir. Bu bilish ob’ekti – xali kelmagan kelajakning xususiyati bilan belgilanadi. Kundalik hayotiy tajribaga, sog’lom fikrga, hodisalarni oddiy kuzatishga yoki diniy
    e’tiqodga asoslangan diniy bashoratlar va empirik farazlardan farqli o’laroq ilmiy bbashorat tabiat va jamiyat haqidagi ilmiy bilimni ob’ektiv, teran va har tomonlama taxlildan o’tkazishga asoslanadi. Ilmiy bashorat bugungi kunda informatika va elektronika, global kompyuter tarmog’i va globalizasiya asri insoniyat oldiga qo’yayotgan ko’pgina muammolarni hal qilishga qodir. Ilmiy bashora tva prognoz yordamida inson hayotiy faoliyati rivojlanishining nomaqbul, zararli, xavfli, boshi berk yo’nalishlarini oldindan aytib berish, shuningdek, ularni oqibatlarini yumshatish yoki to’liq bartaraf etish mumkin. Hodisalarni bashorat qilish, ularni ilmiy tushuntirish, xodisalarni teran aloqasi va mohiyatini ochib berish, ijtimoiy amaliyotga xizmat qilish qobilyati – bu fanning ijodiy, pragnostik imkoniyatlarining ko’rinishlaridir, zero, ilmiy bilishning asosiy vazifasi tabiiy va ijtimoiy muhitda insonga yo’l ko’rsatish va uni bu muxitga moslashishiga yordam berishdan iborat.

    Download 23.18 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 23.18 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: ilmiy nazariya. Ilmiy bashorat

    Download 23.18 Kb.