• Robert Noys
  • Raqamli ims oilalarining muvofiqlashtirish usullari




    Download 1.9 Mb.
    bet1/5
    Sana22.01.2024
    Hajmi1.9 Mb.
    #143051
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    IMSlar
    05-02 qisqa guruh tarbiyachi daftari, Venn-diagrammasi-, Matematik-damino-oyini, kompyuter Tarmoqnini montaj qilsh turlar, 85-96 betlar, Презентация Microsoft PowerPoint, 2021- догерек Айсара (3), Bekchanova-zilola kurs-ishi m. . m pdf, маънавият маъруза -4, 1-Mustaqil ish topshiriqlari (2), ABBAZ, 1. Korporativ huquq tushunchasi Korporativ huquqiy munosabatlar -fayllar.org, Ilmiy bashorat-fayllar.org, E va S1 Mustaqil ish namuna variant ro\'yxat

    Raqamli IMS oilalarining muvofiqlashtirish usullari.

    Bajardi: Saidmuradov Eldor


    Elektrotexnika va ayniqsa elektronika rivojlanib borar ekan, integral mikrosxemalarning ixtiro qilinishi zamonning inkor etib bo‘lmas jiddiy talabiga aylanib bordi. Deyarli bir vaqtning o‘zida bir-biridan bexabar ikki muhandis ixtirochi - Jek Sent-Kler Kilbi (1923-2005) va Robert Norton Noys (1927-1990) integral mikrosxemani ixtiro qilishgan.
    Mutaxassislar integral mikrosxemalarni qisqartirib IMS deb yuritishadi. IMS bu - juda kichik o‘lchamga keltirilgan elektr zanjiri bo‘lib, u turli xil yarimo‘tkazgichlarni qo‘llash asosida tayyorlanadi. Ba'zan IMSni oddiygina qilib mikrochip ham deyiladi.
    IMSlarda yarimo‘tkazgichlarning o‘tkazuvchanlik xususiyatini elektr maydoni orqali boshqariladi. Monolit IMSlarning ixtiro qilinishi esa, avvallari alohida-alohida tayyorlangan va sxemalarda ham alohida joylashtirilgan elementlar - tranzistorlar, qarshilik, kondensator va ho kazolarni, yarimo‘tkazgich materialdan tayyorlangan bitta kristall mikrochipga favqulodda juda kichik ixcham o‘lchamlarda joylashtirish imkonini berdi.
    Integral mikrosxemalar

    Robert Noys


    Jek Kilbi o‘zining IMSini 1958-yilda ixtiro qilgan. Robert Noys esa undan yarim yil keyin o‘z IMSini yasab namoyish qilgan. Yarimo‘tkazgich sifatida Noys IMSida kremniy elementi qo‘llangan bo‘lsa, bu maqsad uchun Kilbi germaniy elementidan foydalangan. Zamonaviy IMSlarning ixchamligi Kilbi va Noys chiplaridan bir necha marta kichrayib, ishlash tezligi ham ulardan chandon ortib ketgan. Xususan, hozirda pochta markasi o‘lchamidek keladigan mitti mikrochip-IMS ichida milliardlab tranzistorlar bo‘ladi. Ikkinchi ixtirochi Robert Noys (rasmda) esa o‘z ixtirosini pullash uchun uzoq izlangach, 1968-yilda o‘zi tavakkalga qo‘l urib, IMS ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi o‘z mustaqil kompaniyasini tashkil etadi. Siz Noysning o‘sha kompaniyasi ishlab chiqargan IMSlardan albatta foydalangan bo‘lsangiz kerak. U haqida ko‘p eshitganingiz ham aniq. Chunki, Noys asos solgan o‘sha integral mikrosxemalar, ya'ni, chiplar ishlab chiqaruvchi kompaniya Intel deb ataladi va u hozirda, IMS ishlab chiqarish bo‘yicha jahonda eng ilg‘or texnologik brendlardan biri sanaladi.

    Download 1.9 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 1.9 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Raqamli ims oilalarining muvofiqlashtirish usullari

    Download 1.9 Mb.