• Nazariy qism
  • Mavzu: Internetda elektron pochta orqali tasvir, rasm, turli fayllar yuborish




    Download 27.81 Kb.
    bet4/5
    Sana15.03.2017
    Hajmi27.81 Kb.
    #120
    1   2   3   4   5

    Mavzu: Internetda elektron pochta orqali tasvir, rasm, turli fayllar yuborish


    Kerakli texnik vositalar: Pentium-4 shaxsiy kompyuteri.

    Kerakli dasturiy vositalar: Internet Explorer brauzer dasturi.

    Ishning maqsadi: Тalabalarga Internetda elektron pochta (E-mail) orqali tasvir, rasm, musiqa, otkritka yuborishni o’rgatish.

    Тopshiriq:

    1. Internet Exploler dasturiga kiring.

    2. 3- Laboratoriya ishida berilgan variantlaringizga oid qidiruv serveriga kiring.

    3. O’zbekistonda mavjud gidroyelektrostantsiyalar va ular faoliyatida zamonaviy axborot texnologiyalarni ahamiyati to’g’risida ma’lumot izlang, o’z papkangizda saqlang.

    4. Ma’lumotlaringizni www.inf-at@yandex.ru nomli elektron adresga xat orqali jo’nating.

    5. Хatga Internetdan rasm, musiqa biriktiring.

    Nazariy qism

    Elektron pochta yordamida (komputer orqali) dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron manzilga xat, hujjatlarni jo’natish va qabul qilib olish mumkin. Elektron pochta orqali xat jo’natish oddiy pochta xizmatiga qaraganda arzon va tez amalga oshiriladi. E-mail xabarlari odatda faqat matndan iborat bo’ladi, lekin unga grafik tasvir, audio va video fayllarni ham kiritish mumkin. Hozirda elektron pochtaning ko’plab dastur-mijozlari mavjud: Pine, mail, Eudora, Netscape va boshqalar. Pine elektron pochtasi ko’pgina oliy o’quv yurtlarida, turli tashkilotlarda o’rnatilgan bo’lib, u foydalanishda soddaligi va internetning ko’pgina xizmatlarida qo’llanilishi bilan ajralib turadi. Lekin hozirda Windows operatsion tizimida ishlash uchun ancha qulay bo’lgan maxsus dasturlar: MS Exchange, MS Outlook Express va boshqa elektron pochta tizimlari mavjud.

    Internet yoki elektron pochta tarmog’iga ulandan har bir komputer o’zining alohida manziliga va har bir foydalanuvchi o’zining maxsus nomiga ega bo’lishi mumkin. Shuni ham ta’kidlash joizki, bir fovdalanuvchi bir nechta elektron manzilga ega bo’lishi mumkin bo’lsa-da, lekin bir manzil har xil fovdalanuvchiga berilishi mumkin emas. Elektron manzilni provayder beradi. Elektron manzilning nomi @ belgisi bilan ajratilgan ikki qismdan iborat bo’ladi.



    Download 27.81 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 27.81 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Internetda elektron pochta orqali tasvir, rasm, turli fayllar yuborish

    Download 27.81 Kb.