Mavzu: ishlab chiqarishning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligi




Download 29,48 Kb.
Sana31.01.2024
Hajmi29,48 Kb.
#149559
Bog'liq
3-Ma\'ruza
CHILANGARLIK ISHLARI TEST, taqdimot Zilolaxon Malaka ishi, Икки тармоқли реактор ёрдамида тез ўзгарувчан юкламали ЭИ лар борлигида кучланишни ростлаш мумкин, 12-маъруза, EE-01-20 albom, 4 amaliy, Avtomatika, Book · January 014 citations reads 4,111 authors Some of the au, Calendar plan-Avtomatik loyihalashning zamonaviy tizimlari (5), rasshirovka elektrod 2, 9-EPTJ, Как вычислить коэффициент корреляции , Лекция-8-Корреляция.-Метод-наименьших-квадратов, File, REZINA

3-MA’RUZA.


MAVZU: ISHLAB CHIQARISHNING IQTISODIY VA IJTIMOIY SAMARADORLIGI
Reja:
1. Ishlab chiqarish samaradorligining mohiyati, mezonlari va ko‘rsatkichlari;
2. Xarajatlarning umumiy va taqqoslama iqtisodiy samaradorligi.
3. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari.

Tayanch iboralar:


Mezon, milliy daromad, mehnat sig‘imi, material sig‘im, kapital sig‘im, fond sig‘imi, yalpi mahsulot, kapital qo‘yilma, asosiy fondlar, iqtisodiy islohot, bozor munosabatlari, xom-ashyo bazasi, metropoliya (mustamlakalarga ega bo‘lgan davlat), eksport yo‘nalishi, O‘rtaOsiyo hududi, ijtimoiy soha, solishtirma baholar, xo‘jalik hsob-kitob daromadlari, ishlab chiqarish xarajatlari, foyda, rentabellik, membranali, lazerli, plazmali texnologiya,
ixtisoslashtirish, kooperatsiyalashtirish, kombinatsiyalashtirish.

1.Ishlab chiqarish samaradorligining mohiyati, mezonlari va ko‘rsatkichlari


O‘z mohiyati ko‘ra bozor iqtisodiyoti mehnat unumdorligining o‘sishini, ishlab chiqarish samaradorligini har tomonlama ko‘tarishni rag‘batlantiruvchi vositadir. Ammo bu sharoitda ham ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari, uning o‘sishi omillarini, uni aniqlash usullarini belgilash ahamiyatidir. Ishlab chiqarishining iqtisodiy samaradorligini oshirishning muhim yo‘nalishlarini to‘g‘ri belgilash uchun samaradorlik mezonlari va ko‘rsatkichlarini ifodalash kerak.


Izox: «Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorlik» tushunchasiga ijtimoiy samaradorik ham kiradi (qo‘l mehnat hissasining kamligi, mehnat sharoitlarining yaxshilanishi va hokazo) Jamoatchilik mehnati unumdorligi darajasi ijtimoiy ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligining umumlashtiruvchi mezoni bo‘lib xizmat qiladi. Jamoadagi mehnati unumdorligini quyidagi formula bilan aniqlash mumkin:
Uj.m=Md/Is (1)
Bunda: Uj.m-jamoatchilik mehnat unumdorligi Md –xosil kilingan milliy daromad Is - moddiy ishlab chikarish tarmoqlarida band ishchilarning o‘rtacha soni.
Milliy daromad (hamma) barcha ishlab chiqarish tarmoqlari sof mahsulotlarining summasi (yig‘indisi) bilan belgilanadi. O‘z navbatida, alohida tarmoqning sof mahsulot va ishlab chiqarish moddiy xarajatlari orasidagi ayirmaga teng.
Ijtimoiy ishlab chiqarishning muhim iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari-mehnat sig‘imlilik, material sig‘imlilik, mablag‘i sig‘imlilik va kapital (sarmoya) sigimliliklardir. Mexnat sig‘imliligi-mehnat unumdorligining teskari miqdori bo‘lib,
moddiy ishlab chiqarish tarmog‘ida sarflangan mehnat miqdorining ishlab chiqarilgan mahsulotning yalpi hajmiga bo‘lgan nisbat tariqasida hisoblanadi, uni quydagi formulada ifodalash mumkin:
Ms= M/Q
Bunda: Ms - mehnat sig‘imliligi M - mehnat miqdori Q – ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy hajmi. Mahsulotining material sig‘imliligi xom-ashyo materiallari, yoqilg‘i, energiya va boshqa mehnat buyumlarining yangi jamoa mahsulotiga nisbati tariqasida hisoblanadi. Mahsulot material sig‘imligi, soha, tarmog‘i (birlashma korxona) miqyosida, moddiy xarajatlarning chiqarilgan mahsulot umumiy hajmiga nisbati bilan hisoblanadi va quyidagi formula bilan ifodalash mumkin:
Ts= T/Q (3)
Bunda: Ms - mahsulot material sig‘imliligi; Q - chiqarilgan mahsulotning umumiy hajmi T - moddiy xarajatlar umumiy miqdori Mahsulotlarning kapital sig‘imliligi va fond sig‘imliligi ma’lum darajada o‘zaro yaqin Mahsulot kapital sig‘imliligi ko‘rsatkichi kapital (mablag‘) sarfi miqdorining mahsulot chiqarish hajmi o‘sish miqdoriga nisbatini anglatadi va quyidagi formulani ishlatish mumkin:
Ks=K/Q (4)
Bunda: Ks - kapital sig‘imliligi ko‘rsatkichi; K - kapital sarfining umumiy hajmi; Q - mahsulot chiqarish hajmining o‘sish miqdori. Mahsulot fond sig‘imliligi milliy xo‘jaligi asosiy ishlab chiqarish fondining ishlab chiqqargan mahsulotning umumiy hajmiga nisbatidek hisoblanadi, u qo‘yidagi formula bilan ifodalanadi:
Fs=F/Q (5)
Bunda: Fs - mahsulot fond sig‘imliligi F - milliy xo‘jalik asosiy ishlab chiqarish fondining o‘rtacha qiymati. Fondsig‘imligini va kapitalsig‘imliligini hosil qilingan milliy daromadga nisbati bilan ham hisoblash mumkin.
2.Xarajatlarning umumiy va taqqoslama iqtisodiy samaradorligi
Yuqorida keltirilgan hamma ko‘rsatkichlar (jamoa mehnati unumdorligidan tashqari) ishlab chiqarish va xarajatlar iqtisodiy samarasi haqida har tomonlama va to‘la tushuncha bermaydilar, faqat ma’lum tur resursdan foydalanganlik haqidagi tavsifni beradi. Xarajatlarning umumiy samaradorligi haqida to‘la tushunchaga ega bo‘lish uchun qiymat va natural ko‘rsatkichlarning umumlashtirilgan tavsifnomalari kerak. Xarajatlarning umumiy va nisbiy iqtisodiy samaradorligi ana shu maqsadga xizmat qiladi. Rejalash va loyihalashda umumiy iqtisodiy samaradorlik samaraning kapital qo‘yilmaga nisbani sifatida aniqlanadi, nisbiy iqtisodiy samaradorlik esa joriy xarajatlar farqining variantlar bo‘yicha kapital quyilmalar farqiga bo‘lgan nisbat bilan hisoblanadi. Bunda umumiy va nisbiy iqtisodiy samaradorlik bir-birini to‘ldiradilar. Xarajatlarning umumiy iqtisodiy samaradorligi, xarajatlarni qo‘llash (ishlatish) o‘rnini hisobga olgan holda aniqlanadi. Butunlay xujalik bo‘yincha xarajatlarning umumiy iqtisodiy samaradorligi, solishtirma narxlarda hosil qilingan milliy daromadning (yoki sofmahsulotning) o‘sishining shu o‘sishni ta’min etgan ishlab chiqarish kapital qo‘yilmaga nisbati bilan belgilanadi va quyidagi formulani ishlatib hisoblash mumkin:
Isu= Md /Kq (6)
Bunda: Isu - umumiy iqtisodiy samaradorlik:
Md - solishtirma narxlarda milliy daromadning o‘sgan miqdori
Kq - kapital qo‘yilma miqdori Milliy xo‘jalik komplekslari, alohida tarmoqlar, hamda asosiy fondlarni qayta ishlab chiqarish (texnikaviy qayta jixozlash, qayta tiklash va korxona, tashkilotlarning kengayishi-uyg‘unlashuvi). SHakllari bo‘yicha xarajatlarning umumiy iqtisodiy samaradorligi foyda (ishlab chiqarish xarajatlarining) yoki xo‘jalik hisobidan daromadning o‘sishining kapital qo‘yilgan nisbatidek hisoblanadi va qo‘yidagi formulani ishlatish mumkin:
Is.xx = F/K
Bunda: Is.xx - milliy jamiyatning umumiy iqtisodiy samaradorligi;
F - foydaning o‘sgan miqdori K - kapital ko‘yilma.
Yangi qurilayotgan korxonalar, tsexlar va boshqa ob’ektlar bo‘yicha samaradorlik ko‘rsatish rejalangan foydaning kapital qo‘yilma (smeta baxosi) ga nisbati tariqasida hisoblanadi.
Isr=K*X
Isr - rejaviy samaradorlik ko‘rsatkichi;
M - korxona ulgurji narxi bo‘yicha yillik mahsulot summasi;
X – loyiha bo‘yicha ishlab chiqarish xarajatlari summasi.
Har bir holatlarda aloxida hisoblab aniqlangan xarajatlarning umumiy iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari, me’yoriy va o‘tgan davrning o‘xshash ko‘rsatkichlari bilan xamda boshqa korxona va firmalarning ishlab chiqarishi samaradorligi ko‘rsatkichlari bilan taqqoslab ko‘riladi. Korxonalarni ular komplekslarini joylashtirish, yangi korxonalar qurish yoki harakatda bo‘lganlarini qayta rekonstruktsiya qurish, texnika yangi turlarini qo‘llashning xo‘jalik yoki texnik qarori variantlarini solishtirganda xarajatlarning solishtirma iqtisodiy samaradorligi hisoblanadi. Eng qulay variantning asosiy ko‘rsatkichi-keltirilgan xarajatlar minimumidir.
Har qaysi variant bo‘yicha keltirilgan xarajatlar joriy korxonalar (tannarx) va kapital qo‘yilmaning samaradorlik me’yoriga (normativi) mos, bir xil o‘lchovga keltirilgan summasi bo‘lib, qo‘yidagi formula orqali hisoblanadi:
Xk=X1+Ee.k.K1
Bunda: Xk - mazkur variant bo‘yicha keltirilgan xarajatlar;
X1 - o‘sha variant bo‘yicha joriy xarajatlar (tannarx);
K1 - har bir variant bo‘yicha kapital qo‘yilma;
Ee.k. - kapital qo‘yilmaning me’yoriy nisbiy iqtisodiy samaradorligi;

Asosiy fondlarni qayta ishlab chiqarishning eng ma’qul, to‘g‘ri shakli-bu harakatdagi korxonalarni texnik qayta qurolantirish yoki qayta ta’mirlash (rekonstruktsiya qilish)dir. Bu maqsadda qilingan xarajatlarning iqtisodiy samaradorligini hisoblashda, ishlovchilarning shartli bo‘sh bo‘lishlarini va material hamda yoqilg‘i-energetik resurslarning tejalishini qo‘shimcha ko‘rsatkichlar sifatida ishlatiladi. Ishlab chiqarish infrastrukturasi milliy xalq xo‘jaligida sezilarli o‘rinni egalaydi. Unga hamma tur transportlar ob’ekti, aloqa, elektro tizim, neft-gaz ta’minoti,


suv ta’minoti, moddiy-texnikaviy ta’minot (omborxonalar, zaxiraxonalar v.x)lar kiradi. Yana axborotlarni tahlil qilish tizimi va hisoblash texnikalari, muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalar majmuasi kiradi. Ishlab chiqarish samarasi hamda milliy xo‘jaligidan olinadigan samara ishlab chiqarish infraktrukturasi rivoji uchun xarajatlarning samarasi sifatida qabul qilinadi. Unga, infrastruktura tarmoqlari rivoji oqibatida moddiy ishlab chiqarishning boshlang‘ich (negizli)tarmog‘i uchun xarajatlarning kamayishi; ishlab chiqarishni kooperatsiyalash va ixtisoslashning yaxshilanish; aloqa vositalari va axborotlarni qayta ishlashni ta’minlanganligi evaziga ishlab chiqarish boshqaruvi aylanma fondlar va moddiy resurslarning aylanuvchanligini tezlashtirish natijsida boshlang‘ich (negizli) tarmoqlardagi zaxirani kamaytirish;
Infratizim ta’sirida boshlang‘ich (negizli) tarmoqlarda tannarxning pasayishi; materiallari va jixozlarni yo‘qotishining va boshqa moddiy ziyonning qisqarishi. Infratizim tarmoqlarining aholiga xizmatlar turini kengayishi, uning xizmat ko‘rsatishi sifatini yaxshilashi, aholi shaxsiy vaqtini tejashi va boshqa ijtimoiy- iqtisodiy natijalarga ta’siri ko‘rinishida iqtisodiy samara kiradi:
Ishlab chiqarish bo‘lmagan sohalarda xarajatlar samaradorligini aniqlashda olinadigan ijtimoiy va iqtisodiy natijalar shu natijalarni olish uchun kerak bo‘lgan xarajatlar bilan solishtiriladi. So‘ngda, tabiat muhofazasi muassasalarida xarajatlar iqtisodiy samaradorligi tabiatning tabiyligini saqlashni (yangi hududlarni o‘zlashtirganda), atrof muhitning
ekologik holatini yaxshilashni yoki uning ifloslanishidan ziyonning qisqarishini, tabiat muhofazasi muassasalarini yaratish va rivojlantirishiga qilingan xarajatlar bilan andozalash orqali aniqlanadi.
Xarajatlarning umumiy va nisbiy iqtisodiy samaradorligini hisoblash yuqorida ko‘rsatilgan umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar bilan cheklanmasligi kerak. Xarajatlarning iqtisodiy samaradorligini har tomonlama asoslashtirish va tahlil qilish, ular samaradorligini oshirish rezervlarini tepish uchun, yakuniy qaror qabul qilishda olinadigan samaraning alohida tomonlarini tavsiflovchi qo‘shimcha ko‘rsatkichlar mehnat unumdorligi, samarasi solishtirma kapital qo‘yilma, xomashyo, materiallari, yoqilg‘i, energiya, tejami, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, ishtimoiy yakunlar va hokazolardan foydalanish kerak. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar, firmalar xo‘jalik faoliyatini baholashning asosiy mezoni bo‘lib, sof foyda va uning fondlarga nisbatan rentabelligini aniqlash mumkin ahamiyatga ega. Bozor munosabatlari shakllana borishi taxchilikning alohida ishlab chiqaruvchilar yakka hukumronligi yo‘qolishi sari korxonada foydani oshirishning faqatgina bir yo‘li-mahsulot chiqarish hajmini oshirish va unga xarajatlarni kamaytirishni nazarga tutmoq kerak.
3.Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari
Ilmiy-texnik yuksalish jamoa ishlab chiqarish samaradorligining o‘sishi, uning yuqori darajasini ta’minlashning muhim omili bo‘lgan va shunday bo‘ladi. Oxirgi vaqtlargacha ilmiy-texnik yuksalishi evolyutsion tariqada borar edi. Ilmiy-texnik yuksalishning eng muhim yo‘nalishlari:
- progressiv membran, lazer, plazma texnalogiyalari: o‘ta yuqori bosim va imnulьsli nagruzkalardan foydalanish texnalogiyalarni keng miqyoda o‘zlashtirish va xokazo;
- ishlab chiqarishni avtomatlashtirish – rabototexnikani, rotor va rotor-konveer linyalarni, yuqori mehnat unumdorligini ta’minlovchi avtomatlashtirilgan enchilik ishlab chiqarishni tez o‘sishi;
- yangi ko‘rinishli metal mahsulotlari, plastmassalarni, kompozitlarni, metal kukunlarini, sapol va boshqa pogressiv konstruktiv materiallarini yaratish va foydalanish; Ilmiy-texnikka mansub tadbirlar bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida, ayniqsa uning boshlang‘ich davrida juda muhimdir. Korxona jamoasi uning rahbariyati mehnatni moddiy rag‘batlantirishga asosiy e’tiborni qaratadilar. Soliqlarni to‘plab bo‘lgandan so‘ng, foydaning ko‘p qismini iste’mol fondiga yo‘naltiriladi.
Bozor munosabati rivojlangan sari korxonalar ishlab chiqarishning kelajak rivojiga salmog‘li e’tibor ajrata boshlaydilar va yangi texnikaga, ishlab chiqarishni yangilashga, yangi mahsulotni o‘zlashtirish va chiqarishga zarur vositalarni yo‘naltiradilar. Iqtisodiy tejash-ishlab chiqarishni intesivlashtirish va samaradorligini ko‘tarishning muhim omillaridan biridir resurslarni avaylash yoqilg‘iga, energiyaga, xomashyo va materiallarga o‘sayotgan ehtiyojni qondirishning hal qiluvchi manbaiga aylanishi kerak. Bu masalalarni yechishda sanoat asosiy rolь o‘ynaydi. Milliy xo‘jalikning foydalanish yuqori samarasini ta’minlovchi mashinalar konstruktiv va boshqa materiallar, xom-ashyo va yoqilg‘i-energetik resurslar bilan jihozlash, yuqori samarali, kamchiqindili va chiqindisiz texnologik jarayonlarni ishlatish ko‘zda tutiladi.
Ishlab chiqarishni intensivlashtirish, uning samaradorligini ko‘tarish omillardan biri-iqtisodiyot tuzilmasini takomillashtirishdir. Ilmiy-texnik yuksalish va ijtimoiy masallarni muvofaqiyatli hal etuvchi tarmoqlarni yuqori sur’atda rivojlantirish zarur, tarmoqlarda ishlab chiqarish vositalarini va iste’mol buyumlarini ishlab chiqarish orasidagi mutanosiblikni yaxshilanishiga erishish kerak. Investitsion siyosat kapital qo‘yilmaning samaradorligini ko‘tarishni ta’minlashga xizmat qilishi lozim. Vositalarni ijtimoiy ehtiyojlarni, ilmiy-texnik yuksalishni ta’linlovchi tarmoqlar foydasiga qayta taqsimlash kutiladi. Mablag‘ning ko‘p qismi yangi kurulishga qayta ishlash harakatdagi korxonalarni tekin qayta jihozlash va rekonstruktsiyalashga yo‘nalirilishi kerak.
Milliy xo‘jaligining hamma sohalarida ilmiy-texnik yuksalish asosi bo‘lgan mashina qurulish jadal rivojlanishi kerak. Avvalo ilmiy texnik yuksalishning (ITYu) katalizatorri bo‘lgan mashinasozlik stanok qurilishi, elektrosanoat, mikroelektronika hisoblash texnikasi, uskuna qurulish, informatika industriyasi birinchi navbatda rivojlanishi kerak. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda tashkiliy-iqtisodiy omillar, boshqaruv bilan birgalikda, muhim o‘rinni egalaydi. Jamoa ishlab chiqarishi ko‘lamining olishi va xo‘jalik aloqalarining murakkablashishi sari ularning roli alohida o‘sadi.
Hammadan avval bu ishlab chiqarishni tashkil etishning oqilona shakllari-to‘planuvi, ixtisoslash, kooperatsiyalash va kombinatsiyalashning rivojlanishi va takomillashidir. Ishlab chiqarishning samaradorlik darajasiga sezilarli ta’sir etuvchi ijtimoiy infratuzulmasini rivojlantirish va takomillashtirish talab etiladi. Boshqaruvda-bu boshqaruvning o‘zini shakllari va usullarini takomillashtirishdir. Rejalashtirishda – rejalarning muvozanatlashtirilganligi va realligi, reja ko‘rsatkichlar tizimining qulay, to‘g‘ri joylashganligi, ya’ni milliy xo‘jaligining boshlang‘ich bo‘g‘inlariga (korxona, birlashma, tashkilotlar) to‘sqinlik qilmaydigan, aksincha ular faoliyatiga keng imkoniyat beradigan tizimlarni barpo etish lozim. Samarali xo‘jalik yuritish vazifalarini yechishda, resurs saqlash texnika va texnologiyasini yaratish va qo‘llashda katta rolь ilmga beriladi. Unga dolzarb muammolar bo‘yicha ulkan va amaliy tadqiqotlarni olib borishni faollashtirish vazifasi berilgin. Iqtisodni intensivlashtirishda, resurslarga nisbiy xarajatlarini pasaytirishda mahsulot sifatini oshirish alohida o‘rinni egalaydi. Bular hammasi evaziga aholi farovonligini oshirish uchun jamiyat boyligini ko‘paytirish, butun ishlab chiqarishini samaradorligini ko‘tarish, mehnat unumdorligini rag‘batlantirishning ta’sirchan vositasi bo‘lishi madaniyatli, sozlanuvchi bozor xo‘jaligi shakllanadi.
O‘z-o‘zini tekshirish savollari:
1. Jamoat ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligi mohiyati nimadan iborat, uni umumlashtiruvchi mezonlarga nimalar xizmat qiladi?
2. O‘zbekistonda iqtisodiyotni liberallashtirish va islohotlarni chiqurlashtirishda asosiy vazifalar nimalardan iborat?
3. Jamoat ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligining muhim ko‘rsatkichlari mazmunini ochib bering.
4. Xarajatlarning umumiy va solishtirma iqtisodiy samaradorligi qanday
hisoblanadi?
5. Ishlab chiqarish iqtisodiy samaradorligini oshirishdagi asosiy omillar va yo‘nalishlarning mazmunini ochib bering va sanab o‘ting.
Adabiyotlar ro‘yxati:
1. Karimov I.A. Iqtisodiyot islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida. Toshkent, "O‘zbekiston", 1995 y.
2. Parpiev U., Salomov I. Bozor iqtisodiyoti asoslari va ishlab chiqarishni tashqil etish. Toshkent, SHarq, 1996 y.
3. O‘lmasov A. Iqtisodiyot asoslari. Toshkent, Mehnat, 1997 y. Gorfinkelь V.Ya., Kupryakov Ye.M. Ekonomika predpriyatiya. Moskva. Izd. "Yunitel", 1996 g.__
Download 29,48 Kb.




Download 29,48 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: ishlab chiqarishning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligi

Download 29,48 Kb.